“Yengil  sanoat  va to‘qimachilik”  fakultetida "Maketlar tanlovi" va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Tadbirda, Farg'ona Politexnika instituti 1-prorektori Sherzod Dehqanov, Yengil sanoat va to'qimachilik  fakulteti dekani Iqboljon Toshpo'latov,  "Tabiiy toalalar" kafedrasining professor-o'qituvchilar hamda "Uzwoolentex" MCHJ, "Oseana tekstil" vakillari va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Dastlab, Farg'ona viloyati hamkor korxonalari qoshida kafedra filiallarini tashkil etish bo'yicha kelishuv imzolandi.

Tanlov davomida esa  "Tabiiy tolalar' kafedrasining iqtidorli talabalari tomonidan texnologik jihozlar, ishlab chiqarish korxonalari maketlarini namoish etuvchi "Maketlar tanlovi"tashkil etilib , "Eng yaxshi harakatlanuvchi uskuna" ,  "Eng yaxshi korxona maketi", "Eng yaxshi modernizatsiya qilingan jihoz maketi" nominatsiyalari bo'yicha talabalar o'z ijod namunalarini namoyish etishdi .

Ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan tadbir so'ngida, "Maketlar tanlovi" mavzusidagi fan olimpiyadasi g'oliblari aniqlanib diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti