Sport majmuasi

08-11-2021

Institutda professor-o’qituvchilari ishchi-hodimlar hamda talaba-yoshlari o’rtasida, jismoniy tarbiya va sportning inson organizmiga ta’siri, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, talaba yoshlar  o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, institut professor-o’qituvchilari va ishchi-hodimlari uchun sog’lomlashtirish guruhlari tuzilgan bo’lib, bu guruhlarda institutimizning professor-o’qituvchilari va ishchi-hodimlari  bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari sportning stol tennis, mini-futbol, voleybol, shaxmat va shashka sport turlari bo’yicha muntazam shug’ullanish imkoniyatiga ega va shug’ullanib kelishmoqda. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Farg’ona politexnika institutida reja asosida belgilangan sport musobaqalarni barchasi ko’ngildagidek o’tkazib kelinmoqda. Bayram sanalari bilan bog’liq musobaqalar xam juda qizg’in olib borildi.

Professor-o’qituvchilar va ishchi hodimlar orasida sog’lom turmush tarzini va sportni targ’ib qilish maqsadida, bayram kunlari munosabati bilan institutimiz ayol professor-o’qituvchi va ishchi hodimalari hamda talaba qizlari o’rtasida o’tkaziladigon sport – sog’lomlashtirish musobaqalarida sportning shaxmat, shashka, stol tennis, arqon tortish, arg’imchoqda sakrash, basketbol to’pini savatga tashlash, darts, qisqa masofaga yugurish, voleybol turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazib kelindi.

1-oktyabr “O’qituvchi ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan har yili o’tkazib kelinayotgan, an’anaga aylanib qolgan sport bayramida professor-o’qituvchi va ishchi-hodimlar o’rtasida sportning mini futbol hamda ayollar o’rtasida voleybol, erkaklar va ayollarga stol tennisi, shaxmat va shashka, voleybol turlaridan musobaqalar tashkillandi. Bu musobaqada barcha professor-o’qituvchi va ishchi-hodimlar juda katta qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashdilar. Sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritganlar rahbariyat, kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg’alar, fahriy yorlig’lar bilan taqdirlandilar.

2021 yil sentyabr-oktyabr oylarida Farg’ona politexnika institutida talabalar orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish  shu jumladan sog’lom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirishni va  sanitariya-gigiena qoidalariga  rioya qilish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Ushbu reja asosida talabalar bilan doimiy ravishda (Sog’lom turmush tarzi), (Oila muqaddas), (Sog’lom ota onadan sog’lom avlod), mavzularida suxbatlar. Jismoniy   faollikni oshirish maqsadida kichik futbol musobaqalari voleybol, stretbol, yengil atletika, basketbol, arqon tortish, tosh ko’tarish, turnikda tortinish(vorkaut), va xokozo sport turlaridan bir qancha musobaqalar o’tkazildi. Mini futbol va voleybol sport turlaridan “REKTOR KUBOGI” tashkillandi. Yengil atletika sport turidan qisqa masofaga yugurish, estafetali yugurish, joydan uzunlikka sakrash, yugurib kelib uzunlikka sakrash musobaqalari uyushtirildi. Sog’lom ovqatlanish mavzusida suxbatlarga mutaxasislar va kerakli bilimga ega o’qituvchilar bilan birgalikda suxbatlar uyushtirildi.