LOYIHANING UMUMIY NATIJALARI



  • Yevropa universitetlari tajribalari asosida quyosh energetikasi muhandislari, shuningdek quyosh energiyasidan foydalanish tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish sohasi mutaxassislari uchun takomillashtirilgan o'quv standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish;
  • Quyosh energetikasi sohasi bakalavr ta’lim yo’nalishlari kurslari uchun o'quv dasturlari va ularni xalqaro standartlar asosida o'qitish uslubiyatini ishlab chiqish;
  • Quyosh energetikasi tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish bo’yicha bakalavrlar tayyorlash o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni xalqaro standartlar asosida o'qitish usulini ishlab chiqish;
  • Quyosh energetikasi sohasiga mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash  o'quv kurslarini tashkil qilish;
  • Yevropa universitetlari tajribasini o'rganish asosida quyosh energetikasi sohasi bo’yicha i va quyosh energetikasi tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish hamda ularni ishlatish bo'yicha o'quv kurslarining o'quv-uslubiy materiallarini tayyorlash;
  • Ishlab chiqilgan o'quv dasturlari, materiallari va usullarini tajriba-sinovdan o'tkazish, moslashtirish va o’quv jarayoniga amaliy qo’llash;
  • Quyosh energetikasi bo'yicha kurslarni amaliy o'zlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik materiallar va zamonaviy ma'lumotnomalar to'plamlarini ishlab chiqish hamda nashr etish;
  • Quyosh energiyasi manbalari bo’yicha energetik mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun yaratilgan laboratoriya asosida o'quv markazini tashkil etish va  o'quv markazning muntazam ravishda samarali faoliyatini ta’minlash;
  • O'quv kurslari va dasturlarida ishtirok etish uchun ayollar, ishsizlar hamda ijtimoiy nochor qatlam vakillarini jalb qilish.

Loyihaning kutilayotgan asosiy natijalari:

  • Qayta tiklanadigan energiya manbalari (quyosh energetikasi tizimlari) bo'yicha bakalavrlar uchun 3 ECTSga mos keluvchi o'quv dasturlarini shakllantirish;
  • Hamkor OTMlarning energetika soxasi bakalavr yo’nalishlarining mavjud o’quv dasturlari yangilanadi;
  • Bakalavr dasturidagi 12 ta yangi kurslari uchun o’quv-uslubiy materiallar ishlab chiqiladi (72 ECTSga mos keluvchi);
  • O'quv-uslubiy materiallari, amaliy hamda laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha qo’llanma va ko'rsatmalarni (shu jumladan video materiallar) joylashtirish uchun veb-platforma ishlab chiqiladi;
  • Quyosh energetikasi tizimida qo’llashga mo’ljallangan uskunalar va avtonom elektr ta'minoti qurilmalari bilan jihozlangan innovatsion laboratoriya xonasi yaratish va ishga tushirish;
  • Quyosh energetikasining turli qurilmalarini yaratish, ishlab chiqish va amalliyotga joriy etishga asoslangan hamda loyihalar bajarishga yo'naltirilgan talabalar va mutaxassislarning hamkorlik markazini faoliyatini tashkil etish;
  • Qayta tiklanadigan energiya mandali elektr ta'minoti tizimlari mutaxassislari jamiyati tusish, shu jumladan energetika sohasi professor-o'qituvchilari va bitiruvchilari hamjamiyatini tashkil etish;
  • Quyosh energetikasi va ushbu sohaga oid o'quv jarayonlari bo'yicha xar yili ilmiy - amaliy konferentsiya, anjumanlar, semenetlar treninglar tashkil etish, tajriba-amaliyot materiallarini ochiq nashrda chop etish.

Milliy tadqqot universitetida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasini amalga oshirish Yevropa universitetlari professor o’qituvchilari va tashkilotlari xodimlari - hamkorlarning ijobiy tajribasini hisobga olgan hamda qo'llab-quvvatlangan holda O'zbekiston Respublikasining kelajak avlodlari uchun uzluksiz, sifatli, arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya bilan ta'minlash borasidagi ulkan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Shu bilan birga, Loyixa mamlakatning quyosh energetikasi tizimlari professor-o’qituvchilari, mutaxassis-muhandislarini Yevropa ko’rsatrkichlari darajasida tayyorlash uchun oliy ta'limning sezilarli rivojlanishiga yordam beradi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti