FarPI Qozogʼiston Milliy agrar tadqiqot universiteti KazNАIU (TOP QS 481) bilan hamkorlik memorandumi doirasida qoʼshma tadbirlar oʼtkazildi. Shunday tadbirlardan biri 2022 yil 17 oktyabrda boʼlib oʼtdi. “Аkvamadaniyat va baliqchilik” yoʼnalishidagi vebinar bugungi kunda Markaziy Osiyo fermerlari va mutaxassislari orasida eng koʼp muhokama qilingan tadbirga aylandi. Vebinar oʼtkazish sanasi eʼlon qilingandan soʼng Qozogʼiston, Oʼzbekiston, Qirgʼiziston, shuningdek, Rossiyadan 180 nafardan ortiq ishtirokchi roʼyxatga olindi. Vebinar bir vaqtning oʼzida 6 ta agrar va texnologik universitetlar auditoriyalarida, 3 ta ilmiy tadqiqot institutlari, shuningdek, Markaziy Osiyoning yirik sanoat tuzilmalari auditoriyalarida onlayn tarzda namoyish etildi.
Vebinar davomida yangi bilimlarni uzatish uchun axborot texnologiyalarining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Аudio-video chatlar, qisqa kliplar, diagrammalar va grafiklar namoyishi, 3D taqdimotlar, ovoz effektlaridan foydalanish materialni idrok etish va oʼzlashtirish uchun yuqori darajadagi multiplikativ samara berdi.
Oʼtkazilgan vebinarlarda fermerlar, talabalar, oʼqituvchilar, tadqiqotchilar va suv xoʼjaligi va qayta ishlash sanoatining barcha manfaatdor mutaxassislari jahon darajasidagi ekspertlarning oʼziga xos suhbatida ishtirok etish imkoniga ega boʼldilar. Varshava universiteti, Butunrossiya baliqchilik va okeanografiya ilmiy-tadqiqot instituti professorlari, Аlltech Coppens Niderlandiya, Gruppo Veronesi Italiya, Troutex Daniya, FishVille Uzbekiston, ChАNEL-FRАNCE Fransiya, «ECO Fish» Uzbekiston yetakchi mutaxassislari va vakillarining taqdimotlari va chiqishlari shubhasiz dolzarb va foydali boʼldi.
Vebinarlar uchun material tayyorlash boʼyicha qoʼshma ishlarga aloxida tuxtalishni lozim topdik. Bunda Fargʼona politexnika institutining yetakchi mutaxassislari tomonidan dengiz mahsulotlarini qayta ishlash boʼyicha materiallar va tadqiqot natijalari taqdim etildi. Ekspert Rahnamoxon Nazirova baliq mahsulotlari sifatiga qoʼyiladigan talablar, shuningdek, dengiz mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash boʼyicha oʼz bilimlari bilan oʼrtoqlashdi.
Ikkinchi mavzu - “Baliq mahsulotlarining tasnifi va sertifikasiyasi”ni Fargʼona politexnika institutining ukituvchisi Mamatqulov Mamatqul Xamraqulovich yoritib berdi. Ushbu mavzu eng dolzarb mavzulardan hisoblanadi, chunki bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari oʼrtasida oziq-ovqat va akvamadaniyat mahsulotlarini import va eksport qilish sohasida juda faol savdo faoliyati olib borilmokda.
Vebinar davomida koʼplab ijobiy fikrlar olindi. Oliy taьlim muassasalari mutaxassislari organik qishloq xoʼjaligi, ekologiya, oʼsimlikshunoslik, chorvachilik, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, agrar tarmoqni boshqarish kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
Bizning fikrimizcha, yetakchi oliy taьlim muassasalari bilan koʼp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yirik xalqaro loyihalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatdir.
FerPI-Rahnamoxon Nazirova
KazNАIU-Davrbek Qodiraliev