Erasmus+ CBHE dasturi doirasida MechaUz “Oʻzbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyiha hamkorlarining 4-uchrashuvi va 2-treningi Portugaliyaning Viana do Kastelo politexnika institutida 18-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
18 iyul kuni loyiha hamkorlari IPVCda loyiha faoliyati bilan bog'liq juda muhim masalalar va jihatlarni muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazdilar.
Uchrashuv kunining dastlabki qismida Vilnyus Gediminas Texnika Universitetidan doktor Vitautas Buchinskas mexatronika va robototexnika bo'yicha yangi bakalavr dasturini ishlab chiqish jarayonini yakunlovchi ma'lumotni taqdim etdi.
Shuningdek, mexatronika sohasidagi yangi yutuqlarni akkreditatsiya va sertifikatlashtirish jarayoniga katta e'tibor qaratildi. Toshkent Axborot Texnologiyalri Universiteti professori O‘tkir Hamdamov O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazishi tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lgan ma’ruza qildi.
Uchrashuv IPVCning xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Ana Paula Valening tabrik nutqi bilan davom etdi. Uning taʼkidlashicha, Yevropa va Oʻzbekiston universitetlarining ushbu loyiha doirasidagi hamkorligi loyiha faoliyati yakunlangan davrda ham davom etishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari Anna Paula IPVC va Portugaliya haqida umumiy ma’lumot berib o’tdi.
Anna Paulo nutqida so‘ng IPVC professori Duarte Alvesning chiqishlari bo‘lib, u loyiha faoliyati samarali o‘tishiga ishonch bildirdi. IPVC vakillari loyiha bilan bog’liq asosiy masalalarni muhokama qilish, o'qituvchilar va muhandislar uchun treninglar, shuningdek, madaniy tadbirlarni o'z ichiga olgan kun tartibini tanishtirib o’tdilar.
Tadbir davomida loyihaning moliyaviy qismi haqida Thomas Thomidis barcha savollarga javob berdi.
Keyinchalik Javlonbek Rahmatillaev loyihaning hozirgi holati haqida juda foydali taqdimot qildi. Ta'kidlanishicha, Viana do Kastelodagi trening loyihaning rivojlanishi bilan bog'liq ishlar sur'atini oshirish imkonini beradi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekistondagi har bir OTM tashkil etilgan i-Labs haqida ma’lumot berdi. Taqdimotlarda qayd etilishicha, loyiha doirasidagi laboratoriyalarni ishlab chiqishda barcha OTMlar yaxshi natijalarga erishgan.