LOYIHA HAQIDA MA'LUMOT



Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida “Oliy ta’lim potentsialini oshirish” yo’nalishida 2023-yilda o’tkazilgan xalqaro tanlovda milliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda taqdim etilgan “101128871-DEBSEUz-ERASMUS-EDU-2023-CBHE. Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan” (O’zbekistonda Quyosh energetikasi bo’yicha bakalavrlar uchun maqsadli o’quv dasturini ishlab chiqish) mavzusidagi loyiha g’olib deb topildi.

Loyihaning asosiy maqsadi: O’zbekistonda “Quyosh energetikasi” yo’nalishida bakalavrlar va mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlash bo’yicha innovatsion o’quv reja hamda dasturlar ishlab chiqishdan iborat.

Loyiha nomi: O’zbekistonda Quyosh energetikasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar uchun maqsadli o’quv dasturlarini ishlab chiqish.

Loyiha akronimi: DEBSEUz

Loyiha sayti: https://debseuz.showcase.uz/en/

Loyiha davomiyligi: 01-11-2023 dan 31-10-2026 gacha

Grant holder: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (O’zbekiston)

Ushbu loyiha orqali Yevropa universitetlari tajribasini e’tiborga olgan holda bakalavr yo’nalishi talabalari uchun 12 ta yangi fan dasturlari yaratiladi va O’zbekistondagi 7 ta OTMlarining har birida innovatsion laboratoriyalar tashkil etiladi. Shuningdek, har yili o’quv-ilmiy konferensiyalar o’tkaziladi hamda 69 nafar professor-o’qituvchi va mutaxassislar Yevropaning hamkor universitetlarda malaka oshiradilar.

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti