KAFEDRA TARIXI
Kafedra o’zining faoliyatini "Chet tili va rus tili" nomi bilan 1967-yilda boshlagan. 1967-1969 yillarda Toshkent davlat chet tillari instituti va Farg'ona davlat pedagogik institutini imtiyozli tugatgan bitiruvchilari kafedraga yo'llanma bilan ishga qabul qilinganlar.
Kafedra institutdagi mavjud barcha yo’nalishdagi kafedralarga amaliy ingliz tili va nemis tillarni o’rgatish bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi kafedra hisoblanib, u O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarori hamda PQ-2909-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimin yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosidagi kafedra „yo’l xaritasida“ belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o’tishini yo’lga qo‘yish, instituti bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish hamda ulaning jahon tillarini o’rganishlarida va xalqaro darajalardagi sertifikatlarga ega bo‘lish ishlarida yaqindan yordam berish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Kafedraga 1967-1972 yillarda katta o’qituvchi M. Jalilov, 1972-1982 yillarda katta o’qituvchi A.Agzamov, 1982-1990 yillarda katta o’qituvchi R Qosimova, 1990-1992 yillarda katta o’qituvch i A.Normatov rahbarlik qilgan. 1992-1995 yillarda Sh. Alimova , 1995-1998 yillarda katta o’qituvchi S. Ikromov, 1998-yildan 2013-yilgacha kafedrani ingliz tili katta o'qituvchisi A.Z.Abduvaliyeva kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borganlar, 2014-2015 o'quv yili davomida "Tillarni o'rgatish" kafedrasi assistenti O.Muminov kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatdi. 2015-2018 yillarda esa kafedrani rus tili va adabiyoti fani assistenti U.Nishonov boshqardi. 2018 yil sentyabridan boshlab nemis tili fani katta o’qituvchisi tajribali pedagog G.G’.Burxonova boshqarib kelmoqda.
Kafedrada quyidagi fanlar o’qitiladi:
Bakalavriat:
- Ingliz tili - audio darslik ko'chirib olish
- Amaliy ingliz tili
- Nemis tili
Magistratura
- Ingliz va nemis tillari
Kafedrada quyidagi professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda:
№ |
FISH |
Ish joyi va lavozimi (asosiy shtatdagilar) |
Imzo |
1. |
Nishonov Usmonxon Ibragimovich |
Kafedra mudiri |
|
2. |
Abduqodirov Umidjon Nazirovich |
Katta o'qituvchi |
|
3. |
Tursunova Farida G'aniyevna |
v.v.b.dotsent, katta o'qituvchi |
|
4. |
Zokirova Zulfiya Tursunovna |
Katta o'qituvchi |
|
5. |
Parpiyeva Maxsuda Maxmudjonovna |
Katta o'qituvchi |
|
6. |
Umarova Dilmura Zokirovna |
Katta o'qituvchi |
|
7. |
Atajanova Barno To'lkinovna |
Katta o'qituvchi |
|
8. |
Xolmatova Dilorom Abdusamiyevna |
Katta o'qituvchi |
|
9. |
Nazaraliyeva Matlyuba Anorjonovna |
Katta o'qituvchi |
|
10. |
Galiakberova Albina Renatovna |
Katta o'qituvchi |
|
11. |
Nigmatulina Almira Shamsunovna |
Katta o'qituvchi |
|
12. |
Xamidova Sayyora Nurmatovna |
Katta o'qituvchi |
|
13. |
Xodjayeva Go'zal Djaxonobodxonovna |
Katta o'qituvchi |
|
14. |
Kuchqarova Muhabbat Yigitaliyevna |
Assistent |
|
15. |
Allaberdiyeva Gulshoda Baxtiyarovna |
Assistent |
|
16. |
Qaxxorova Gulxumor Sulaymonjon qizi |
Assistent |
|
17. |
Urinboyeva Umriniso Sharabidinovna |
Assistent |
|
18. |
Xamdamova Sevaraxon Oybek qizi |
Assistent |
|
19. |
Xo'janazarova Gulbaxor G'ofurjonovna |
Assistent |
|
20. |
Basharova Gulmira Galimyanovna |
Assistent |
|
21. |
Madumarova Muxayyo Djurayevna |
Assistent |
|
22. |
Isroilova Sanobar Mamedjanovna |
Assistent |
|
23. |
Raxmatova Odina Qodirjonovna |
Assistent |
|
24. |
Abdullayeva Mavjuda Xabibullayevna |
Assistent |
|
25. |
Tojiboyeva Mohinur |
Assistent |
|
26. |
Madaminova Sofiyanur |
Assistent |
|
27. |
Abduraxmonova Feruza |
Assistent |
|
28. |
G'ofurova Sayyora Ortiqovna |
Assistent |
|
29. |
Zulaypoyeva Gulmira Ubaydulloyevna |
Assistent |
|
Kafedra jamoasi o’z oldiga bilimli, raqobatbardosh, chet tillarni ham yaxshi o’zlashtirgan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan boxabar bo’lgan yetuk injenerlarni tayyorlashni hamda kafedrada o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yuksak darajaga ko’tarishni asosiy vazifalar etib belgilagan.
KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR), XO'JALIK SHARTNOMALARI RO’YXATI
- Kafedra instituti tomonidan belgilanayotgan xo’jalik shartnomalari rejalarini bajarib kelmoqda
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI INSTITUT REYTING KO’RSATKICHLARINI OSHISHIGA O’Z XISSALARINI QO’SHISH MAQSADIDA 2019-2020 O`QUV YILIDA QUYIDAGI NATIJALARGA ERISHDI:
- Xalqaro ko’rsatkichlarga ko’ra kafedra o’qituvchilarining nashrlarga iqtiboslari 244 ta bo’ldi;
- Xalqaro ilmiy jurnallarda (“Web of Science”, “Scopus” bazasiga va OAK ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar 56 tani, Xalqaro ilmiy konferensiyalardagi tezislar 8tani tashkil etdi;
- Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar (OAK) 24 tani tashkil etib, respublika xalqaro anjumanlari va konferensiyalardagi maqolalar 48 tani tashkil etdi.
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma`lumotlar bazalari uchun olingan guvoxnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar 10 tani tashkil etdi.
- Kafedra ingliz tili o’qituvchilari N.Akramova, Sh.Oxunova, A.R.Galiakberova, A.Sh.Nigmatullinalar tomonidan jami 5 ta monografiyalar chop etildi.
- Xorijiy (hamkorlikdagi) loyihalar, xorijiy konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etish 4 tani tashkil etadi.
- Xorijiy hamkor universitetlar bilan mutaxassislik fanlari bo’yicha Yaponiya Nagoya Iqtisodiyot universiteti professori Umida Ashurova, J.A.C.A.L Prezidenti Katerine Tornton hamda Saudiya Arabistoni Al-Said Universiteti professori Reyma-Al-Jarf bilan hamkorlikda vebinar o’tkazildi.
- Respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda o’qituvchilarning maqolalari bilan ishtirok etishi 35 taga yetdi.
- Kafedrada 1nafar o’qituvchi tayanch doktorantura, 2nafari ilmiy-tadqiqotchilik, 8 nafari esa mustaqil izlanuvchilik asosida o’z ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
- Kafedra ingliz tili o`qituvchisi M.Nazaralieva va talaba Alijonov Sirojiddin tomonidan “My brain is a natural language learning machine” ingliz tilini o`rganuvchi barcha yoshdagi fuqarolar uchun audio darsligi chop etish uchn institute ilmiy kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra o`qituvchilari ingliz, nemis tillaridagi o`quv materiallari tarjimalari bilanham shug`ullanib kelmoqdalar. Jumladan A.Azamov, R.Tojiev, I.To`xtarovlar tomonidan “Dono” nashriyotida chop etilgan “Ahmad Farg`oniy” (Shixobiddin Abul Abbos Axmad Ibn Muhammad Ibn Kasir Al-Farg`oniy) hayoti va ijodiga bag`ishlangan kitob kafedra o`qituvchilari G.Burxonova va G,Allaberdievalar tomonidan ingliz tiliga tarjima qilindi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiyalar tanloviga ham kafedraning yosh mutaxassislari ishtirok etmoqdalar. Jumladan Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizi 25.11.2019-21.12.2019 yil davomida Germaniya Federativ Respublikasining Myunxen shahridagi “Tillar va tarjimonlar” institutida malaka oshirish kursida tahsil olib qaytdi
Xorijiy hamkor universitetlar bilan mutaxassislik fanlari bo’yicha Yaponiya Nagoya Iqtisodiyot universiteti professori Umida Ashurova, J.A.C.A.L Prezidenti Katerine Tornton hamda Saudiya Arabistoni Al-Said Universiteti professori Reyma-Al-Jarf bilan hamkorlikda vebinar o’tkazildi.
“Tillarni o’rgatish” kafedrasi institutning ma’naviy-ma’rifiy va talaba yoshlar o’rtasida milliy qadriyatlarga sadoqat hamda ahloqiy tarbiya berish borasida talabalar turar joyida ham o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
“Tillarni o’rgatish” kafedrasi O’zbekiston respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” g’oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun –mohiyati, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangi bosqichlarini targ’ib etish maqsadida mahalla va maktablar bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Bu borada institut otaliqqa olgan maktablarning bitiruvchi o’quvchilarini oily ta’limga tayyorlash bo’yicha til o’rgatish kurslari maktab va OTM o’rtasidagi hamkorlikdan dalolat beradi.