Bugun Farg'ona politexnika institutining majlislar zalida Portugaliya davlatidan kelgan professor Duarte Alves, Minnesota davlat universiteti professori Heather Camp, institut ilmiy ishlar bo'yicha prorektor Z.Xamraqulov hamda bir qator fan doktorlari ishtirokida seminar-trening tashkillandi.
Seminar davomida "Xalqaro loyihalar" yuzasidan munozarali muhokamalar olib borildi. Ushbu loyihalarni yanada shakllantirish bilan birga, nufuzli xorijiy jurnallarda maqolalar yozish qoidalari haqida fikr almashildi.
Seminardan ko'zlangan maqsad institut olimlari hamda xorijiy davlat olimlari o'rtasida yangidan yangi bilimlarni mustahkamlash orqali yangi maqsadlar sari yo'l xaritasini chizishdir.