Ilmiy tadbirlar

06-11-2021

       7 mart kuni «Qishloq ho’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» katta o’qituvchisi R.Xaitov boshchiligida  kafedra o’qituvchilari tomonidan kafedraning 1 kurs talabalariga  “Mevali daraxtlarni ekish, shakl berish va parvarishlash” mavzusi bo’yicha seminar o’tkazildi.

      Mevali daraxtlardan muttasil mo’l hosil olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar kompleksida daraxtlarni ekish, shakl berish va parvarishlash muhim ahamiyatga ega. Seminar mevali daraxtlarni rejalab ekish, ekilgan yosh nihollarga shakl berish to’g’risida  olib borildi.

     Jumladan, erta bahorda olma, o’rik, gilos va olxo’ri daraxtlarining ko’pchilik navlariga shakl berishda asosan siyrak yarusli shakl qo’llaniladi. So’ngra esa danakli mevalilarga o’tiladi. Bunda avval o’rik, olxo’ri, gilos, olcha va shaftoli daraxtlari butalishini tushuntirildi.

         Talabalarga amaliy ko’nikma hosil qilish maqsadida, Kimyo texnologiya fakulteti xududidagi mevali daraxtlarga shakl berish orqali tushintirildi. Bunda yon shoxchalari yaxshiroq o’sib chiqishi uchun uchdan bir qismiga yoki yarmiga qisqartirilishi,  Keyingi butashlarda navbatdagi tartibda o’sgan ortiqcha shoxlar olib tashlanishi va shoxlar biroz qisqartirilishi kerakligi aytildi.

       Qarigan yoki o’sishi susaygan daraxtlarni besh-olti yillik shoxigacha butab, yoshartirilishi yosh olxo’ri daraxtining shox-shabbasiga shakl berishda shoxlarning pastki qismi yalang’ochlanib qolmasligi uchun shoxlar siyraklashtirilishi va qisqartirilishi amalda ko’rsatildi.

          Shox-shabbasi tik o’sgan, kuchli shoxlanadigan navlarda birinchi tartibdagi asosiy shoxlar qisqartirilib, ikkinchi tartibdagi yon shoxlar balandligida kesilishi va bu shox-shabbaning yoyilib o’sishiga imkon berishi  yon shoxlari sust o’sganlari siyraklashtirilishi shoxlar faqat ularning o’sishini tartibga solib turishi tushintirildi.

        Talabalar tomonidan qiziqarli savollar berildi, qoniqarli javoblar olindi. Talabalar o’z tomorqasiga bundan buyon yangi mevali daraxtlarni ekishi, mavjudlariga o’zlari bundan buyon shakl berishlarini aytdilar.

          Bundan keyin ham shunday qiziqarli seminarlar o’tkazilib turilishini so’radilar.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti