#Konferensiya_2023


Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan  Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “AYREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda “Times Nigher Education”, “QS”, “Webometrics” kabi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari rahbarlari, Kanada, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Xitoy, Singapur, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Qozogʻiston va Oʻzbekiston universitetlarining rektorlari, ekspertlardan iborat jami 100 nafarga yaqin qatnashchi ishtirok etishdi. 

Quvonarli jihati shundaki, ushbu xalqaro  konfrensiyada Farg'ona politexnika instituti vakillari ham ishtirok etib, sohaga oid ma'lumotlar va yangiliklarni tinglashdi. 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti