Yotoqxona

08-11-2021

 

Institutning kunduzgi ta’lim shaklida jami 9574 nafar talaba tahsil oladi. Ularning 1900 nafari 5 ta Talabalar turar joyi (keyingi o‘rinlarda TTJ deb yoziladi) da yashaydi. Shundan: 1-sonli TTJda – 373 nafar, 2-sonli TTJda – 380 nafar, 3-sonli TTJda – 352 nafar, 4-sonli TTJda – 392 nafar, 5-sonli TTJda – 403 nafar talabalar yashaydi.

Ulardan chin yetimlar – 4 nafar, nogironligi bo‘lganlar – 34 nafar, “Temir daftar” ro‘yxatidagilar – 18 nafar, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagilar - 0 nafar, “Ayollar daftari” ro‘yxatidagilar - 1 nafar, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlanganlar – 39 nafarni tashkil etadi.

Institut Kengashining TTJda yashaydigan bir nafar talaba uchun bir  oylik to‘lov miqdori 81.000 (sakson bir ming) so‘m qilib belgilangan (Institut kengashining 2021-yil 30-avgustdagi 12-sonli bayoni). Ushbu qaror asosida TTJda yashaydiganlarning 57 nafari TTJ to‘lovidan ozod qilingan.

 

1. Talabalar turar joylarini huquqiy, siyosiy va ma’naviy ko‘rgazmalar bilan jihozlanganligi.

Institutidagi mavjud 5 ta TTJlarning asosiy yo‘laklari talaba-yoshlarni huquqiy, siyosiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezudentining yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi, Besh muhim tashabbus bannerlar va tarixiy xotira va zamonaviy islohotlar aks ettirilgan ko‘rgazmalari bilan jihozlangan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

2. Davlat ramzlari (Przident portreti, davlat gerbi, davlat bayrog‘i, davlat madhiyasi) va O‘zbekiston Respublikasining xaritasi (viloyatlar nomi ifodalangan holda) lavha shaklida o‘rnatilganligi.

Institutidagi mavjud 5 ta TTJlarning asosiy yo‘laklari, TTJdagi kirish qismi hamda Ma’naviyat xonasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti portreti, davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tushirilgan bannerlar, stendlar o‘rnatilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

3. Prezident farmoni va qarorlari bilan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar ruknida foto lavhalar o‘rnatilganligi (foto lavhalar yoshlarni turli sohalarda zamonaviy qiyofasi, mazmunli hayoti, kasbiy o‘sishi kabi yorqin, chiroyli manzaralarini aks ettirishi shart).

Mavjud 5 ta TTJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qarorlari bilan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar ruknida foto lavhalar tushurilgan targ‘ibot doskasi o‘rnatilgan bo‘lib, Prezidentimizning yoshlarga oid chiqargan eng so‘ngi farmonlari, qarorlari hamda ushbu qaror va farmonlar orqali yoshlarimizga yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlardan sifatli tarzda foto lavhalar joylashtirilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

 

4. Ta’lim sohasidagi imtiyozlar va davlatning ta’lim siyosatini infografikasining o‘rnatilganligi.

Institut TTJda talaba-yoshlarni doimiy xabardor qilib borish maqsadida TTJga kirish joyida ta’lim sohasidagi imtiyozlar va davlatning ta’lim siyosati infografikasi o‘rnatilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

5. Taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishi hamda Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunning tegishli bandlari aks etgan banner o‘rnatilganligi.

TTJ kirish fayesida O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi aks etgan bo‘lib, Yoshlar ittifoqi kengashining bannerida Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunning tegishli bandlari devoriy lavhasi joylashtirilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

6. QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasi tashkil etilganligi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida TTJ fayesida QR-kodli kitoblar jamlanmasi – elektron kutubxona tashkil etilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).   

7. “Talabalar hayoti” stendini o‘rnatilganligi (zamonaviy ko‘rinishdagi yoshlar).

TTJda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarni erishayotgan yutuqlarini boshqa tengdoshlariga namuna sifatida ko‘rsatish, TTJda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida TTJ kirish joyida “Talabalar hayoti” stendi har bir qavatga o‘rnatilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi). 

8. “Talabalar sizlar uchun” nomli stend majmuaning mavjudligi.

TTJga kirish qismidagi foyeda, yo’laklarda ta’limga oid qarorlar, islohotlar tushirilgan “Talabalar sizlar uchun” nomli stend majmuasi har bir TTJning kirish joyida o‘rnatilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

  9. Ta’lim-tarbiyaga oid targ‘ibot pannolar o‘rnatilganligi.

TTJga ta’lim-tarbiyaga oid targ‘ibot pannolar joylashtirishda ijodkor talabalar tomonidan “Renessans”, “Tinchlik – oliy ne’mat” hamda “Inson qadri uchun” mavzularida devoriy pannolar bilan bezatilgan. Shuningdek, har bir TTJga kirish yo‘laklarida ma’lumotnoma oynalarida allomalarning ta’lim tarbiyaga oid hikmatli so‘zlari o‘rin olgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

10. Ta’lim, sport, madaniyat, san’atda talaba-yoshlarni zamonaviy tadbirlardagi ishtiroki aks etgan foto lavhalarni TTJni qavatlar kesimida tashkil etilganligi.

TTJda institutda tahsil olayotgan, xususan, TTJda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning Zulfiya mukofoti sovrindorlari (3 nafar), yoshlar ittifoqi faol yoshlari (26 nafar), nomli davlat stipendiyalari erishgan yutuqlari (6 nafar) aks etgan foto lavhalar tushirilgan stendlar o‘rnatilgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

11. TTJda yaratilgan maishiy va madaniy sharoitlar (madaniy dam olish xonalari, sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari va h.k.z.) holati.

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500 o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi. Axborot resurs markazi soat 20:00 gacha, “Renessans xoll” soat 22:00 ga qadar faoliyat olib boradi. 5 ta TTJning har biri 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda yuvinish xonasi, dush, kir yuvish, dazmollash, quritish xonasi, 20 ta kir yuvish mashinasi, 40 ta dazmol va dazmollash stoli mavjud. (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

12. TTJ imkoniyati, talabalar bilan ishlash bo‘yicha kunlik, haftalik, va oylik rejalarini ishlab chiqilganligi.

TTJda talabalar bilan ishlash tizimini yaxshilash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 nafar tarbiyachi-pedagoglar tomonidan kunlik, haftalik, oylik ish rejalari ishlab chiqilgan (Rejalar ilova qilinadi).

13. TTJlarda Besh muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garak xonalarining mavjudligi va ularga talaba-yoshlarni qamrab olish holati:

5 muhim tashabbus bo‘yicha to‘garaklar (to‘garaklar Dasturi, rejasi ilova qilinadi) hamda xonalar tashkil etilgan bo‘lib, 1-tashabbus 1-sonli TTJning kirish foyesida, 2-tashabbus 1-sonli TTJning 2-qavatida, 3-tashabbus – 2-sonli TTJning 2-qavatida, 4-tashabbus 1-TTJning Ma’naviyat xonasida hamda barcha TTJlarning dam olish xonasida, 5-tashabbus 3-TTJning 2-qavatida hamda 4-TTJning 2-qavatida joylashgan (rasmlar Fotoalbomda ilova qilinadi).

1-tashabbus bo‘yicha: 6 nomdagi cholg‘u asboblari, talabalarning ijodiy ishlari, talabalar teatr studiyalari faoliyat olib boradi. Bunda talabalarning 11 nafari - Yoshlik navolari” ansamblida, 88 nafari - “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasida, 12 nafari - “Farpinator” jamoasida, 11 nafari - “Qaqnus” nomli teatr jamoasida ishtirok etadi (jami 129 nafar).

2-tashabbus bo‘yicha: 17 nafar - “Politex” sport klubida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Itstitutda 1 ta 500 o‘rinli madaniyat saroyi, yopiq 2 ta sport zal, 2 ta basketbol, 2 ta voleybol, 2 ta mini futbol, 1 ta tennis kord, yugurish yo‘lakchasi, gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari, 1-sonli TTJda 2-qavatida gimnastika va aerobika xonasida 60 nafar talaba-qizlar muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Shuningdek, 5-sonli TTJ kirish yo‘lagida shaxmat va shashka doskalari o‘rnatilgan.

3-tashabbus bo‘yicha:   2-sonli TTJning 2-qavatida 5 dona kompyuter foydalanish uchun ajratilgan. TTJda 10 dona zamonaviy Wi-Fi routorlari o‘rnatilgan. TTJda istiqomat qiladigan 64 nafar talaba-qizlar alohida reja-grafik asosida kompyuterdan foydalanish yuzasidan kursda ishtiroki ta’minlangan.

4-tashabbus bo‘yicha:   Institutda 2 ta kutubxona, 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanishadi. 1-sonli TTJning ma’naviyat xonasida kutubxona va barcha TTJlarning dam olish joylarida kitobxonlik burchaklari tashkil etilgan.

5-tashabbus bo‘yicha: 78 nafar talaba - “Milliy liboslar va dizayn” to‘garagiga, 52 nafar talaba - “Tikuvchilik” to‘garagiga qatnashadi (jami 130 nafar).

14. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va kiber makonda ob’ektiv yo‘l tanlashda ongli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshrilganligi.

Sayt, rasmiy kanal, telegrammdagi ma’naviy-tarbiyaviy targ‘ibot ishlari ta’qiqlangan saytlardan foydalanmaslik bo‘yicha tanishtirish,

Institut tasarrufidagi TTJlarda Farg‘ona viloyat IIB, DXX va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2021-2022 o’quv yili davomida 13 marta madaniy-ma’rifiy tadbir, 4 marta talabalarga tegishli bo’lgan kompyuter va mobil qurilmalardan to‘g‘ri foylanish bo’yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan (tadbir rasmlari Fotoalbomda ilova qilinadi).

15. TTJlarda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda talabalar ma’naviyatini va ijtimoiy faolligini yuksaltirish bo‘yicha “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratish bo‘yicha qilingan ishlar.

TTJlarda “qizil” toifadagi talabalar mavjud emas, “sariq” toifadagi talabalar 33 nafar, “yashil” toifadagi talabalar 1867 nafarni tashkil etadi.