Jamoatchilik kengashi
05-02-2022Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qaroriga muvofiq Institut rektorining 2018 yil 17 avgust kungi buyrug‘i bilan Farg‘ona politexnika instituti Jamoatchilik Kengashi tuzilgan, 2018 yil 12 sentyabrda esa institut rektorining № 831-sonli buyrug‘i bilan Kengash tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi № 865-sonli buyrug‘i bilan maxsus “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 31-bandi ijrosini ta’minlash oliy ta’lim muassasalari Jamoatchilik Kengashi tarkibini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotganligi sababli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K. Sharipovning 2019 yil 8 oktyabrdagi № 87-02-2580- sonli xati orqali berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2019 yil 22 oktyabr kungi 1065 L/O-sonli buyrug‘i bilan institut Jamoatchilik Kengashi tarkibi qayta shakllantirildi, a’zolar soni 33 nafarga yetdi, institut faollari, kasaba uyushmasi a’zolari, talabalar kengashi a’zolari, institut yoshlar ittifoqi kengashi vakillari, “Muruvvat” MFY raisi, xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, shuningdek, ichki ishlar xodimi ham tarkibga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarga muvofiq 2019 yil 15 noyabr kuni institut huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash tarkibiga qabul qilingan yoshlar ittifoqining a’zolari tanishtirildi, rejalar va topshiriqlar belgilab olindi. Har bir fakultet kengashlaridan bir nafardan vakillar qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 2019 yil 27 sentyabrdagi 865-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ning 31-bandida oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar maqomini institut Kengashi qarorlari darajasiga yetkazish mexanizmi belgilangan. Shu munosabat ushbu masala 2019 yil 26 dekabr kungi Institut kengashi muhokamasiga qo‘yildi va tasdiqlandi.
Institutda Jamoatchilik kengashi institutning barcha sohalarini rivojlantirish, talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish, ijtimoiy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazish, shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish borasida targ‘ibot ishlarini olib borish borasida qator vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Institut rektorining 2020 yil 27 yanvar kungi “Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 97 L/O buyrug‘i asosida talabalar davomatini oshirish, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlovchi, shuningdek, tegishli o‘rganishlar olib borib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tayyorlovchi va ishlarni nazorat qilib boruvchi alohida 13 nafardan iborat ishchi guruh tashkil etilganligi institutda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlarni tahlil qilish va o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Institutda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish borasida barcha rahbar-xodimlar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda institut huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.
2019/2020 o‘quv yilida institutida tahsil olayotgan huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan 13 nafar, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan 6 nafar talabalar ro‘yhati shakllantirildi, fakultet dekan o‘rinbosarlariga biriktirildi va viloyat IIB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
“Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini nazorat qilish va ma’lumotlarni yig‘ib borish uchun tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan talabalar va o‘qituvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki qaltis hatti-harakatlar atroflicha o‘rganilib, institut rahbariyatiga ma’lumot taqdim etib borilmoqda. Shuningdek, talabalar orasida ijtimoiy vaziyatni aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Xususan, 2020 yil 2 mart kuni Energetika va Kimyo-texnologiya fakultetlari talabalari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi, 264 nafar talaba ishtirok etdi va tahlil qilingan holda institut rektoriga ma’lumot taqdim etildi.
Kengash raisi: R.Tojiyev