Sodir etil(ayot)gan korrupsiya
holatlari to'g'risida xabar berish


Agar Sizga Farg‘ona politexnika instituti ( institut hamda uning huzuridagi akademik litsey va texnikumlar) da qonunchilik buzilishiga doir holatlar yoki institut xodimlarining noqonuniy harakatlari ma’lum bo‘lsa Farg‘ona politexnika institutiga qisqa raqamli «Ishonch telefoni» orqali xabardor qilishingizni soʻraymiz:

1. Farg‘ona politexnika institutining ishonch telefon raqamlari orqali;  +998732411206,    +998902900500

2. “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli telegram bot orqali;   @farpiantikorrupsiyabot

3. Institutning https://www.ferpi.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan @farpiantikorrupsiyabot telegram bot orqali;

4. Farg‘ona politexnika instituti qabulxonasi orqali;

5. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy qabul orqali;

6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining @anticoredu telegram boti orqali;

7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ishonch telefon raqamlari orqali 71 246-38-57,   71 207-03-41

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning barcha kunlarida 24 soat davomida uzluksiz amalga oshiriladi. Unda fuqarolar institut xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek soliq sohasiga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin. Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi, Qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.