KAFEDRA TARIXI
Mamalakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj Farg’ona politexnika institutida “Arxitektura” kafedrasini ochilishiga asos bo’ldi. "Arxitektura" kafedrasi Farg’ona politexnika instituti rektorining 2011 yil 16 noyabrdagi 634-sonli buyrug’i bilan Qurilish fakul’teti "Bino va inshootlar qurilishi", hamda "Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi" kafedralari bazasida tashkil topgan.
2020-2021 o’quv yilida kafedrada 20 nafar professor - o’qituvchilar asosiy shtatda faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafari texnika fanlari nomzodi, 1 nafari falsafa doktori (PhD), 9 nafari katta o’qituvchi va 9 nafari kafedra assistenti lavozimida faoiliyat yuritayotgan o’qituvchilardan iborat. Kafedrada bakalavriat yo’nalishida jami o’ttiz to’qqista fandan dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.
Kafedra tarkibida 5340100 – “Arxitektura” va 5341000 – “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” ta’lim yo’nalishlari, shuningdek magistratura, 5А341001 – “Qishloq aholi yashash joylarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” hamda 2020-2021 o’quv yilidan boshlab 5А340101 – “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi mavjud. Ta’lim yo’nalishlari “Arxitektor” mutaxassisligi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan bo’lib, o’qish davri 4,5 yil. Magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’qish davri 2 yil.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ 2909-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-2020 o’quv yili qabul kvotasida Farg’ona politexnika institute “Arxitektura” kafedrasi negizida 5А341001 – "Qishloq aholi yashash joylarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish" magistratura mutaxassisligi ochildi, o’qish davri 2 yil. Mazkur mutaxassislik bo’yicha bugungi kunda 5 nafar magistrantlar davlat granti, 4 nafar magistrantlar to’lov shartnoma asosida ta’lim olmoqdalar.
KAFEDRAGA:
- 2011-2012 yillarda arx. fanlari doktori, prof. A.M.Axmedov
- 2012-2014 yillarda t.f.n., dots. J.D.Axmedov
- 2014-2018 yillarda t.f.n., dots. A.A.Xolmurzayev
- 2018-hozirgi vaqtgacha t.f.n., dots. J.D.Axmedov rahbarlik qilib kelmoqda.
KAFEDRA TARKIBI
№ |
F.I.SH |
Lavozimi |
|
|
|||
Asosiy shtat |
|||
1 |
Axmedov Jamoldin Djalolovich |
kafedra mudiri |
|
2 |
Axunboev Rustam Ibragimovich |
katta o’qituvchi |
|
3 |
Saydullaev Obidxon Sofoxonovich |
katta o’qituvchi |
|
4 |
Isaqov Soxib Solievich |
katta o’qituvchi |
|
5 |
Toshmatov Usmonali Toshtemirovich |
katta o’qituvchi |
|
6 |
Zikirov Muxammadsoliq Solievich |
katta o’qituvchi |
|
7 |
Siddiqov Maxamadjon |
katta o’qituvchi |
|
8 |
Exsonov Dilshodjon Raxmonovich |
katta o’qituvchi |
|
9 |
To’xliboev Baxodir Sotqinovich |
katta o’qituvchi |
|
10 |
Raxmanov Baxodir Kushakovich |
katta o’qituvchi |
|
11 |
Jo’raev O’ktamjon Shavkatovich |
katta o’qituvchi |
|
12 |
Shamshetdinova Gulizebo Ablakimovna |
assistent |
|
13 |
Norimova Saboxon Abdusatorovna |
assistent |
|
14 |
Mo’minova Nigoraxon Zoxidovna |
assistent |
|
15 |
Jo’raev Mamatkarim Raxmonovich |
assistent |
|
16 |
Jo’raboev Asilbek Tolibjon o’g’li |
assistent |
|
17 |
Qosimov Saidjon Rustamjonovich |
assistent |
|
18 |
Muxammedziyanov Aleksandr |
assistent |
|
19 |
Maxmudov Nasimbek Odilbekovich |
assistent |
|
20 |
Tursunova Dilnoza Raufjonovna |
assistent |
|
O’QUV - USLUBIY ISHLAR
Kafedra professor-o’qituvchilaridan Raxmonov Baxodir Qo’shaqovich 2020 yilda falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek, professor-o’qituvchilar xalqaro va mahalliy konferentsiyalarda o’zlarining tezis va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra prfessor-o’qituvchilari kafedra yo’nalishlarshga oid darsliklar, monografiyalar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqola va tezislar ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Xususan, 2020-2021 o’quv yilida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta o’quv qo’llanma va qator ilmiy maqola va tezislar chop ettirilmoqda.
ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSION FAOLIYAT
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tgan davrlarda Respublika va viloyat davlat dasturlari asosida qurilishi rejalashtirilayotgan ob’ektlar loyihalari ustida Farg’ona viloyat Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda:
- Viloyat tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qayta qurish bo’yicha maketlarini yasash;
- “Farg’ona CITY” mavzesini ko’rgazmali maketlarini yasash;
- Qo’qon va Farg’ona sanoat zonalarini loyiha takliflari va maketlarini yasash;
- Farg’ona politexnika instituti hududini mukammal qurilish-tahmirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish hamda bosh rejasini ishlab chiqish;
- Farg’ona shahar va tumanlari asosiy ko’chalarini arxitekturaviy loyiha takliflarini berib borish;
Bino va inshootlarni barbo etish bo’yicha loyiha-taklifi hamda landshaft dizaynerlik va konstruktorlik maslahat berib borish orqali xo’jalik shartnomalarini bajarish kabi ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat olib bormoqdalar.
O’QUV - USLUBIY ISHLAR
Kafedra prfessor-o’qituvchilari kafedra yo’nalishlarshga oid darsliklar, monografiyalar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqola va tezislar ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Xususan, keyingi yillarda kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv qo’llanma va qator ilmiy maqola va tezislar chop ettirildi.
Kafedraga biriktirilgan “Marg’ilon qurilish kolleji”, “Qirguli sanoat qurilish kolleji” hamda “Qo’qon qurilish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejlari bilan xamkorlik rejasiga asosan o’quv-uslubiy ta’minot, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy ma’rifiy masalalarda amaliy yordam berib borilmoqda. Kollejlarda mahorat darslari, ochiq darslar o’tkazib boriladi. “Kafedra kunlari” doirasida madaniy, ma’rifiy tadbirlar va kafedra professor – o’qituvchilari bilan kollej talabalari o’rtasida uchrashuvlar tashkillanmoqda.
ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSION FAOLIYAT
Kafedra professor-o’qituvchilaridan ikki nafari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar. Shuningdek, professor-o’qituvchilar xalqaro va mahalliy konferentsiyalarda o’zlarining tezis va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tgan davrlarda Respublika va viloyat davlat dasturlari asosida qurilishi rejalashtirilayotgan ob’ektlar loyihalari ustida Farg’ona viloyat Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda:
- Viloyat tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qayta qurish bo’yicha maketlarini yasash;
- “Farg’ona CITY” mavzesini ko’rgazmali maketlarini yasash;
- Qo’qon va Farg’ona sanoat zonalarini loyiha takliflari va maketlarini yasash;
- Farg’ona politexnika instituti hududini mukammal qurilish-tahmirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish hamda bosh rejasini ishlab chiqish;
- Farg’ona shahar va tumanlari asosiy ko’chalarini arxitekturaviy loyiha takliflarini berib borish;
- Bino va inshootlarni barbo etish bo’yicha loyiha-taklifi hamda landshaft dizaynerlik va konstruktorlik maslahat berib borish orqali xo’jalik shartnomalarini bajarish kabi ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat olib bormoqdalar.
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN TAYYORLANGAN ILMIY TADQIQOT VA XO’JALIK SHARTNOMALARI ISHLARIDAN NAMUNALAR
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar
“Arxitektura” kafedrasining professor – o’qituvchilari va talabalari institut rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan barcha jamoat ishlari va ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra qoshida "Yosh loyihachi", “Asl soxibqiron” va “Maketlash” kabi to’garaklar tashkil etilgan. To’garaklarda kafedra professor-o’qituvchilari mashg’ulot olib boradilar. Kafedraning iqtidorli talabalari pandemiya davrida Farg’ona politexnika instituti institutda respublika va xalqaro miqyosida tashkil etilayotgan turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritmoqdalar.
Tadbirlarda talaba-yoshlar irodasining mustahkamligi, ona vatanga muhabbat ruhini hamda ishonchini yuksaltirish, yurtimiz kelajagi uchun barchamiz astoydil mehnat qilishimiz zarurligi to’g’risida davra suhbatlari olib borilmoqda.
02.12.2021 kuni institut Madaniyat saroyida Arxitektura va qurilish materiallari fakulteti dekani R.Tojiyev fakultetning 2-bosqich talabalari uchrashdi. Uchrashuvda talabalar oldida turgan vazifalar, muammolar atroflicha muhokama qilinib talabalar tomonidan berilgan savollar va takliflar ko‘rib chiqildi. Uchrashuvlar grafik asosida davom etadi.
Arxitektura vaqurilish materiallari fakulteti "Arxitektura" kafedrasi o‘qituvchisi Exsonov Dilshodjon Raxmonovich "Dunyo talantlari uyushmasi" tomonidan "Uzdik talant, mohir ist'edod egasi" nomli medal bilan taqdirlandilar. Ushbu medalni fakultet dekani R. Tojiyev tantanali tarzda topshirdilar. Ustozga kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz.