KAFEDRA MUDIRI
Ergashev Ilhom Olimjonovich
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (8:00 - 12:00)
Telefon: +998 99 996 70 20
Kafedra tarixi
Kafedra 1967 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga birinchi mudiri etib katta o‘qituvchi Qodirjon Jo‘raboev tayinlandi. Uning a’zolari M.Hafizov, A.Siddiqov, M.Davlyatov va J.Usmonovlar bo‘lgan. Kafedrada institutning barcha texnika mutaxassisliklari uchun «Chizma geometriya», «Chizmachilik» va «Injenerlik grafikasi» fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilgan.
1968 yilda kafedraga mudir etib t.f.n. E.G‘.Rahimov tayinlandi. O‘sha yili kafedra a’zolari safiga A.O‘rinboev, N.Ma’rifjonov, I.Isaqov va A.Mo‘minovlar kelib qo‘shildi. 1969 yilda kafedra tarkibi Z.Abdullaev, K.Mashrapov, A.G‘aniev kabi o‘qituvchilar hisobiga kengaydi.
1970 yildan texnika fanlari nomzodi E.G‘.Rahimov Energetika fakultetiga dekan etib tayinlangach, kafedrani 1970-1971 yillari Q.Jo‘raboev boshqardi. Kafedraga iqtidorli yoshlar – O‘.Sattorov, A.Abdurazzoqov, A.Muxammadiev, O.Alijonov, O.Mirxojieva, B.Azimov va U.Abdulazizovlar qo‘shildi.
1972-1974 yillari kafedrani texnika fanlari nomzodi V.N.Melnikov boshqardi. Kafedra a’zolari safiga Sh.Dadaboev, A.Ibragimov, V.T.Fayutkinalar qo‘shildi.
1975 yildan 1980 yilgacha t.f.n. E.G‘.Rahimov kafedrani boshqardi. Bu davrda o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. Jumladan, kafedrada o‘qitishni yaxshilash uchun uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar yaratishga kirishilib, dotsent E.G‘.Rahimov boshchiligida qurilish, mexanika, energetika va maishiy xizmat ko‘rsatish fakultetlari studentlari uchun 50 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratildi. «Chizma geometriya» fanidan masala va misollarni yechish uchun “Ish daftari” chop etildi.
O‘sha yillari kafedrada professor-o‘qituvchilar soni 12 ta ga yetib, ulardan O.Alijonov, J.Usmonov va B.Azimovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldilar.
Dotsent E.G‘.Rahimov texnologiya fakultetiga dekan etib tayinlangach, kafedrani 1981-1991 yillari dotsent O.I.Alijonov boshqardi. Kafedraga iqtidorli yoshlar Z.E.Toshqo‘zieva, X.Yuldasheva, A.A.Xolmurzaev, T.B.Jitnik, A.Xoshimov, Ye.Osiko va texnika fanlari nomzodi A.M.Xusanboevlar qo‘shildilar.
1992 yildan 1997 yilgacha hamda 2006 yildan 2013 yilgacha kafedrani dotsent A.M.Xusanboev boshqardi. Bu davrda A.A.Xolmurzaev (Ukraina), T.B.Jitnik (Rossiya), A.Xoshimovlar (Rossiya) nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlab texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldilar.
Kafedraga 1997-2006, 2013-2022 yillar oralig‘ida A.A.Xolmurzayev kafedrani boshqardi. Bu davrda I.O.Ergashev texnika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertasiyalarini yoqlashdi.
2022-yildan hozirgi kungacha kafedrani I.O.Ergashev boshqarib kelmoqda, Bu davrda J.Z.Madaminov pedagogika fanlari bo‘yicha, M.O.Umarova, D.A.Valihonovlar texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldilar. Assistentlar N.Jumayev, R.J.Karimov, A.M.Turg‘unbekov, J.R.Srojidinovlar tayanch doktoranturada o‘qishmoqda. Bundan tashqari A.A.Maxmudov, A.A.Botirov, S.S.Arziev Z.N.Oxunjonov, I.X.Toxirov, M.M.Rustamova, A.M.Muxtorov, M.A.Mirzayevlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ishlarini olib borishmoqda.
Kafedrada yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy nashrlar
Kafedrada 100 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar nashr etildi.
Kafedraning o‘quv, ilmiy va uslubiy salohiyatini tarkib topishida dunyoga mashhur bo‘lgan yirik olimlar – akademiklar S.N.Kojevnikov, V.E.Mixaylenko (Ukraina), professorlar R.H.Horunov, Sh.K.Murodovlarning (O‘zbekiston) hissalari katta bo‘lgan.
2005 yilda A.A.Xolmurzayevning O‘zbekistonning yetakchi olimlari bilan hammualliflikda tayyorlagan “Chizma geometriya” darsligi dastlab oq-qora ko‘rinishda, 2008-yilda esa rangli ko‘rinishda nashrdan chiqdi. Ushbu darslik 2010 yilda “Eng yaxshi darslik va o‘quv qo‘llanmasi” nominasiyasida 1-o‘rinni egalladi.
2006 yilda O.I.Alijonov va A.A.Xolmurzayevlar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi “Muhandislik grafikasi” birinchi darsligi nashrdan chiqdi.
2022 yilda A.A.Xolmurzayevning profesor Sh.K.Murodov va A.N.Valiyevlar bilan hammualliflikda tayyorlagan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, darsligi, A.A.Xolmurzayev tomonidan A.M.Biserning ingliz tilidagi “Machine Drawing” darsligi o‘zbek tiliga “Mashina chizmachiligi” nomi bilan tarjima qiliindi va chop etildi.
2023 yilda A.A.Xolmurzayevning “Chizma geometriya, muhandislik va kompyuter grafikasi” darsligi rus tilida chop etildi va o‘quv jarayoniga joriy etildi.
2023 yilda J.Z.Madaminov, S.S.Arziyevlar tomonidan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli darsligi, J.Z.Madaminovning yakka mualliflikdagi “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi. Shu jumladan, J.Z.Madaminov va M.M.Rustamovalar tomonidan rus tilida yaratilgan “Инженерная и компьютерная графика” nomli o‘quv qo‘llanmasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi tomonida nashr guvohnomasi berilib, chop etildi.
2005 yilda «Chizma geometriya va injenerlik grafikasi» kafedrasi “Muhandislik kommunikasiyalar qurilishi” kafedrasi tarkibiga qo‘shilib ketgan. 2011-2018 yillarda «Chizma geometriya va injenerlik grafikasi» kafedrasi “Arxitektura” kafedrasi tarkibida bo‘ldi. 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab «Chizma geometriya va injenerlik grafikasi» kafedrasi “Arxitektura” kafedrasi tarkibidan mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi va kafedraga texnika fanlari nomzodi Abdurasul Abdulaxatovich Xolmurzaev rahbarlik qildi .
2019 yildan boshlab kafedradagi o‘quv soatlari yangi yo‘nalishlar ochilishi hisobiga keskin oshdi. Kafedraga yosh mutaxassislar taklif qilindi. Madaminov Javlon Zafarjonovich, Toxirov Islombek Xakimjon ugli, Arziev Saydulla Sobirovich, Botirov Alisher Axmadjon ugli, Valixonov Dostonbek Azim o‘g‘li, Oxunjonov Zuxriddin, Nosirjonovich, Rustamova Muxlisa Muxtoralievnalar shular jumlasidandir.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedraga shu kafedradan yetishib chiqqan yosh olim, texnika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari (PhD) nomzodi Ergashev Ilhomjon Olimjonovich rahbarlik qilib kelmoqda
Hozirgi kunda kafedraning tajribali ustozlari: O.I.Alijonov, A.M.Husanboyev, A.A.Xolmurzayev, Z.E.Toshqo‘ziyeva, R.X.Karimov, M.Yu.Qodirov, J.Z.Madaminov, S.S.Nurmatovalar bilan bir qatorda g‘ayratli va izlanuvchan yosh o‘qituvchilar kafedrada faoliyat olib bormoqdalar.
№ |
FIO |
Lavozimi |
Korporativ pochtasi |
1 |
Ergashev Ilhom Olimjonovich |
Kafedra mudiri |
i.ergashev@ferpi.uz |
2 |
Xolmurzaev Abdirasul Abdulaxatovich |
Dotsent |
xolmurzaev.abdirasul@ferpi.uz |
3 |
Alijonov Odiljon Isakovich |
Dotsent |
alijonov.odiljon@ferpi.uz |
4 |
Xusanboev Abulqosim Mamajonovich |
Dotsent |
xusanboev.abulqosim@ferpi.uz |
5 |
Madaminov Javlon Zafarjonovich |
Dotsent |
madaminov.javlon@ferpi.uz |
6 |
Karimov Ravshan Xikmatullaevich |
Katta o‘qituvchi |
karimov.ravshan@ferpi.uz |
7 |
Toshqo‘zieva Zulfiya Eralievna |
Katta o‘qituvchi |
toshqozieva.zulfiya@ferpi.uz |
8 |
Qodirov Murodjon Yusupovich |
Katta o‘qituvchi |
qodirov.murodjon@ferpi.uz |
9 |
Botirov Alisher Axmadjon o‘g‘li |
Katta o‘qituvchi |
botirov.alisher@ferpi.uz |
10 |
Arziev Saydullo Sobirovich |
Katta o‘qituvchi |
arziev.saydulla@ferpi.uz |
16 |
Valixonov Dostonbek Azim o‘g‘li |
Katta o‘qituvchi |
valixonov.dostonbek@ferpi.uz |
11 |
Maxmudov Abdulrasul Abdumajitovich |
Katta o‘qituvchi |
a.maxmudov@ferpi.uz |
15 |
Nurmatova Salimaxon Sobirovna |
Assistent |
nurmatova.salimaxon@ferpi.uz |
13 |
Abdullaeva Donoxon Toshmatovna |
Assistent |
abdullaeva.donoxon@ferpi.uz |
12 |
Toxirov Islombek Xakimjon o‘g‘li |
Assistent |
toxirov.islombek@ferpi.uz |
14 |
Oxunjonov Zuxriddin Nosirjonovich |
Assistent |
oxunjonov.zuxriddin@ferpi.uz |
17 |
Rustamova Muxlisa Muxtoralievna |
Assistent |
rustamova.muxlisa@ferpi.uz |
18 |
Muxtorov Abdumajidxon Murodxon o‘g‘li |
Assistent |
a.muxtorov@ferpi.uz |
19 |
Muxtorov Sherzod Sobirjon o‘g'li |
Assistent |
Sh.muxtorov@ferpi.uz |
20 |
Mirzayev Murodil Abdivosi o‘g‘li |
Assistent |
m.murzayev@ferpi.uz |
21 |
Xoldorov Xudoyberdi Xasanboy o‘g‘li |
Assistent |
x.xoldorov@ferpi.uz |
22 |
Mamajanova Gulhayot |
Kabinet mudiri |
|
23 |
Rahmonova Gavharoy |
Muhandis |
|