Karyera markazi

05-02-2022

KARYERA MARKAZI

Karyera markazining maqsadlari

Talabalarning shaxsiy o‘sishi va malakasini oshirishda yordam berish; Talabalarni xodim bo‘lishiga samarali va ularni o‘z sohasida tajribasini oshirishga ko‘maklashish; Jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni ish topishga yordamlashish.

 Ish beruvchilar

Mahalliy va xalqaro ish beruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik; Talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish; Kompaniyalarning yangi ishchilarga bo‘lgan talablari ma’lumotlar bazasini yaratish. Soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida muntazam ravishda o‘quv jarayoniga jalb qilish. Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish; Kurs tarkibini kompaniya loyihasi bilan boyitish.

 Talabalar

Talabalarga o‘z maqsadlarini belgilashda ko‘rsatmalar berib borish; O‘qish yo‘nalishini tanlashda maslahatlar berish; Bo‘sh ish o‘rinlari, malaka oshirish bo‘yicha muntazam e’lon berib borish; Bepul til kurslarini tashkillashtirish; Ish beruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan maxsus dasturiy ta’minot kurslarini tashkil etish.

 Tadbirlar

Karyera yarmarkasi; Musobaqa va tanlovlar; Mehmonlar ma’ruzalari; Baholash markazi.

Kasbga yo‘naltirish

Rezyume tayyorlash; Suhbat; Taqdimotlar; Mental qo‘llab-quvvatlash.

Onlayn manbala

Institutning ish e'lonlari bo‘yicha veb portali; Kompaniyaning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasi; Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish.