Yangi o‘zbekistonda ekologik barqaror tizim joriy etiladi



 

              Yangi O‘zbekistonda insonlarning erkin va farovon yashashlari, qudratli davlat barpo etish bo‘yicha xalqning xohish-irodasini inobatga olib, uni ro‘yobga chiqarish, jamiyatning har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Kelajak avlodni sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratib berilmoqda. Yosh avlodga shu kabi sharoitlarni yaratish uchun hukumatimiz tomonidan ko‘plab normative xujjatlar ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoni bilan O‘zbekistonni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi shular jumlasidandir. Mazkur strategiyada bir qancha ustuvor maqsadlar va 5 ta asosiy vazifa belgilangan bo‘lib, ulardan biri suv resurslarini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishdir.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ustuvor sohalardan biridir.

 Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlar respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir etuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, o‘rmonlar maydonini kengaytirishga qaratilgan “Yashil Makon” milliy loyihasini kengaytirish, Orol bo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirining oldini olish, biologik xilma-xillikning barqaror saqlanishini ta’minlash, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmati sifatini yaxshilash hamda havo ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni nazarda tutadi.

Jahonda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmati sifatini yaxshilash hamda havo ifloslanishining oldini olish ishlari davlat tomonidan e’tibor qaratiladigan muhim sohalardan biridir. Maishiy qattiq chiqindilarning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu eskirgan yaroqsiz transport shinalaridir. Dunyo bo‘yicha eskirgan avtoshinalar zaxirasi har yili kamida 7 million tonnaga ko‘payib, umumiy hisobda 25 milliondan 40 million tonnagacha chiqindi sifatida chiqarilmoqda. Chiqindi avtoshinalarning atiga 23 foizi qayta ishlanib, ulardan energiya olish uchun yoqilg‘i, transportlar va pyechlar uchun yoqilg‘i, yo‘llarni qoplash uchun granula shakldagi ryezinalar olinadi. Qolgan 77% shinalar tejamkor va samarali usullar yo‘qligi sababli qayta ishlanmayda va ular chiqindi poligonlariga tashlanadi. Chiqindi poligonlariga tashlangan yoki yerga ko‘milgan shinalar tabiiy sharoitda kamida 100 yil davomida parchalanadi. Chiqindi shinalar yomg‘ir va er osti suvlari ta’sirida bir qator toksik organik birikmalarni: difyenilamin, dibutil ftalat, fyenantryen kabi moddalarni hosil qiladi. Bu zararli moddalar tuproq va er osti suvlari tarkibiga qo‘shiladi. Shinalar yoqilganda esa ko‘plab zaharli birikmalar hosil bo‘ladi. Masalan, 1 tonna chiqindi shinasini yoqilganda antrasyen, ftoryentan, piryenni kabi birikmalarni o‘z ichiga olgan 270 kg qurum va 450 kg har xil gazlar ajralib chiqadi va bular ichida  bifyenil va byenzopiryen eng kuchli kansyerogyen moddalar qatoriga kiradi.

Evropa shinalarni qayta ishlovchilar assosiasiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Evropa Ittifoqi ishlatilgan shinalarni atmosferada va poligonda yoqishni taqiqlashga qaror qilgan. So‘nggi o‘ttiz yil ichida avtomobil sanoati rivojlanib, avtomobillar ishlab chiqarish syezilarli darajada o‘sdi, bu esa chiqindi poligonlariga ko‘p miqdordagi chiqindi shinalarning paydo bo‘lishiga olib kyeldi. Chiqindi shinalarning yo‘q qilishning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlarni dolzarbligi shundaki, atrof-muhitning toksik chiqindilar bilan ifloslanishining oldi olinadi va qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Tabiiy enyergiya manbalari hisoblangan nyeft va gaz zaxiralari cheklanganligi, bugungi kunda zamonaviy iqtisodiyot va enyergyetikadagi bir qator muammolarni hal etadigan yuqori molyekulali chiqindilarini qayta ishlashning yangi innovasoin usullarni ishlab chiqish ilm fan oldidagi vazifalardan biri hisoblanadi.

Ko‘plab sanoati rivojlangan mamlakatlarda, chiqindi poligonlarining o‘sishi tufayli, har yili juda ko‘p eskirgan avtomobil shinalari chiqindi poligonlarida va avtomobil korxonalari hududida to‘planadi. Bugungi kundagi qayta ishlashning mavjud usullari ularni yo‘q qilish muammosini to‘liq hal eta olmaydi, chunki shinalarning katta qismi hanuzgacha qattiq chiqindi poligonlari saqlanmoqda yoki turli maqsadlarda yoqib yuborilmoqda.

Maishiy chiqindilarni yo‘q qilish muammosi bugungi kunda butun dunyoda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Chunki, yuqori molyekulali birikmalardan foydalanib bo‘lingandan so‘ng ularni o‘z-o‘zidan yo‘q qilish imkoni yo‘q.

So‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarning aksariyati ishlatilgan avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha yangi texnologiyalarni takomillashtirish va yaratish, shuningdek, ishlab chiqilgan jarayonlarning alohida bosqichlari ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan izlanishlar olib borilmoqda. Yaroqsiz avtoshinalarni qayta ishlab ikkilamchi qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan, iqtisodiy, ekologik va tyexnologik samarali tyexnologiyalarni yaratish dolzab muammo bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimi infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha kyeng ko‘lamli ishlar olib borildi. Bu bo‘yicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan bir qancha normativ huquqiy-xujjatlari, uzoq yillarga mo‘ljallangan stratyegiyalar  ishlab chiqilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ham aynan shu sohada yangi davr yaratadi. Ushbu stratyegiya atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha hozirda amalda bo‘lgan huquqiy-hujjatlarni to‘ldiribgina qolmay, sohaga yangi vazifalar va istiqbolliy loyihalar yaratadi.

Bugungi kunda ushbu “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona politexnika instituti olimlari, izlanuvchilar, magistlar va doktorantlari tomonidan  qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlab, ekologiyaga zararini kamaytirish, ularni tashish va saqlash, utilizasiya qilish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Farg‘ona politexnika instituti jamoasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy loyihalar natijasida, qattiq maishiy chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatish va ulardan mahsulot olish, qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lishining oldini olish, qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lishining o‘sish sur’atlarini sekinlashtirish va ularning xavfli hususiyatlarini kamaytirish, qattiq maishiy chiqindilardan takroriy foydalanishga erishiladi. Bundan tashqari qattiq maishiy chiqindilardan olingan xom ashyo, enyergiya va materiallardan takroriy foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ilmiy izlanishlar asosida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va utilizasiya qilish,  qattiq maishiy chiqindilarga dastlabki ishlov byergandan so‘ng, ular tarkibidagi foydali moddalardan tovar mahsulotlarini ishlab chiqarishda ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Shuningdek, olimlar jamoasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilardan enyergiya manbai sifatida  foydalanish, elyektr va issiqlik enyergiyasini ishlab chiqarish maqsadida muqobil yoqilg‘i sifatida, maishiy maqsadlarda foydalanish uchun hosil bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilardan biogaz va sintyez-gazlarni ajratib olib amalda issiqxonalarda foydalanish kabi ilmiy asoslangan loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.

Gʻulomqodir MIRZAQULOV,

Farg‘ona politexnika instituti Kimyo texnoligiya fakulteti dekani.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti