Kutubxona

08-11-2021

Institut tashkil topgan 1967 yili institut qoshida 2 ta mo‘jazgina xonada kutubxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan va u asosan talaba yoshlar hamda kam  sonli professor-o‘qituvchilardan iborat kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan edi. Bu vaqtda kutubxonada 6 kishi xizmat qilardi, kutubxona fondida bor-yo‘g‘i bir necha ming nusxa kitob bo‘lib, ular asosan rus tilidagi va juda kam nusxada o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlari edi. Xonalar kutubxona uchun moslashtirilganligi sababli undagi mebel jihozlari ham foydalanish uchun noqulay edi, u paytlarda orgtexnika to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas, kutubxona o‘zining mexanik holda harf terib matn yozish mashinasiga ham ega emas edi.

2022 yil holatiga koʼra АRMning umumiy fondi 12276 nomda, 243471 nusxadagi kitobdan iborat. Shu jumladan:

  • darsliklar 2514 nomda, 55265 nusxada;
  • oʼquv qoʼllanmalar 3838 nomda, 81876 nusxada;
  • ilmiy adabiyotlar 1352 nomda, 4110 nusxada;
  • badiiy adabiyotlar 3360 nomda, 7750 nusxada;
  • siyosiy adabiyotlar 182 nomda, 9102 nusxada;
  • boshqa adabiyotlar 1030 nomda, 85568 nusxada.

      Elektron hujjatlar to‘plami 9979 nomda,

       Ulardan:

  • elektron darsliklar va qo‘llanmalar- 128,
  • darsliklarning elektron variantlari - 1995,
  • o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari - 1976,
  • xorijiy nashrlar elektron variantlari - 552,
  • badiiy nashrlar elektron variantlari – 2925,
  • ma'ruza matnlarning elektron variantlari - 2403.

 ARMda kitobxonlarga xizmat ko’rsatishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, “Elektron kutubxona”dagi barcha kompyuterlar “Internet” va “Ziyonet” tarmoqlariga ulangan, kompyuterlar bazasiga 10000 ga yaqin institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlar, elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ishlanmalar, o‘quv adabiyotlarining elektron variantlari, turdosh OTMlarda tayyorlangan fanlar bo‘yicha alternativ ma’ruza matnlari hamda 100 dan ortiq elektron filmlar mavjud. ARMda barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlarning elektron variantlariga buyurtma berish va olish bo‘yicha Telegram guruhlari va FarPiARM_botlar yaratilgan.

ARM faoliyatiga oid ma’lumotlar:

 Institut Axborot resurs markazida 32 nafar xodimlar va o‘rindoshlik asosida 10 nafar talaba yoshlar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Xodimlarning 18 nafari oliy ma’lumotga ega.