ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI



           2018 yilda “ПСУЕАИТИ" Farg’ona ilmiy tajriba stantsiyasi ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda Fan va texnologiyalar agentligining davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida QX-I-QX-2018-76 “Farg’ona viloyati fermer xo’jaliklarida yuqori samarali beda urug’ etishtirish agrotexnologiyasini joriy etish” mavzusi bo’yicha amaliy loyiha, “Farg’ona viloyati o’tloqi soz tuproqlari sharoitida g’o’za va g’alla parvarishida Uni-Agro va Super-KAS suyuq azotli o’g’itlarini qo’llash muddat va me’yorlarini o’rganish” mavzusidagi №36-05G’710 sonli 5,0 mln. so’mlik xo’jalik shartnoma amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha asosida kafedra dotsenti Q.Davronov “Agrotexnik omillar asosida g’o’zada hosil elementlarini to’kilishini oldini olish choralarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik ishlarini yakunlamoqda.

       O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 sentyabrdagi FTA-02-11G’614-sonli xati hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 sentyabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 660-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Fanlar bo’yicha kirish imtihonlarining natijalari asosida va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, tayanch doktoranturaga kafedra assistenti Ubaydullayev Madaminjon Mo’minjon o’g’li 06.01.01 – Umumiy dexqonchilik. Paxtachilik ixtisosligiga 2018 yil 1 yanvaridan qabul qilindi.

 

Diqqat!

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2020 yil 1 iyuldagi 01-10/969-sonli xatiga asosan  fizika va qattiq jismlar fizikasi ixtisoslikliklari bo`yicha  barcha   iqtidorli ilmiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun (01.04.07-“Kondensirlangan  holat fizikasi”)  va  13.00.02-“Ta’lim va tarbiya nazariyasi  va metodikasi (fizika fanlari bo`yicha)” Farg`ona politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi falsafa doktori (PhD) 03/27.02.2020.FM.106.01 raqamli ilmiy Kengash ish boshladi. Shunigdek, ushbu ilmiy Kengash qoshida talabgorlar uchun sohaga doirasidagi ilmiy seminar xamda  malakaviy imtixon komissiyalari  faoliyat yuritmoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti