Bugun Farg’ona politexnika institutiga Italiyadagi Turin politexnika universiteti o‘qituvchisi va ilmiy xodimi, arxitektura bo‘yicha bir necha xalqaro ko‘rgazmalar sovrindori, 2022-yilda Xitoyda o‘tkazilgan qishki olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan sport kompleksi arxitektura loyihasi muallifi Mishel Bonino va Turin politexnika universiteti professori Fulvio Rinaudolar tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida, oliygohimiz hududida qurilishi rejalashtirilgan Texnopark hamda 2500 o‘ringa mo‘ljallangan O‘quv binosi loyihasi Italiyaning nufuzli arxitektorlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Turin politexnika universiteti bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq, institutimiz hamda TPU salohiyatli professor-o‘qituvchilaridan iborat (6+6) Loyiha guruhi tashkil etilgan. Ushbu loyiha guruhi tomonidan institutimiz hamda hududda barpo etilishi rejalashtirilgan bino-inshootlar, madaniy meros ob'ektlarini loyihalashtirish va amalga oshirish maqsad qilingan.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti