
NE’MATOV ILHOMJON TO‘YCHIYEVICH
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
1952-yil 1-mayda Namangan viloyatida tug‘ilgan
1973-yili Farg‘ona politexnika institutini tamomladi
2016-2018 – O‘zbekiston Respublikasi TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi
2018-yil 14-noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari.
Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
Ingliz, rus va nemis tillarini biladi.
Oilali, to'rt farzandi bor

Kudbiyev Sherzod Davlyatovich
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
1981-yil 12-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan
2000 y. Farg‘ona politexnika instituti (kunduzgi),
2002 y. Farg‘ona politexnika instituti (magistratura).
12.04.2018 y. - h.v. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich
Toshken kimyo texnoligiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
2005 yili Farg’ona politexnika institutini tamomlagan
2018 yildan Toshken kimyo texnoligiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor

Sherzod Sattorov Adilovich
“UzSANGWOO” MCHJ QK ning moliyaviy masalalar bo’yicha o’rinbosari
Sherzod Sattorov 1983 yil Namangan viloyati Uychi tumanida tug’ilgan. 2002-2004 yillarda Farg’ona politexnika instituti “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavriat va 2006-2008 yillarda “Tarmoq iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tugatdi. Sherzod Sattorov xalqaro miqyosdagi CAP va SIPA sertifikatlariga ega. Bugungi kunda “UzSANGWOO” MCHJ QK ning moliyaviy masalalar bo’yicha o’rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna
Farg’ona politexnika instituti, “Elektr energetikasi” kafedrasi, texnika fanlari doktori, professor.
1954-yilining 27-sentyabrida O’sh viloyatini, Qorasuv shahrida tug’ilgan. 1975-yilda Farg’ona politexnika institutini tamomlagan.
Hozirgi kunda Kasimaxunova A.M. 250 dan ortiq mamlakatimizda va xorijda chop etilgan ilmiy, o’quv va uslubiy ishlar mualliflaridan bo’lib, ular ichida uchta monografiya, uchta darslik, ikkita o’quv qo’llanmasi ahamiyatga molikdir. 8ta ixtiro muallifidir.
2018-yili “Respublika xotin qizlari o’rtasidagi 100 ta innovatsion loyiha” ko’rik tanlovida “Eng yaxshi ixtiro” bo’yicha g’olib, hamda “Respublikada xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” nominatsiyasi bo’yicha faxrli Davlat mukofot sovrindori bo’ldi.