Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi



 

Kafedra mudiri

Kaxorov Erkinjon Maxmudjonovich

Ilmiy darajasi: t.f.f.d. (PhD)

Qabul vaqti: Seshanba 13:00 dan 16:00 gacha

                     Payshanba 13:00 dan 16:00 gacha

Telefon: +998 97 210 5678

E-mail: erkinjon.kaxarov@ferpi.uz

 

 

 

Xodimlar.

1

Domuladjonov Ibroximjon Xadjimuxamedov

Dotsent

2

Mamirov Ilxom G‘ofurovich

Dotsent

3

Mamadaliyeva Sadoqat Valijonovna

Dotsent

4

Teshaboyev Abduvahob Marifovich

Dotsent

5

Sodiqov Usmonali Xudoyberganovich

I/D katta o‘qituvchi

6

Sobirov Anvarjon Odilovich

Katta o‘qituvchi

7

Mirzayeva Gulchexra Sotvaldiyevna

Katta o‘qituvchi

8

Jumaboyev Alisher Gofurovich

Katta o‘qituvchi

9

Abdug‘aniyev Nazirjon Nabijonovich

Katta o‘qituvchi

10

Qurbonova Umida Saetbekovna

Katta o‘qituvchi

11

Saydaliyev Burxon Yakubovich

Katta o‘qituvchi

12

Jalilov Lutfiyor Sotvoldiyevich

Katta o‘qituvchi

13

Maxmudov Sodir Yusufaliyevich

Katta o‘qituvchi

14

Xolmirzayev Yusufali Maxamadsaidovich

Assistent

15

Domuladjonova Shaxlo Ibragimovna

Assistent

16

Xasanov Azamat Sobirjonovich

Assistent

17

Saydaliyev Otabek To‘rabek o‘g‘li

Assistent

Ichki o'rindosh

18

Mirzaqulov G‘ulomqodir Raxmatullayevich

Dotsent

19

Umarova Maftuna Mashrabjon qizi

Assistent

20

Aminjonov Alisher Adhamjanovich

Assistent

Tashqi o'rindosh

21

Xakimov Farrux Shokirjonovich

I/D katta o‘qituvchi

22

Jo‘rayev Nizomiddin

Assistent

23

Teshayev Murodil

Assistent

Kafedra haqida.

«Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi 2022 yil «Kimyoviy texnologiya» va «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedralari negizida tashkil qilindi.

«Neft va neft-gazni qayta ishlash  texnologiyasi» kafedrasiga 2022 yildan boshlab birinchi kafedra mudiri sifatida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mirzaqulov G‘ulomqodir Raxmatulloevich kafedra mudir etib tayinlangan. 2023 yildan hozirgi vaqtgacha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  Kaxorov Erkinjon Maxmudjonovich kafedra mudir sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

«Neft va neft-gazni qayta ishlash  texnologiyasi» kafedrasi bugungi kunga qadar Neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalari uchun sifatli kadrlar tayyorlab kelmoqda.  O‘zbekistonda neft va gazni qayta ishlash, kimyo sanoatlari rivojlanib borishi bois kafedrada “Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi kunda kafedra Respublikaning kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalariga hamda ilmiy-tadqiqot institutlari uchun mutaxassislar tayyorlab bermoqda. 

Farg‘ona vodiysida yagona bo‘lgan «Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha institutga ilk bor qabul 2016 yili amalga oshirilgan. 2020 yili shu mutaxassislik bo‘yicha birinchi 16 nafar muxandis-texnolog tayyorlangan. Bugungi kunga kelib kafedrada tahsil olgan 100 dan ortiq mutaxassislar respublikamizning yirik ishlab chiqarish korxonalarida hamda Rossiya Federatsiyasining nufuzli kompaniya va zavodlarida faoliyat yuritmoqdalar.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari Respublikaning Neft-gaz kimyo sanoatlari korxonalaridagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, kimyo sanoati chiqindilari va oraliq mahsulotlari hamda mahalliy xom-ashyolar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va oqilona foydalanish, sanoat texnologiyalarini takomillashtirishga hamda chiqindisiz texnologiyalarini samarali rivojlantirishga, atrof muhitga tashlanadigan chiqindilarni xavfsiz utilizatsiya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Qisqa muddat ichida kafedra yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan kadrlar tayyorlab berish va o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etdi. Jumladan 2023 yilda Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.R.Salomov va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ direktori X.X.Latipovlar o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Talabalarining texnologik, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish, neft va gaz sohasi bo‘yicha bilimlarini mukammal o‘rganishlari uchun 5+1 va 4+2 ta’lim modellarni qo‘llagan holda korxonadagi ishlab chiqarish zamonaviy qurilmalari bilan tanishtirish uchun “FNQIZ” MChJ, “BNQIZ” MChJ,,  “UZBEKISTAN GTL” MChJ,  “Farg‘ona neft mahsulotlari” MChJ, “Vodiygaz ta’minot” UK va uning filiallarida dars mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlar, ilmiy seminar-treninglar, ekskursiyalar tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida kafedrada faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garak qatnashchilarining kuchi bilan 10 dan ortik laboratoriya qurilmalari yaratilib, o‘quv jarayoniga tadbik etildi.

Bugungi kunda «Neft va neft-gazni qayta ishlash  texnologiyasi» kafedrasi yosh kafedra bo‘lishiga qaramay o‘quv-ilmiy faoliyatda yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Bizning maqsadimiz.

O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi xalqaro miqyosda tan olingan, neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi va gazlarni chuqur qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va shu sohaga  yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot markaziga aylanishdir.

Bizning vazifamiz.

Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo'shish.

Yo'nalishlar.

Bakalavr:

60721000 Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi

60721100 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

61020200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar boʻyicha)

Magistratura:

70721102 Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti