Rossiyaning birinchi texnika universiteti oliygohimiz bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi


 Bugun N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti vakillari Farg’ona politexnika institutiga tashrif buyurishdi.

Ikki oliygoh vakillari joriy yilning 26-27-oktyabr kunlari  Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan “Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi” doirasida imzolanadigan hujjatlar va  kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida kelishib olish maqsadida, oliygohning majlislar zalida muhokama yig’ilishini o’tqazishdi.

Yig’ilishda mazkur universitet Xalqaro fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Дробышев Дмитрий Вадимович, Ta’lim standartlari va dasturlari bo‘limi boshlig‘i Гузева Татьяна Александровна, institut rektori O’.Salomov, o’quv ishlar bo’yicha prorektor J. Kambarov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Z.Hamraqulov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor I. Jahongirov, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Sh.Hamdamova ishtirok etishdi.

 

Dastlab, institut rektori O’.Salomov institutimizdagi ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yartilgan shart-sharoit, imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion  ta’lim transformatsiyasini amalga oshirish hamda  institutda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan innovatsion texnopark loyihasi haqida ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berib o’tdi.

Shundan so’ng, ikki oliygoh vakillari kelgusidagi istiqbolli hamkorlik hamda  ta’lim va fan integratsiyasini amalga oshirish borasidagi fikr-mulohazalarini muhokama qilishdi.

Yig’ilish so’nggida, institutda mavjud ikki ta’lim muassasasi bo’yicha mos keluvchi yo’nalishlarda qo’shma ta’lim dasturlarini ochish bo’yicha kelishib olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti