Farg’ona politexnika instituti  “Ilmiy-texnika jurnali”   (Web sahifa: http://www.ferpi.uz, e-mail: jurnalferpi@mail.ru) 1997 yildan buyon quyidagi 7 ta yo’nalish bo’yicha ilmiy maqolalar chop etadi: fundamental fanlar; mexanika; qurilish; energetika, elektrotexnika, elektron qurilmalar va axborot  texnologiyalari; kimyoviy texnologiya va ekologiya; ijtimoiy-iqtisodiy fanlar; qisqa xabarlar.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va  ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Ommaviy axborot vositasi sifatida 2020 yil 6 avgustda    № 1081 raqami bilan qayta davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.

“FarPI Ilmiy-texnika jurnali” ning mazmuni, sifati va dizaynini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor berilib, jurnalning reytingi oshib bormoqda. Chunonchi, jurnal uchun:

  1. Xalqaro indeks raqami ISSN 2181-7200 va shtrix kodi 9772181720008  
  2. O’zbekistonning uzjornals.edu.uz platformasida 41 jurnal Scopus bazasiga nomzod ilmiy jurnallar sifatida ajratib olingan. Farg’ona politexnika instituti ta’sisligidagi “Scientific-technical journal”  elektron jurnali (2181-1350 raqamli ISSN bilan)  shular qatoriga kiritilgan.

Har ikki jurnalga Respublikamiz Oliy o’quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarining olimlari va muhandislaridan muntazam ilmiy maqolalar olinmoqda. Hozirgi kunda respublikamizning deyarli barcha texnika oliy o’quv yurtlari olimlaridan, hattoki Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Turkmaniston, AQSH, Bel’giya, Germaniya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlardagi yurtdoshlarimizdan va boshqa chet el olimlaridan “FarPI Ilmiy-texnika jurnali”da chop etish uchun fizika-matematika va texnika fanlari, shuningdek, kimyoviy texnologiya va qishloq xo’jalik fanlari yo’nalishida maqolalar kelib tushmoqda.

Prezidentimiz qo’llab-quvvatlayotgan innovatsion ilmiy-tadqiqotlar keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda respublikamiz olimlari va ixtirochilari har qachongidan ham ilmiy saviyasi yuqori, talabchan va muntazam chop etiladigan fizika-texnika yo’nalishidagi ilmiy nashrlarga, xususan, viloyatlarda  muhtoj ekanligini jurnal tahririyati to’liq his etmoqda. 

 

Bosh  muharrir:                                              O’.R. Salomov

 

 

2013 - yil

 

2014 - yil

 

2015 - yil

2016 - yil

2017 - yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti