Shu yilning 3 iyun kuni, institut Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Ismoilov Nodirbek Vilnius Gediminas texnika universiteti xalqaro aloqalar ofisi direktori Aušra Pelėdienė bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki oliygoh oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish, va hozirda amalga oshirilayotgan MechaUZ loyihasi doirasida, Robototexnika va mexatronika yoʻnalishi boʻycha qoʻshma taʼlim dasturini ochish Vilnius Tech universiteti tomonidan qoʻllab quvvatlanishini alohida taʼkidlandi. Bundan tashqari dastur doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvini amalga oshirish muhokama qilindi.
Vilnius Tech boʻyicha toʻliq maʼlumot: https://vilniustech.lt/index.php?lang=2
2 iyun kuni, Vilnius Tech ni Raqamli texnologiyalar markazi direktori Paulius Nomgaudas bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida markaz faoliyati bilan yaqindan tanishildi, boʻlimlari haqida maʼlumot olindi. Eʼtiborga tortadigan tarafi, markaz nafaqat Vilnius Tech universitetiga texnik xizmat koʻrsatadi balki Litvaning boshqa 5 ta universitetlariga ham yaqindan koʻmaklashadi va raqamli texnologiyalar tizimiga texnik xizmat koʻrsatadi. Raqamli texnologiyalar markazini tashqi loyihalar bilan ishlovchi boʻlimi tashkil etilganligi eʼtiborimizni tortdi.
Paulius bilan qoʻshma loyihalar tayyorlashga, xodimlarimizni malakasini oshirish boʻyicha amaliyot tashkil qilish boʻyicha kelishib olindi.
2 iyun, shu kuni Vilnius Gediminas texnika universiteti Transport Muhandisligi fakulteti dekani, t.f.d., professor Olegas Prentkovskis va shu fakultetning xalqaro va ilmiy ishlar boʻyicha dekan movini t.f.d. professor Edgar Sokolovskiylar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Ismoilov Nodirbek hamda YUTT kafedrasi doktoranti Ismoil Tursunaliyevlar ishtirok etdilar. Transport Muhandisligi fakulteti dekani, t.f.d., professor Olegas Prentkovskis fakultetning tashkil topishi, yoʻnalishlar va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida batafsil taqdimot qilib berdi. Shuningdek, fakultetning xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiyalanadigan impakt faktorli “TRANSPORT” ilmiy-jurnali bilan tanishtirib oʻtdi. Uchrashuv yakuniga koʻra kelgusida turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv-uslubiy, ilmiy-amaliy hamkorlik oʻrnatish va barcha turdagi malaka oshirish kurslari shuningdek qisqa muddatli amaliyoti oʻtish boʻyicha kelishib olindi.