Buxgalteriya quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Buxgalteriya hisob raqamlarida xo‘jalik operatsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va harajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o‘z vaqtida aks ettirish;
  • Soliqlar va yig‘imlarni respublika, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarga, sug‘urta badallarini davlat byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga, to‘lovlarni kredit tashkilotlariga, mablag‘larni moliyalashtirish obyektlariga, mablag‘larni ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni yopish uchun o‘z vaqtida o‘tkazib berish;
  • Tashkilot tomonidan mehnat uchun haq to‘lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to‘lash hisoblarining to‘g‘riligini, inventarizatsiya o‘tkazishni, buxgalteriya hisobi va hisobotlar yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Tashkilot ichki auditida buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil o‘tkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;
  • Institutning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo‘qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan harajatlarni yo‘q qilish;
  • Moliyaviy va g‘azna tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, yetishmovchiliklarning, debitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo‘qotishlarning buxgalteriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti