Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi



Kafedra mudiri

Oripov Jasurbek Ikromjon o'g'li

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)
Telefon: +998 94 3093933

 

“Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi” kafedra tarixi

       1976-yilda «Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlab beruvchi yagona mutaxassisligi kafedrasi hisoblangan.“Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlar” mutaxassisligi birinchi qaldirg‘ochlar muhandis – mexaniklar 1977-yilda bitirib chiqishgan. Kafedrada laboratoriyalar, kabinetlar va geleopoligon maydoni kafedrani birinchi mudiri dots. P.R.Fayziev boshchiligida tashkil etilgan.

         1976-2012 yillar ichida kafedraning yosh o‘qituvchilari Sh.Yuldashev, S.F.Ergashev, T.M.Fozilov, E.Sharofiddinov, A.Jabborov, A.A.Nuridinov, Yu.Q.Ergashevlar Moskva texnologiya, Kaunas politexnika va Toshkent to‘qimachilik institutlarida maqsadli aspiranturalarda o‘qib, texnika fanlari nomzodlik darajalarini olishgan.

Kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan 1976-yildan 2012-yilga qadar “Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari”, 1994-yildan 1999-yilga qadar “To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha jami 1097 ta oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlangan. 2003-yilda esa “Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash”, Kasb ta'limi (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi) yo‘nalishlari tashkil etilgan.

1999-2000 o‘quv yilidan bakalavriatga o‘tish munosabati bilan “Metallar texnologiyasi” kafedrasi “To‘qimachilik va yengil sanoat mashina va apparatlari” kafedrasi bilan birlashtirilib “Mashinalarni ta’mirlash va materiallar texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan.

Kafedrani  1976-1990 yilgacha dots. P.R.Fayziev, 1990-1993 yilgacha dots. Sh.Quldashev, 1993-2001 yilgacha dots. X.M.Axmadjonov, 2001-2002 yilgacha dots. A.E.Sotvoldiev, 2002-2008 yillar davomida t.f.n., dotsent Yu.Ergashev, 2008 – yilda kat.o‘qit.t.f.n. A.G‘.Abduraxmonov, 2009-yilda kat.o‘qit. R.Qodirov, 2009-2018 yillar davomida katta o‘qituvchi M.Turdiyev, 2018-2021 – yillar davomida  t.f.d. professor G.N.Valiyev, 2021-2022 yillarda t.f.f.d. PhD V.Xomidov kafedraga rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida  t.f.f.d. PhD I.J.Oripov faoliyat olib bormoqda.

Hozirda kafedra “Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi” nomi bilan yuritilmoqda hamda bakalavriat, magistratura va doktorantura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda.

BAKALAVRIAT

  • 60721200-Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi    (tikuv buyumlari texnologiyasi )
  • 60721200-Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi   (charm buyumlarida innovatsion texnologiyalari)
  • 60721200-Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj) 

MAGISTRATURA

  • 70721204- Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash

Doktorantura

  • 05.06.02 –To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish

Tikuv buyumlarini materialshunosligi

Amaliy antropologiya asoslari

Kostyum kopmpozitsiyasi

Tikuv buyumlarini konstruksiyalash

Tikuv buymlarini loyihalashning avtomatlashgan tizimi

Charm buyumlari texnologiyasi

Tikuv buyumlarini konstruksiyalash

Tikuv buyumlari texnologiyasi

Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jihozlar

Badiy bezash    

Noto‘qima materiallar

Dizayn

Metrologiya, standartlash va sertifikatlashtirish asoslari

Charm buyumlari konstruksiyalash

To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jihozlari

Kiyim tuzilishi dizayni asoslari

Tikuv buyumlarini konstruksiyalash (Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish)

Yangi texnika texnologiyalar

Charm, mo‘yna kimyoviy texnologiyasi va jarayonlari

Kostyum kreativ grafikasi

Texnologik jarayonlarni loyihalash

Moda o‘tmish va xozirgi kun

Tikuvchilik sanoat jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Yengil sanoat jixozlariga texnik xizmat ko‘rsatish)

Tadqiqot uslub vositalari

Kostyum tarixi

Yo‘nalishga kirish

Magistratura:

Tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash

Konstruksion materiallar texnologiyasi

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Halqa hosil qilish jarayonlari nazariy asoslari

Ilmiy-tadqiqotning nazariy asoslari

Tikuv buyumlarini kompyuterda loyihalash yoki materialshunoslik va sifat nazorati

Tikuv buyumlarini loyihalashning nazariy asoslari

Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari

Materiallarni konfektsiyalash

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ish

Ilmiy seminar

KAFEDRADA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

Oripov Jasurbek Ikromjon o‘g‘li -

Kafedra  mudiri

Valiyev Gulam Nabidjanovich -

Kafedra  professori

Xomidov Voxidjon Obidovich -

Kafedra dotsent

Turdiyev Maxmudjon -

Katta o‘qituvchi

Ulug‘boboyeva Mavjuda Maripjonovna -

Katta o‘qituvchi

Mirboboyeva Gulxayo Abdusattorovna -

Katta o‘qituvchi

Yakubov Nosir Jurayevich -

Katta o‘qituvchi

Tursunova Xilolaxon Shuxratjon qizi -

Assisent

Tursumatova Shahlo Samiyevna -

Assisent

Raxmonova Maloxat Mirkomilovna -

Assisent

Abdullayev Maxmud Mamadjanovich -

Assisent

Xoshimova Maftuna Xoshimjon qizi -

Assisent

Xalilova Dildora Jaxongirovna -

Assisent

Mamatqulova Saida Raxmatovna -

Assisent

Obidova Iroda Nozimjonovna -

Assisent

Yusupova Dilfuza Ubaydulloyevna -

Assisent

Berdiyeva Ra’no Abduqodirovna -

Assisent

Isroilova Navro‘za Baxtiyorjon qizi -

Assisent

Abduraximova Manzura Sodikovna -

Assisent

Abdullayeva Zulayxo Olimjon qizi -

Assisent

G‘ofurov Akmal Ilyosjon o‘g‘li  -

Assisent

Xomidov Abdumajid Abdurashid o‘g‘li -

Assisent

Mo‘minov Bekzod Baxodir o‘g‘li -

Assisent

img

KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI O‘RINDOSH PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR:

  • Xoliqov Qurbonali Madaminovich t.f.d., professor
  • Nabidjonova Nargiza  Nasimjonovna- texnika fanlari doktori
  • Muxammadrasulov Shamsiddin Xasanovich-katta o‘qituvchi Pdh
  • Xomidjonov Abror Olimjon o‘g‘li-katta o‘qituvchi Pdh

Ishchi xodimlar

  • Rizayeva Feruza  Azimjon qizi-laboratoriya mudiri
  • Madaminova Mastura Abduvasiyevna- laborant

YST fakulteti Ilmiy mavzusi

1. Qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va yengil sanoatda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar

Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi qoshidagi ilmiy maktab mavzusi

1. Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar

Valiyev Gulam Nabidjanovichning ilmiy maktabi

Ilmiy maktab mavzusi: Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar

Fargʻona politexnika instituti “Yengil sanoat va toʻqimachilik” fakulteti “Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi” kafedrasi qoshidagi “Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar” ilmiy maktab faoliyati haqida ma’lumot

1.  Ilmiy maktab rahbari: Valiyev Gulam Nabidjanovich, tugʻilgan yili – 1959-yilda tugʻilgan, texnika fanlari doktori (2019-yil, Toshkent), katta ilmiy hodim (2012-yil). 2002 - 2020-yillarda bir qancha ilmiy-texnik va innovatsiya loyihalarida ilmiy rahbar va mas’ul ijrochi sifatida ishtirok etgan. 2021 - 2023-yillarda rahbarligida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan 4-ta texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari tayyorlanib himoya qilingan, shogirdlaridan (Xomidov V.O., Tuychiyev I.I., Oripov J.I., Turdiyev M.). 2 ta monografiya va 300 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shulardan 200 dan ortigʻi Oʻzbekiston Respublikasi, Italiya, Turkiya, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston va Rossiya davlatlarining turli  ilmiy toʻplamlari va ilmiy-texnik nashrlarida chop etilgan, ihtirolar va foydali modellar uchun 46 patent va mualliflik guvohnomalari olgan. Ilmiy sohasi - toʻqimachilik oʻramalarini shakllantirish jarayoni nazariyasi; toʻqimachilik materiallari texnikasi va texnologiyasi; matolar assortimenti; toʻqimachilik xom ashyosidan oqilona foydalanish muammolari. Ihtirochilik boʻyicha oʻtkazilgan Respublika tanlovida “Chuvishga yaroqsiz boʻlgan pillalarni qayta ishlash uchun dastgoh”ga 2011-yili “Eng yaxshi foydali model uchun” nominatsiyasi boʻyicha va “Kalava iplarni bobinaga qayta oʻrash mashinasi”ga 2012-yili “Eng yaxshi ixtiro uchun” nominatsiyasi boʻyicha sovrinli oʻrinlar olingan va diplomlar bilan taqdirlangan.

2.  Ilmiy maktabning ilmiy yoʻnalishi nomi: Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar.

3.  Ilmiy maktabning tarkibi: t.f.d., k.i.h. Valiyev G.N., 4 ta (PhD) doktorlari (Xomidov V.O., Tuychiyev I.I., Oripov J.I., Turdiyev M.), 2 ta mustaqil izlanuvchilar (Yakubov N.J., Abdullayev M.M.) va 1 ta doktorant (Dadajonova M.Q).

4.  Ilmiy maktabda Ilmiy seminar, Ixtisoslashgan kengash tashkil qilinganligi, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash: FarPI Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Toʻqimachilik va Yengil sanoat texnologiyalari” Ilmiy seminari haftaning shanba kunlari soat 8-00 doimiy faoliyat yuritadi. Ilmiy maktab rahbari Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy Kengashi a’zosi, OʻzR  OAK Rayosatining 2023-yil 05-maydagi 337/3-sonli qaroriga asosan Namangan muxandislik-texnologiya instituti huzurida tashkil etilgan 05.06.02- Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligidan texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Т.66.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi. Oxirgi 5-yilda Ilmiy maktab a’zolaridan  4 ta PhD fan doktorlari himoya qilishgan.

5.  Ilmiy maktabning institut,  respublika va xorijiy mamlakat olimlari  bilan aloqalari, ilmiy maktabning respublika va xorijiy olimlar tomonidan tan olinganligi: Institutning  tadbiqiy mexanika, oliy matematika, fizika, tabiiy tolalar, texnologik mashinalar va jixozlar, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, chizma geometriya va muxandislik grafikasi, intellektual muxandislik tizimlari va boshqa kafedra olimlari bilan muntazam ilmiy fikrlar almashib turiladi. Respublikamizning TTESI, TDTU, TATU, And MI, Nam MTI, Buxoro MTI, Jizzax PI va Oʻz FA ning Mexanika instituti, “Paxta sanoat ilmiy markazi” AJ, Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti (professorlar Alimova X.A., Daminov A.D., Alimbayev E.Sh., Jumaniyazov Q.J., Gulamov A.E., Djurayev A.D., Mardonov B.M., Ergashov M., Mukimov M.M., Tashpulatov S.Sh., Nigmatova F.U., Axunbabayev O.A., Axmedov J.A., Aripdjanova D.U., Siddikov P.S., Kadirova D.N., Nabiyeva I.A., Muradov R.M., Xoliqov Q.M., Ergashev J.S., Sarimsakov O.Sh., Nabidjanova N.N., Umarov Sh.R., Nasirillayev B.U., Tashkuziyev M.M.), Rossiya (professorlar Plexanov A.F., Kareva T.Yu., Rudovskiy P.N.), Ozorbayjon (professorlar Veliyev F.A., Shukyurlu Yu.G.), Tojikiston (professor Ishmatov A.B.),  Qozogʻiston, Qirgʻiziston  olimlari bilan hamkorlik mavjud.

6.  Ilmiy maktabning samaradorligi: ilmiy  maqolalari, oʻquv qoʻllanma va  monografiyalari, ilmiy-texnik loyihalari,  ilmiy konferensiyalari: Scopus, Web оf Sciense, RINS va boshqa nufuzli bazalarda 20 dan ortiq maqolalar chop etilgan, 2 oʻquv qoʻllanma va 5 monografiyalar yaratilgan, ixtirolar va foydali modellar uchun 46 patent va mualliflik guvohnomalari olingan. 2016-2020-yillarda 4 ta ilmiy-texnik va innovatsiya loyihalari bajarilgan. 2023  yil  26-27-aprel kunlari «Toʻqimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muommolar yechimi (TOʻQIMACHILIK VA YENGIL SANOAT – 2023)» mavzusida 1 ta Xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilgan. 

7.  Ilmiy maktabning  nufuzli jaxon ma’lumotlar bazalaridagi iqtiboslik indeksi yoki Xirsh indeksi:  G.N.Valiyev - iqtiboslik indeksi 309, h-indeks 12, i10-indeks 14.

Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining         Mahalliy grantlarga loyihalari to‘g‘risida

MA’LUMOT

Loyiha rahbari, gurux a’zolari

Loyiha rahbarining ish joyi va lavozimi

Loyiha tanlovi va loyiha nomi

1

Valiyev G.N.

Xomidov V.O.

Toshpulatov I.A.

Turdiyev M.

Oripov J.I.

Abdullayev M.

Yakubov N.

Valiyev N.

Dadajonova M.

Nizomova B.

Raxmonova M.

Xalilova D.

FarPI,

YESBT kafedrasi, professor

Ilmiy texnikaviy loyixa

 

“Tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar va ularni ishlab chiqarish takomillashtirilgan resurstejamkor texnologiyasini yaratish”.

 

2

Valiyev G.N.

Abdullayev M.

Xomidov V.O.

Toshpulatov I.A.

Turdiyev M.

Oripov J.I.

Yakubov N.

Valiyev N.

Dadajonova M.

Nizomova B.

Raxmonova M.

Xalilova D.

FarPI,

YESBT kafedrasi, professor

Innovatsion loyixa

 

“Yangi raqobatbardosh sochiqbop to‘qimalar turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalarini joriy etish”.

3

Xomidov .V. O

Yakubov N.

Valiyev G.N.

Turdiyev M.

Oripov J.I.

Mirboboyeva G.

Ulug‘boboyeva M.

Dadajonova M.

Tursumatova SH.

Nizomova B.

FarPI,

YESBT kafedrasi, dotsent (PhD)

Innovatsion loyixa

 

«Pillani qayta ishlashdan xosil bo‘lgan tashlandiq suvdan bog‘lovchi sifatida foydalanib ko‘mir briketini ishlab chiqarish»

4

Oripov J.I

FarPI,

YESBT kafedrasi, kafedra mudiri (PhD)

Amaliy loyiha

 

Mahalliy xomashyolar aralashmasidan ko‘ylakbop to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish

5

Ulug‘boboyeva M.

Тursunova   X.

Хoshimova M.

Berdieva R.

Ismoilova N.

FarPI,

YESBT kafedrasi,

Katta o‘qituvchi

 

 

Maxalliy loyiha

Paxta tolali gazlamalardan tikuv buyumlarining yangi assortimentlarini yaratish va texnologik  jarayonlarini ishlab chiqish

6

Mirboboyeva G

Valiyev G.N.

Abduraximova M

Tursumatova Sh

Raxmonova M

Yusupova D.

Xalilova D.

FarPI,

YSBT kafedrasi, professor

Ilmiy texnikaviy loyixa

 

“Milliy kiyimlarni tadqiq qilish asosida yangi zamonaviy kiyimlarni takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish”.

 

KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN XO‘JALIK SHARTNOMALARI RO‘YXATI:

  •  “Ayollar kordiganini yangi zamonaviy dizayni yaratish’, “Ayollar ko‘ylagi uchun oqim parametrlarini aniqlash”, “Maxsus kiyimlarni konstruktiv modellashtirish”, “THE BEST TECHNO” oilaviy korxonasi “Zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi kadrlarni tayyorlash”, THE BEST TECHNO” oilaviy korxonasi “Ishqalanishga chidamli  quruvchi ishchilar qo‘lqopini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish”, “Mahalliy xom ashyolar aralashmasidan ko‘ylakbop to‘qima ishlab chiqarish”, “THE BEST TECHNO” oilaviy korxonasi “Katta yoshli ayollar ko‘ylagini zamonaviy uslublarini loyixalash”, № 120-22 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida malakali mutaxasisslar tayyorlash, ularni korxonada faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish”, № 01-23 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida malakali mutaxasisslar tayyorlash, ularni korxonada faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish”, № 8-23 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida malakali mutaxasisslar tayyorlash, ularni korxonada faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish” mavzulari bo‘yicha

KAFEDRANING ILMIY-USLUBIY ISHLARI:

  • Mirboboyeva.G.A “Badiy kompazitsiya asoslari” o‘quv qo‘llanma  Farg‘ona–2019. 230 bet
  • Abdullayev, Maxmudjon Mamadjanovich, “Charm buyumlarni konstruksiyalash” fanidan o‘quv qo‘llanma Farg‘ona - 2023. 170 bet.
  • G.A. Mirboboyeva. “Dizayn asoslari” darslik. Farg‘ona–2023. 257 bet.
  • J.I.Oripov, N.B.Maqsudov, M.Turdiyev, D.U.Yusupova, X.Sh.Tursunova., “Yuqori elastik trikotaj matolari tahlili asosida yangi assortimentdagi kompression sport buyumlarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” Monografiya/ Farg‘ona-2023
  • M.Ulug‘boboyeva, Sh. Maqsudov, D. Xalilova, Sh.Tursumatova, M.Rahmonova., “Maxsus kiyimlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqi” Monografiya/ Farg‘ona-2023
  • O.A.Axunbabayev, G.N.Valiev, Sh.X.Muhammadrasulov, J.I.Oripov, N.J.Yakubov, D.Yuldasheva., “Xom ipak ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyasini yaratish” Monografiya/ Farg‘ona-2023

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP ETILGAN MAQOLALARI RO‘YHATI:

  • Valiyev.G.N. Распределение давления крестовой намотки на её основание по мере формирования паковки // Международная научная конференция посвященная 135-летию со дня рождения профессора A.G.Zokirova: сборник научных трудов международной научной конференции посвященной 135-летию со дня рождения профессора В. Е. Севостьянова (Москва, 25 мая 2022 г.). Часть 1. – М.: РГУ им. Косыгина, 2022. – 171 с., с. 63-68.
  • Bobojonov X.T., Oripov J.I., Valiyev G.N. Изучение деформационных свойств нитей натурального шелка оптическим прибором // Международная научная конференция посвященная 135-летию со дня рождения профессора A.G.Zokirova: сборник научных трудов международной научной конференции посвященной 135-летию со дня рождения профессора В. Е. Севостьянова (Москва, 25 мая 2022 г.). Часть 1. – М.: РГУ им. Косыгина, 2022. – 171 с., с. 47-51.
  • Yakubov N.J “Analysis of studies on the issue of improving the technology of double torsion” European Journal of Emerging Technology and Discoveries ISSN (E): 2938-3617 Volume 1, Issue 3, June, 2023
  • Yakubov N.J “Theoretical Justification for Improving the Design of Special Clothing in Order to Optimize Its Design” Genius Journals Publishing Group, In volume 21 of Eurasian Research Bulletin of June 2023
  • Yakubov N.J, Tojiboyeva G.J “Yuqori quvvatli asinxron elektr dvigatelini ishga tushirishda rotoriga qo‘shimcha tezlanish berish moslamasi” To‘qimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muammolar yechimi (to‘qimachilik va yengil sanoat) – FarPI 2023
  • Xomidov V.O, Yakubov N.J  “Pillani qayta ishlashdan hosil bo‘lgan seritsin eritmali chiqindi suvdan ko‘mir briket olishda foydalanish” To‘qimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muammolar yechimi (to‘qimachilik va yengil sanoat) – FarPI 2023
  • Tursumatova Sh “Research on the Production of Special Clothing for Car Repair Workers, Taking into Account Human Ergonomic Characteristics” Assistant of the Department of Light Industry Technology, Fergana Polytechnic Institute, Fergana, Uzbekistan
  • Tursumatova Sh “Sanoat kiyimlari kolleksiyalarini yaratish xususiyatlari” Farg‘ona Politexnika Instituti O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va
    19-son ilmiy tadqiqotlar jurnali 20.05.2023
  • TX Sh, BB Nizamova, SR Mamatqulova “Analysis Of The Range Of Modern Women's Coats” The American Journal of Engineering and Technology 3 (09), 18-23
  • NQ Qaxxorovich, YN Juraevich, OI Nozimjonovna, NB Baxtiyorovna “The Perspective Directions For The Development Of Sericulture” The American Journal of Engineering and Technology 3 (09), 24-27
  • NB Baxtiyorovna “Development of Structures of Double Patterned Weaves With Elements of Press Loops With A Geometric Pattern” Eurasian Research Bulletin 14, 175-181
  • Nazarova M, Kayumov J, Tursunova Khilola “Development Of Heating Coats In Uzbekistan On The Basis Of Analysis Of The Technologies Of Local Wool Fibers Processing In Small Enterprises” PTLICISIWS-2022 (SCOPUS)
  • Nabidjanova N.N, Tursunova X. “Paltobop gazlamalar xossalari tahlillari asosida ayollar paltosining yangi dizaynini ishlab chiqish” To‘qimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muammolar yechimi (to‘qimachilik va yengil sanoat) – FarPI 2023
  • Nozimjonovna, O. I. (2022). Constructive analysis of modern circular needle knitting machines. American Journal of Applied Science and Technology2(06), 75-79.
  • Nozimjonovna, O. I., Madaminovich, K. K., Umarjanovna, R. S., & Maqsud o‘g, E. M. M. (2022). Analysis of physicomechanical parameters of new patterned knitted fabrics obtained on knitting machines with two circular needles. International Journal of Advance Scientific Research2(09), 1-9.
  • Qaxxorovich, N. Q., Juraevich, Y. N., Nozimjonovna, O. I., & Baxtiyorovna, N. B. (2021). The Perspective Directions For The Development Of Sericulture. The American Journal of Engineering and Technology3(09), 24-27.
  • Uralov, L., Obidova, I., Nizamova, B., Kholiqov, K., Ohunov, R., & Mamatova, X. (2023, June). Analysis of the effect of technological parameters of physical and mechanical indicators of two-layer knitted fabrics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.
  • Nozimjonovna, O. I., & Xusanboyevna, I. D. (2022). Zamonaviy trikotaj to‘qimalarining hozirgi kundagi ahamiyati. Новости образования: исследование в XXI веке1(4), 577-580.
  • Metallurgiya ishchi hodimlari uchun kiyim assortimentlar tahlili Maqsudov Nabijon Baxodirovich, Yakubov Nosirjon Jurayevich, Yusupova Dilfuza Ubaydulloyevna
  •  Yusupova, D. U., & qizi Isroilova, N. Z. B. (2022). “Coreldraw” dasturida katta yoshli ayollar paltosini eskiz modelini avtomatlashtirilgan loyihasini ishlab chiqish tadbiqi. Results of National Scientific Research International Journal1(7), 158-163.
  • Yusupova, D., & Butayeva, N. (2022). Katta yoshdagi ayollar uchun kiyim assortimentiga iste’molchilarning extiyojlarini o ‘rganish. Science and innovation1(A7), 496-500.
  • Abduraximova, M. (2022). Notipaviy qomatli ayollarga mos tushuvchi kiyim turini aniqlash. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования1(18), 41-45.
  • Sadiqovna, A. M. (2022). Determining the Type of Clothing Suitable for Women With An Non Typical Figure. Texas Journal of Engineering and Technology10, 22-26.
  • Maxmudjon, T., & Abdurakhimova, M. (2022). The methods of welding details of sewing items from thermoplastic materials. International Journal of Advance Scientific Research2(12), 125-132.
  • Sodiqovna, A. M. (2022). Notipaviy qomatli ayollarga reglan bichimli yeng turlarini avfzalligi. PEDAGOGS jurnali13(1), 130-133.
  • Sodiqovna, A. M., & Abduqodirovna, B. R. N. (2022). Notipaviy qomatli ayyollarning o‘lchamlari va tana turlarining farqlanishi. Science and innovation1(A3), 284-288.

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALRI VA ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIKLAR:

  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
  • Namangan muxandislik-texnologiyalari instituti
  • Buxoro muxandislik-texnologiyalari instituti
  • O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR:

  • “Muqaddas Mohichehra textil“MCHJ
  • “Narimteks” qo‘shma korxonasi
  • “Bohodir Logon Ferstil” MCHJ
  • “Singapore Marg‘ilon Tex” MCHJ
  • “Quva Textil” MCHJ
  • “Forrest Color” MCHJ
  • “Fergana Uniform Tex”MCHJ
  • “Dilnozaxon Nihollari”   MCHJ
  • “Fergana Oseana” MCHJ
  • “Xumo Rishton Tekstil”   MCHJ
  • “Sherwood Dizayn” MCHJ
  • “Mar Tash Spesodejda”   MCHJ
  • “Xorazm Tex”   MCHJ
  • “Textile Finance Khorezm”
  • “Xo‘Jaobod Omad Yulduzi”   MCHJ
  • “Uniform Partner”   MCHJ

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti