Ilmiy faoliyat

18-01-2022

ILMIY FAOLIYAT

Ustuvor yo’nalishlar

 Institut professor-o'qituvchilari quyidagi ilmiy yo'nalishlar bo'yicha ish olib boradilar:

 - korxonalarning energiya va yoqilg'i resurslarini tejash bilan energiya tizimini o'rganish, keyinchalik texnologik jarayonlarda noan'anaviy qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish;

    - zamonaviy asbob-uskunalar va elektr dvigatellarni ishlatib, zararli bo'lmagan testlarni o'tkazish usullarini va aqlli avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;-  mashinasozlik sohasida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, axborot tizimlari va boshqaruv usullarini yaratish, shuningdek, mashina qismlarini qayta ishlash metodlarini boshqarishning o'lchash vositalari va usullarini ishlab chiqish;- mahalliy xom ashyolardan ekologik va sof biologik faol elementlar asosida yuqori sifatli modifikatorlar yaratish bilan kimyoviy korxonalar uchun turli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun texnologiyani yaratish;- ishlab chiqarish korxonalarining salbiy ta'siridan atrof-muhitdan himoyalanish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, ‘DS, M’E, ‘DO standartlarini yaratish bilan atrof muhitga zararli chiqindilarni aniqlash (chiqindilar, atmosfera, suv).- muhandislik tarmoqlarida (gidravlika, issiqlik muhandisligi va quyosh texnologiyalari) yangi texnologiyalar va uskunalarni keng qo'llash masalasini hal qilish uchun binolar va inshootlarning asosiy tuzilmalarini almashtirish va mustahkamlash uchun samarali usullarni ishlab chiqish va tadqiq qilish bilan yangi qurilish materiallari va mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish.

    - kichik va o'rta biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy ahvolini o'rganish, tahlil qilish, korxonalarning moliyaviy holatini o'rganish va o'rganish, investitsiyalarning iqtisodiy kom’onentini o'rganish, ulardan samarali foydalanish yo'llarini aniqlash.

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTINING 2020 YILDA ILMIY-TADQIQOT VA INNOVATSIYALAR FAOLIYATI HAMDA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO’YICHA MA’LUMOTI

Institutda 2020 yilda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarida qo’yilgan talab va tavsiyalar asosida olib borildi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limiga 2020 yil davomida jami 721 ta O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Qo’shma qarorlar, Xay’at qarorlari, Kengash buyruqlari va yozma murojaat hamda buyruqlar kelib tushgan. Ushbu kelib tushgan barcha xujjatlarning ijrosi yuzasidan institut rektorining ichki buyruqlari asosida ijroga yo’naltirilgan.

Bo’lim

Qarorlar

Xay’at karori soni

Buyruq soni

Bayonlar

Xatlar

Institut qabulxona orqali murojaatlar

1.

II va IB bo’limi

4

7

96

3

610

1

Hujjatlar ijrosini o’z muddatida amalga oshirish bo’yicha doimiy nazorat qilib borilmoqda, bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar belgilangan tartibda kerakli tashkilotlarga chorak hisobotlari taqdim etib borilmoqda.

Institutda professor-o’qituvchilarning tarkibi asosiy shtatda 572 nafarni, ulardan 19 nafari fan doktori-professorlar va 119 nafari fan nomzodi dotsentlarni tashkil qiladi. Professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati institut bo’yicha 24,1% ni tashkil etadi.

Asosiy shtatdagi professor-o’qituvchilar soni

Ilmiy darajali va ilmiy

unvonsiz o’qituvchilar

soni

Xorijiy

professor-o’qituvchilar

soni

Ilmiy salohiyat (%)

Jami

Fan doktorlari, (DSc)

Falsafa fanlari

doktori, (PhD)

Fan nomzodlari

1.

572

19

41

78

442

1

24,1

Institutida OAK tasarufidagi ilmiy jurnallar soni
1 ta. Ilmiy-texnika jurnalini Scopus va RINTS xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritish ishlari jurnal  tahriryati tomonidan rejaga asosan amalga oshirilmoqda. Jurnal O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasiga (https://uzjournals.edu.uz/) kiritildi. Ushbu jurnalda chop etilgan maqolalar Scopus bazasiga kiritilishi tasdiqlandi.

Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida institutda 2 nafar doktorant, 34 nafar tayanch doktorantlar hamda 39 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ularni sonini oshirish maqsadida 2021 yil uchun 16 ta maqsadli doktoranturaga va 51 ta tayanch doktoranturaga kvota o’rinlari so’raldi. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi
03-09/3439-sonli xati hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi №87-03-3378-sonli modemogrammasida Farg’ona politexnika instituti uchun jami 29 nafar, shundan 2 nafar doktorantura (DSc) va
27 nafar tayanch doktorantura o’rinlari ajratildi. Stajyor-tadqiqotchilik bo’yicha jami 7 nafar o’rin ajratildi. Barcha tadqiqotchilarning ishchi rejalari ishlab chiqildi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida, soni

Tayanch doktorantura, soni

Doktorantura, soni

Mustaqil izlanuvchi, soni

Stajer-tadqiqotchilik, soni

2020 yilda

2021 yilda

2020 yilda

2021 yilda

2020 yilda

2021 yilda

2020 yilda

2021 yilda

1.

133

33

27

2

3

39

16 (+2)

4

7

Joriy yilda jami 24 nafar shundan, 2 nafar doktorlik DSc va 22 nafar doktorlik PhD dissertatsiyalarini himoya qildilar. Bundan tashqari, 2021 yil yakuniga qadar ilmiy tadqiqot ishi bilan shug’ullanayotganlardan V.Xomidov, B.Daliyev, J.Fayzullayev, R.Mirsharipov, M.Ubaydullayev, B.Abdukarimov, P.Raxmonazarov, G.Shokirova, O.Odilovlar PhD dissertatsiyalarini, A.Tashpulatov, I.Karimovlar DSc dissertatsiyalarini himoya qilishlari rejalashtirildi.

Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari asosida institut professor-o’qituvchilar tomonidan 2020 yil davomida halqaro va republika ilmiy jurnallarida jami 2382 ta, shundan respublika miqyosida jami 286 ta, xalqaro jurnallarda 702 ta, Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda 41 ta hamda anjuman to’plamlarida 1185 (shundan 1051 tasi xorijiy) ta ilmiy maqolalar va tezislar chop etildi. 2020 yilda institutda jami 5 ta, shundan, xalqro miqiyosida 2 ta, respublika miqyosidagi 1 ta hamda institut miqyosidagi 2 ta ilmiy-texnik anjumanlar o’tkazildi.

So’ngi ikki yilda respublika va xorijiy nashrlarda institutimiz professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy monografiyalar chop etish soni keskin ortmoqda. Joriy yilda ilmiy-tadqiqot natijalarini patentlash bo’yicha 5 ta mualliflik huquqi olindi, shundan 1 tasi halqaro. Kompyuter dasturlariga mualliflik guvohnomalari joriy yilda 136 ta guvohnoma olindi.

Professor-o’qituvchilar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy ishlar soni

Ilmiy maqolalar

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan turli materiallar soni

Xorij va respublika ilmiy jurnallarida

Xorij va respublika anjumanlarida

Xalqaro ko’rsatkichlar ma’lumotlariga ko’ra ilmiy maqolalarga iqtiboslik

Patentlar

Dasturiy guvohnoma

M

X

M

X

1.

286

702

134

1051

1756

5

136

Institut bo’yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari soni 7 ta bo’lib, shundan, 3 tasi Davlat ilmiy texnik dasturlar, 2 tasi startap hamda 2 tasi Yevropa ittifoqining qo’shma xalqaro loyihalari doirasida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, institut kafedralari tomonida Farg’ona viloyati hududi korxonalari bilan tuzilgan hamkorlik sharnomalari va erishilgan kelishuvlar doirasida joriy yilda jami 118 ta xo’jalik shartnomalari bajarilmoqda.

Loyiha turi

Loyiha soni

amalda

tanlovda

1

Fundamental

1

3

2

Amaliy

2

2

3

Xalqaro qo’shma

2

-

4

Start up

2

5*

5

Xo’jalik shartnomalari

118

-

*4 ta mavzu Innovatsion rivojlanish vazirligining “Yosh olimlarning Start up loyixalari” tanolovida, 1 ta loyixa Xalqaro tanlovda ishtirok etmoqda

Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyati bo’yicha - Davlat grantlari, xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari mablag’lari, sohalar buyurtmalari asosida olib borilayotgan tadqiqotlardan shuningdek boshqa xomiylik mablag’laridan jami 904 038 341 so’m jalb qilindi.

Tuzilgan xo’jalik shartnomalarining umumiy summasi,  (so’m)

Shu jumladan, tushirilgan mablag’lar

Kutilayotgan summa (so’m)

Tuzilgan xo’jalik shartnomalari miqdori  (dona)

Institut qoshidagi unitar korxona tomonidan  tushirilgan summa (so’m)

Institut hisob raqamiga tushirilgan summa (so’m)

Institut qoshidagi unitar korxona tomonidan  tushiriladigan summa (so’m)

Institut hisob raqamiga tushiriladigan summa (so’m)

Institut qoshidagi unitar korxona tomonidan

Institut tijoratlashtirish bo’limi tomonidan

1.

904 038 341

607 465 748

80 450 000

169 672 593

46 450 000

104

14

Institut rektorining tashabbusi bilan institutda 2020 yilning 27 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi OAK qaroriga asosan 3 ta ixtisoslik bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy Kengashlar ochildi va ushbu kengashlar hozirda o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Ushbu ilmiy kengashlarda 4 nafar himoya va 15 nafardan ortiq talabgorlarga ixtisoslik bo’yicha malakaviy imtixonlar o’tkazildi.

«El-yurt umidi» jamg’armasi ko’magida institut professor-o’qituvchilarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o’tash, magistratura va doktoranturada o’qitish orqali ularning kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida Mexanika-mashinasozlik, Energetika, Qurilish, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Kimyo-texnologiya, Yengil sanoat va to’qimachilik fakultetlarining 14 nafar talabgor yosh olimlarining ro’yxati vazirlikka taqdim etildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus kasb xunar ta’limini rivojlantirish markazining xatiga muvofiq Oliy ta’lim muassasalar talabalarini gumanitar, tabiiy ilmiy va umumkasbiy fanlari bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika onlayn fan olimpiadasi institut rektorining buyrug’i asosida tasdiqlangan NIZOMga muvofiq o’tkazildi. Respublika fan olimpiadasida qatnashish uchun jami 455 nafar iqtidorli talabalar olimpiada.edu.uz portalidan ro’yxatdan o’tgan.

O’tkazilgan respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichida jami 18 nafar iqtidorli talabalarimiz faxrli o’rinlar olishga muvoffaq bo’ldi.

olimpiada.edu.uz portalidan ro’yxatdan o’tgan talabalar soni

Fakultetlar

Faxrli o’rin olgan talabalar  soni

 

Jami

Mexanika-mosinasozlik

Energetika

Qurilish

Ishlab chiqarishda

boshqaruv

Kimyo texnologiya

Yengil sanoat va

to’qimachilik

Jami

Mexanika-mosinasozlik

Energetika

Qurilish

Ishlab chiqarishda

boshqaruv

Kimyo texnologiya

Yengil sanoat va to’qimachilik

1.

455

45

113

51

39

46

25

18

3

3

4

4

2

2

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida 2020 yil respublika onlayn respublika fan olimpiadasining yakuniy natijalariga muvofiq birinchi o’rinni egallagan 3 nafar talabalar bazaviy stipendiyaning 5 (besh) barobari hisobida, ikkinchi o’rinni egallagan 4 nafar talabalar bazaviy stipendiyaning 4 (to’rt) barobari hisobida, uchinchi o’rinni egallagan 4 nafar talabalar bazaviy stipendiyaning 3 (uch) barobari hisobida moddiy rag’batlantirildi.

2020/2021 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun institutga yo’nalishlar bo’yicha jami 5 ta o’rin ajratildi. Shundan, 1 ta Islom Karimov, 4 ta Beruniy nomli davlat stipendiyasi. Institut bo’yicha tanlovga 27 ta iqtidorli talabalarimiz o’z xujjatlarini taqdim etgan. Bundan tashqari 1 nafar tayanch doktorant O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga tavsiya etildi. Tanlov belgilangan me’yoriy xujjatlar asosida o’tkazildi. O’tkazilgan saralash bosqichlarida yuqori ko’rsatkichlarga erishgan institutning 8 nafar iqtidorli talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etildi.

Jami stipendiatlar

soni (2020 yil)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiatlari soni
(tayanch doktorant, magistratura va bakalavriatning texnika va informatika hamda qishloq xo’jaligi yo’nalishlari)

Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi soni

Beruniy nomidagi davlat stipendiatlari soni

1.

9

4

1

4

Institutda jami 31 kafedra bo’lib, ular tomonidan 2020 yilda 21 ta reyting ko’rsatgichlari bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar belgilab olingan. Joriy yilning iyul oyiga qadar kafedralar tomonidan 89,2 foiz vazifalar o’z vaqtida bajarilmoqda. 3 ta reyting ko’rsatgichlari pandemiya sababli bajarilmay kelmoqda.

Institutimizda qo’shma ta’lim dasturi doirasida kadrlar tayyorlash Rossiya Federatsiyasining V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti (BGTU) hamda Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat texnika universitetlari (NDTU) bilan amalga oshirilmoqda. 2019/2020 o’quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi shakli bo’yicha 5 ta ta’lim yo’nalishiga hamda magistraturaning 3 ta mutaxassisligi bo’yicha jami 98 nafar talaba o’qishga qabul qilingan. 2020/2021 o’quv yili qabuli uchun 6 ta bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun 150 nafar, 5 ta magistratura mutaxassisligi uchun 25 nafar talaba hamkorlik qo’shma ta’lim dasturi asosida o’qishga qabul qilindi.

2020/2021 o’quv yili qabuli uchun xorijiy OTMlari bilan hamkorlikda QTD asosida kadrlar tayyorlash ko’rsatkichlari

Rossiya Federatsiyasi, Novosibrsk davlat texnika universiteti

Rossiya Federatsiyasi, V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universiteti

Bakalavriat

Magistratura

Bakalavriat

Magistratura

Jami

Kimyo texnologiya (ishlab

chiqarish turlari bo’yicha)

Energetika (sanoat issiqlik

energetikasi)

Texnologik jarayonlar va ishlab

chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)

Issiqlik texnikasi (qo’llanish ob’yekti bo’yicha)

Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo’yicha)

Jami

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo’yicha)

Kimyoviy sanoat va qurilish

materiallari korxonalarining mashinalari

hamda apparatlari

Mashinasozlik texnologiyasi va

jihozlari (ishlab chiqarish bo’yicha)

Infratuzilma ob’yektlarini qurish (inshootlar turi bo’yicha)

1.

85

25

25

25

5

5

90

25

25

25

5

5

5

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori asosida Farg’ona politexnika instituti professor-o’qituvchilarining 82 (shundan 16 tasi avgust oyidagi Ilmiy kengashga tavsiya qilingan) nafar ilmiy darajali pedagog xodimlarining faoliyati rag’batlantirib borilmoqda.

Institut rektorining №112 L/O-sonli buyrug’iga ko’ra, institut reyting ko’rsatkichlarini ko’tarishda faol ishtirok etib, Scopus, Web of Science yoki boshqa umum e’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallarida maqolalar, monografiyalar yozib chop ettirganliklari hamda dotsent, professor, akademik ilmiy unvon olgan professor-o’qituvchilarni belgilangan tartibda moddiy rag’batlantirib borilmoqda.

Rag’batlar turi

Jami

Maqola

Monografiya

Patent va foydali model

Ilmiy unvon

2020 yil

2020 yil

2020 yil

2020 yil

1.

152

111

29

10

2

 

2020/2022 o’quv yiliga quyidagi vazifalar rejalashtirildi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga loyihalar jo’natish, Halqaro ko’rsatkichlarga ko’ra professor-o’qituvchilarning ilmiy maqolalariga «Web of Science», «Scopus», «Google Scholar» yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo’lgan jurnallarda chop etishni tashkil qilish.
  2. Iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning innovatsion g’oyalarini amaliyotga keng joriy etish orqali mamlakat ilmiy-texnik taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlariga imkoniyatlar yaratish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish.
  3. Institutda ilmiy salohiyatni ko’tarish va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish, mavjud ilmiy maktablar va ixtisoslashga ilmiy kengashlar samaradorligini oshirish.
  4. Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Farg’ona innovatsion markazi imkoniyatlaridan va mablag’laridan foydalanilgan holda institutga tegishli kollej xududida eksperimental innovatsion ishlanmalarni maket va namuna nusxalarini tayyorlovchi “Texnopark” tashkil qilish.
  5. Pullik xizmatlar ko’lamini kengaytirish, byudjetdan tashqari mablag’lar xajmini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini hududlar kesimida rivojlanish;
  6. Ilmiy-tadqiqot natijalarini (mahsulotlarni) ommalashtirish va tijoratlashtirishni oshirish;
  7. Xalqaro va davlat grandlarida ishtirokni oshirish;
  8. Farg’ona viloyati xokimligi bilan hamkorlikda quyidagilarni amalga oshirish:

- qurg’oqchilikka, tez o’zgaruvchan iqlim sharoitiga hamda sho’rga chiamli qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarini yaratishga qaratilgan ilmiy loyihalar uchun 10 milliard so’m grant ajratilmoqda. Ushbu muammolarga qaratilgan ilmiy innovatsion loyixalar tayyorlash;

- “Issiqlik elektr stantsiyalari”, “Navoiyazot” va “Farg’onaazot”, “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Qizilqumtsement” AJ, “Bekobodtsement” AJ, “Quvasoytsemen” AJ kabi yirik tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’molchilari buyurtmalari asosida mavjud texnologiyalar doirasida energiya tejamkorlikni ta’minlash nuqtai-nazaridan jarayonlarni optimallashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;

- Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlaridagi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalar olimlariga yangi mahalliy substantsiyalar ishlab chiqarish va dorivor o’simliklar plantatsiyalarini tashkil qilish uchun 14 milliard so’m grant mablag’i ajratish ko’zda tutilgan. Ushbu muammolarga qaratilgan ilmiy innovatsion loyixalar tayyorlash;

- Farg’ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarning yuqori hosilli yangi navlarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish. Bunda gilos, shaftoli, olma, nok kabi mevalarning bozorbop navlari ko’chatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish;

- Farg’ona viloyati irrigatsiya ob’yektlarini loyihalashtirish va rejalashtirish  ishlariga chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;

- “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar xom ashyo va energiya resurslarini tejovchi kompozit materiallarni ishlab chiqish bo’yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirishn chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqish.

QAROR  QILINDI:

  1. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Z.A.Xamraqulovning “Institutning 2020 yilda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish tahliliy yakuni va kelasi yil rejalari to’g’risida”gi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tahliliy yakuni to’g’risidagi hisobot tasdiqlansin.
  3. Institutda ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish va mavjud doktorantura faoliyati tanqidiy ko’rib chiqilib, ularning samaradorligini oshirish choralari ko’rilsin.

Mas’ullar: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Z.A.Xamraqulov, IvaIPKTB boshlig’i S.F.Ergashev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, muddati: yanvar 2021 yil.

 

  1. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga loyihalar jo’natish, Halqaro ko’rsatkichlarga ko’ra professor-o’qituvchilarning ilmiy maqolalariga «Web of Science», «Scopus», «Google Scholar» yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo’lgan jurnallarda chop etish masalasi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin.
  2. Iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning innovatsion g’oyalarini amaliyotga keng joriy etish orqali mamlakat ilmiy-texnik taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlariga imkoniyatlar yaratish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo’shimcha shart-sharoitlar yaratilishiga aloxida e’tibor qaratilsin.
  3. Institutda ilmiy salohiyatni ko’tarish va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish, mavjud ilmiy maktablar va ixtisoslashgan ilmiy kengashlar samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin.
  4. Pullik xizmatlar ko’lamini kengaytirish, byudjetdan tashqari mablag’lar xajmini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini hududlar kesimida rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini (mahsulotlarni) ommalashtirish va tijoratlashtirishni masalalariga alohida e’tibor qaratilsin;
  5. Xalqaro grandlarda kafedralar ishtirokni oshirish chora-tadbir rejalari amalga oshirilsin;
  6. Farg’ona viloyat xududi muammolariga qaratilgan quyidagi grant loyixalarida institut professor-o’qituvchilari ishtirokini oshirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin:

- qurg’oqchilikka, tez o’zgaruvchan iqlim sharoitiga hamda sho’rga chidamli qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarini yaratishga qaratilgan ilmiy loyihalar uchun 10 milliard so’m grant ajratilmoqda. Ushbu muammolarga qaratilgan ilmiy innovatsion loyixalar tayyorlash;

- “Issiqlik elektr stantsiyalari”, “Navoiyazot” va “Farg’onaazot”, “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Qizilqumtsement” AJ, “Bekobodtsement” AJ, “Quvasoytsemen” AJ kabi yirik tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’molchilari buyurtmalari asosida mavjud texnologiyalar doirasida energiya tejamkorlikni ta’minlash nuqtai-nazaridan jarayonlarni optimallashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;

- Farg’ona viloyatiga dorivor o’simliklar plantatsiyalarini tashkil qilish uchun 14 milliard so’m grant mablag’i ajratish ko’zda tutilgan. Ushbu muammolarga qaratilgan ilmiy innovatsion loyixalar tayyorlash;

- Farg’ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarning yuqori hosilli yangi navlarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish. Bunda gilos, shaftoli, olma, nok kabi mevalarning bozorbop navlari ko’chatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish;

- Farg’ona viloyati irrigatsiya ob’yektlarini loyihalashtirish va rejalashtirish  ishlariga chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;

- “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda mos kafedralar xom ashyo va energiya resurslarini tejovchi kompozit materiallarni ishlab chiqish bo’yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirishn chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilsin. 

                Mas’ullar: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Z.A.Xamraqulov, IvaIPKTB boshlig’i S.F.Ergashev, ITITFTEB boshlig’i A.Xomidov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, muddati: 2021 yil yanvar.

 

  1. Kafedralarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quydagi ishlar amalga oshirilsin:

- tarmoq ilmiy jurnallarida xamda umume’tirof etilgan yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda kamida bitta ilmiy maqolalar chop etish;

- respublika va xalqaro ilmiy konferentsiyalar materiallarida kamida 3 ta ma’ruza tezisi chop etish;

- davlat va xalqaro grantlarda, xo’jalik shartnomalarida pedagog xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirokini oshirish.

Yuqoridagilarni bajarmagan professor-o’qituvchilarga nisbatan institut Kengashida tegishli qaror qabul qilinsin.

Mas’ullar: IvaIPKTB boshlig’i S.F.Ergashev, ITITFTEB boshlig’i A.Xomidov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, muddati: 2021 yil iyun.

   11. Institut ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan 2021 yil uchun ish rejasi tasdiqlansin.

Mas’ullar: II va IB prorektori Z.A.Xamraqulov, muddati: 2020 yil 30 dekabr.

 

Institutida faoliyat olib boruvchi ilmiy darajaga ega xodimlar to’g’risida (2020 yil 10 dekabr holatiga)

ILMIY FAOLIYAT PASPORTI

2019-2020-yil yakuni