Farg’ona politexnika institutida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo’naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosidagi ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug’ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, institut professor-o’qituvchilari korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislari tomonidan ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash – shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlashda keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Energetika” fakultetida “Fizika” kafedrasi professori N.X. Yuldashev, shu kafedra professori N.Sultonov va dotsent
Z.X.Yuldashevlarning “Yarim o’tkazgichlar fizikasi” maktabi; “EE” kafedrasida professor A.M.Kaso’maxunovaning “Geliotexnika” maktabi; professor N.M. Aripovning “Elektr yuritmalar” maktabi; “E va A” kafedrasida shu yo’nalish asoschisi, professor M.M. Muxiddinovning “Buzmasdan nazorat qilishning optoelektron asboblari” maktabi, professor S.F. Ergashevning “Quyosh energetik qurilmalari” maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.
Mexanika fakultetida “TMJ” kafedrasida professor R.J. Tojievning “Detonatsion to’lqin energiyasidan foydalanib ishlovchi yangi rusumdagi mashinalar” maktabi; t.f.d., professor B.A. Alimatovning “Kimyoviy ishlab chiqarishning jarayonlari” maktabi; “Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” kafedrasida t.f.d. prof. Fayzimatov Shuxrat Numanovichning “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” maktabi; “Tadbiqiy mexanika” kafedrasida dots. A.Do’smatovning “Kompozitsion plastina va obolochkali qobiqlarning birligi va ustuvorligini tekshirish” maktabi, professor B.N. Davidboevning “Paxta sanoati texnologik mashinalarining samaradorligini oshirish” maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.
Qurilish fakultetida “MKQ” kafedrasida professor Yo.S.Abbasovning “Quyosh suv va havo isitgichlari” maktabi; “BIQGKK” kafedrasida dotsent N. Goncharovalarning “Tuz va korroziyaga chidamli betonlar yaratish” maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.
Kimyo-texnologiya fakultetida “QXMT” kafedrasida professor O. Ibragimovning “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarni etishtirish va qayta ishlash” maktabi; “KT” kafedrasida professor S.Tuxtaevning “Defoliantlar” va dotsent S.R. Mirsalimovalarning “Kompozitsion kleylar” maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.
Ishlab chiqarishda boshqaruvi fakultetida “BX va A” kafedrasida professor D. Kudbievning “Asosiy vositalar va ularni buxgalteriya hisobini tashkil etish” maktablari; “BX va A” kafedrasi mudiri, professor I.N. Ismanovning “Korxona aktivlari buxgalteriya hisobi va audit” maktablari faoliyat ko’rsatmoqda.