Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi



Kafedra mudiri

Asqarov Hasanboy Xoldorovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)
Telefon: +998 90 2770960

 

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi кafedra tarixi 

Kafedra 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab “Yog‘ va moylar texnologiyasi” nomi berilgan. Tashkil topgan davrdan 2004-yilga qadar kafedrani professor S.Egamberdiyev boshqarib kelgan. Ushbu davrda “Yog‘ va moylar texnologiyasi”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yestishtirish, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha muhandis-texnologlar yetishtirib chiqargan.

2001-yildan boshlab kafedra “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yestishtirish, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnologlar tayyorlashga iqtisoslashdi.

Kafedrani dotsent A.Xasanov (2004-2006yy.), dotsent X.M.Shodmonov (2006-2007yy.), dotsent O.N.Sulaymonov (2008-2011yy.), professor O.O.Ibragimov (2011-2012yy.) dotsent M.A.Mirzayeva (2013-2017yy.), dotsent Sh.I.Mamatojiyev (2018-2019yy.) dotsent Q.A.Davronov (2020-2021yy.),  boshqarganlar. 2021-yildan xozirgi kunga qadar kafedra mudiri sifatida dotsent H.X.Asqarov faoliyat olib bormoqda.

Shu davrda ularning rahbarligi ostida o‘quv va ilmiy tadqiqotlarni olib borish laboratoriyalari rivojlandi va yangi jihozlar bilan to‘ldirildi. Hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalar bilan aloqalar o‘rnatildi, yirik ishlab chiqarish korxonalarida “O‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi” va “Farg‘onadonmaxsulotlari” AJ qoshida kafedra filiali tashkil etildi. Bu davr ichida o‘quv jarayonini takomillashtirish va fanlardan uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar tayyorlash bo‘yicha ko‘zga tashlanadigan ishlar olib borilgan, mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassalari hamda mashxur olimlari bilan aloqalar olib borilgan.

Hozirda Turkiya Qishloq xo‘jaligida organik dexqonchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi, Qozog‘iston Milliy agrar universiteti, Qozog‘iston Respublikasining M.Auyezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti, Osh texnologiyalar universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Saken Seyfulin nomidagi Qozoq agrotexnik universiteti, Qozog‘iston respublikasi Oziq-ovqat sanoati ilmiy tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlik aloqalari doimiy olib borilmoqda.

Jumladan t.f.d. akademik Tultabayeva Tamara, t.f.d., prof. Mamayeva Laura, t.f.d., prof. A, t.f.d. Buralxiyev Batirxan, t.f.d., prof, Sakiyeva Zaure va dotsentlar Irmatova J.K, Israilova G.S va boshqalarni keltirish mumkin.

Kafedraning ko‘p sonli professor-o‘qituvchilarining o‘quv, ilmiy, pedagogik jarayonidagi ko‘p yillik mehnatlari O‘zbekiston Respublikasi ko‘krak nishon belgisi, faxriy yorliqlar, hamda bilan taqdirlanganlar.

Ma’lum davr ichida kafedrada ishlagan professor S.Egamberdiyev, dotsentlar U.Tojiboyev, M.Mirzayeva, X.Shodmonov, Sh.Mamatojiyev, A.Xasanov, hamda o‘qituvchilar Ch.Qoratoyeva, M.Axunova, Y.Axunova va boshqalar o‘z hissalarini sidqidildan qo‘shib ishlab kelishgan.

Kafedra tashkil etilishidan shu kunga qadar zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazani takomillashtirishga katta e’tibor berildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini  saqlash va dastlabki ishlash bo‘yicha o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari  tashkil etildi.

Hozirgi kunda kafedrada bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 34 ta fandan, magistrlik mutaxassisligi bo‘yicha 12 ta fandan darslar olib borilmoqda. Barcha fanlardan o‘zbek va ingliz tillarida o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Kafedraning professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan 100 dan ortiq darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanma hamda virtual laboratoriya stendlari tayyorlangan.

Kafedrada ishlab chiqarishning texnik va texnologik muammolarini yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori saviyadagi mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Modernizatsiyalashtirish, texnik va texnologik yangilash, raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan dolzarb loyihalarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasining bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi va chet el davlatlaridagi ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ularning orasidan 10 dan ortiq fan doktorlari va qishloq xo‘jalik fanlari hamda texnika fanlari nomzodlari yetishib chiqqan.

Talabalarni kafedrani izlanishlariga jalb etish va ilmiy ishlarni olib borishda ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida “Ona yer saxovati” to‘garagi tashkil etilgan. To‘garakka yo‘nalishning faol talabalari jalb etilgan. Ular kafedra professor-o‘qituvchilarining rahbarligi ostida ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadilar, fanlarni chuqurroq o‘rganish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish bilan bir qatorda talaba yoshlarning ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bu to‘garakda 30 dan ortiq iqtidorli talabalar qatnashib kelmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra 250 dan ortiq maqolalar va ma’ruza tezislari chop etilgan. 20 tadan ortiq mualliflik guvohnomasi va O‘zbekiston Repsublikasi patentlari olingan.

2023-yilda kafedra dotsenti R.M.Nazirova texnika fanlari doktorlik (DsC) va kafedra katta o‘qituvchisi N.B.Usmonov qishloq xo‘jalik falari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Hozirda kafedra “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” nomi bilan yuritilmoqda hamda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda.

Bakalavriat

60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

60720400 - Konservalash texnologiyasi

Magistratura

70811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (Dala ekinlari mahsulotlari bo‘yicha)

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat:

Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi

Mutaxassislikka kirish

Biologiya (konservalash texnologiyasi yo‘nalishi)

Ixtisoslikka kirish (konservalash texnologiyasi yo‘nalishi)

O‘simlikshunoslik

O‘simliklar fiziologiyasi

Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi

Agrobiotexnologiya

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari biokimyosi

Mevachilik va sabzavotchilik

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari 1

Tuproqshunoslik va agrokimyo

Qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tovar ishlov berish

Sut va go‘sht mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Baliq va parranda mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Dehqonchilik va melioratsiya

Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi

Omuxta yem ishlab chiqarish texnologiyasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash

Dala ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

Meva va sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini sensorik baholash

Sharob tayyorlash texnologiyasi

Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari biokimyosi

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari  va xom-ashyolarini texnik kimyoviy nazorat qilish

Magistratura:

Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashda ilmiy tadqiqot uslublari

Qishloq xo‘jalik ekinlari fiziologiyasi va biokimyosi

Meva-sabzavot mahsulotlariga ishlov berishning ilmiy asoslari

Dala ekinlari mahsulotlarini dastlabki ishlashning nazariy asoslari*

Dala ekinlari fiziologiyasi va biokimyosi

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning nazariy asoslari

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishning nazariy asoslari

Dala ekinlari mahsulotlarini saqlashning nazariy asoslari

Dala ekinlari mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va ilmiy asoslari

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini texnik kimyoviy nazorat qilish

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI:

  • Asqarov Hasaboy Xoldorovich- kafedra mudiri, q.x.f.f.d (PhD)., dotsent
  • Ibragimov Odiljon Olimjonovich -q.x.f d., professor
  • Nazirova Raxamoxon Muxtorovna  – t.f.d (DcS)., dotsent
  • Sulaymonov Omonjo Nomojonovich –q.x.f.n., dotsent
  • Usmoov Nodirjon Botiraliyevich  – ilmiy darajali katta o‘qituvchi (PhD)
  • Umarqulova Barchinoy Nematova – katta o‘qituvchi
  • Abdukarimova Dinara uritdinovna – katta o‘qituvchi
  • Yigitaliyev Dilmurod To‘lqinjon o‘g‘li – katta o‘qituvchi
  • Mirzaikromov Mirzabobur Alisher o‘g‘li– assistent
  • To‘xtashev Farruxjon Esonali  o‘g‘li– assistent
  • Marufjonov Abduraxmon Mo‘sinjon o‘g‘li – assistent
  • To‘rakeldiyev Javlonbek Ravshanjo o‘g‘li  – assistent
  • Tursunova Faridaxon Ulug‘bek qizi – assistant
  •  

INNOVATSION G‘OYALAR VA ISHLANMALAR BORASIDA

BAJARILAYOTGAN ISHLAR

1.Ibragimov Odiljon Olimjonovich, Asqarov Xasanboy Xoldorovich, “Chigitli paxtadan yirik iflosliklarni tozalash uskunasida arrasimon barabandan paxtani ajratib oluvchi cho‘tkali baraban asosiy ko‘rsatkichlarini hisobi” № DGU 96748

2.Sulaymonov Omonjon Numonovich.Paxta tozalosh zavodini bir yilda qancha maxsulot ishlab chiqarish moqdorini aniqlash № DGU 23145

3.Usmonov Nodirjon Botiraliyevich. Tuproq tarkibidagi gigroskopik namlik miqdorini aniqlash № DGU 23148

4.Abdukarimova Dinara Nuritdinovna Tuproq namligini o‘lchash № DGU 19894

5.Umarqulova Barchinoy Nematovna Paxta va tayyor maxsulotlarni saqlash va uchun omborlar maydonlar xisobi № DGU 23146

7.Yigitaliev Dilmurod To‘lqinjon o‘g‘li.O‘rta sho‘rlangan tuproqlar sharoitida soya navlarini takroriy ekish me’yorlarining don xosili xamda sifatiga ta’sirini aniqlash № DGU 21333

 

KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN XO‘JALIK SHARTNOMALARI RO‘YXATI:

“Meva sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlash jarayonlari bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiyalar berish”, “Tuproq unumdorligini oshirishning samarali usullarini joriy etish”, “Ekinlarni sug‘orish usullari va texnikasi”, “Yerlarning sho‘rlanishi va botqoqlanishi, ularning oldini olish va qarshi kurash tadbirlari”, “Sizot suvlar satxini nazorat qilish”, “2023- yil paxta xosili uchun kuzgi shudgor ishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish”, “O‘simliklarni zararkuranda va kasalliklardan ximoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berish”, “2023- yil paxta xosili uchun kuzgi shudgor ishlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish”, “O‘simliklarni zararkuranda va kasalliklardan ximoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berish”, “Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimlari” mavzulari bo‘yicha xo‘jalik shartnomalar amalga oshirilgan

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN CHOP ETILGAN SCOPUS”, “SCIENCE DIRECT” VA “WEB OF SCIENCE” BAZALARIDA ILMIY MAQOLALAR, MONOGRAFIYALAR, O‘QUV QO‘LLANMA VA DARSLIKLAR RO‘YHATI:

  1. Madaminjon Ubaydullayev, Hasanboy Asqarov, Raxnamoxon Nazirova, Omonjon Sulaymonov, Nodirjon Usmonov, Dinara Abdukarimova. (2024). Research of the scientific basis of leaf surface formation indicators in medium fiber cotton varieties. E3S Web Conf. Volume 538, 2024. XVI International Scientific-Practical Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and Agroecology” (IPFA 2024). 04010. page 5. DOI https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453804010
  2. Zokhidjon Abdulkhaev, Shairakhon Abdujalilova, Mavlonbek Usmonov, Khasanboy Askarov, Raxnamoxon Nazirova. (2024). Determination of the useful working coefficient (UWC) of the heating system. BIO Web Conf. Volume 84, 2024. International Scientific and Practical Conference “Development and Modern Problems of Aquaculture” (AQUACULTURE 2023). 05040, page 6. DOI https://doi.org/10.1051/bioconf/20248405040
  3. E. Yagyaeva, M. Turobova, R. Nazirova, Y. Daminova, N. Merganova, N. Oripova. "A Layout of Bridging Learning Process to fill the Gaps Through AI to make the Technical Education for Better Access," 2024 4th International Conference on Advance Computing and Innovative Technologies in Engineering (ICACITE), Greater Noida, India, 2024, pp. 612-616, https://doi.org/10.1109/ICACITE60783.2024.10617424
  4. Muboshir Ikramov, Bakhtiyor Zakirov, Rakhnamokhon Nazirova. Innovative fully soluble NPK gel fertilizers based on biopolymers with controlled release of nutrients. E3S Web of Conf. Volume 462, 2023. International Scientific Conference “Fundamental and Applied Scientific Research in the Development of Agriculture in the Far East” (AFE-2023). 01030. page 7. DOI https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346201030
  5. Madaminjon Ubaydullayev, Nodirjon Usmonov, Mirzabobur Mirzaikromov, Farrux To'xtashev, Barchinoy Umarqulova, Nodirbek Ergashev. Scientific analysis of the morphological state of cotton varieties in the experiment before defoliation. E3S Web Conf. Volume 538, 2024. XVI International Scientific-Practical Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and Agroecology” (IPFA 2024). 04012. page(s) 5. DOI https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453804012
  6. SAMIYEVICH, A. A., & BOTIRALIYEVICH, U. N. (2020). Effectiveness of co-planting crops in sandy soils. Plant cell biotechnology and molecular biology, 21(65-66), 1–9. Retrieved from https://ikprress.org/index.php/PCBMB/article/view/5688
  7. Abakumov, E.; Yuldashev, G.; Mirzayev, U.; Isagaliev, M.; Sotiboldieva, G.; Makhramhujaev, S.; Mamajonov, I.; Azimov, Z.; Sulaymonov, O.; Askarov, K.; et al. The Current State of Irrigated Soils in the Central Fergana Desert under the Effect of Anthropogenic Factors. Geosciences 2023, 13, 90. https://doi.org/10.3390/geosciences13030090
  8. Khasanboy Askarov, Omonjon Sulaymonov, Ghaybullo Mamajonov, Dilmurod Yigitaliyev, Mizabobur Mirzaikromov and Abdurakhmon Marufjonov. BIO Web Conf. Volume 84, 2024. International Scientific and Practical Conference “Development and Modern Problems of Aquaculture” (AQUACULTURE 2023). 01042. page 13. DOI https://doi.org/10.1051/bioconf/20248401042
  9. Dinara Abdukarimova, Sherzod Eminov, Khurshid Polvonov, Navruzbek Mirzaev, Dilnoza Masobirova, Farkhodjon Ibragimov. E3S Web of Conf. Volume 525, 2024. IV International Conference on Geotechnology, Mining and Rational Use of Natural Resources (GEOTECH-2024). 02018. Page 4. DOI https://doi.org/10.1051/e3sconf/202452502018
  10. Shokhistakhon Yuldasheva, Normurot Fayzullaev, Shokhida Khamdamova, Rakhnamokhon Nazirova, Ergashev Dilmurod, HassabAlla M.A. Mahmoud, Maadh Fawzi Nassar, Enhanced tetracycline degradation in pharmaceutical wastewater via S-scheme photocatalysis using graphydine quantum dots/Janus MoSSe heterostructures, Journal of Water Process Engineering, Volume 68, 2024, 106470, ISSN 2214-7144, https://doi.org/10.1016/j.jwpe.2024.106470.

KAFEDRANING ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLARI:

  • “Farg‘onadonmahsulotlari” AJ
  • Farg‘ona agroxizmatlar markazi
  •  Fargana-France” QK MCHJ
  • “Ilyasov” MCHJ
  •  “UzTEST” DM Farg‘ona filiali
  • “PSUYAITI” Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasi
  •  Farg‘ona agrokimoviy taxlil markazi
  •  Tomorqa yer uchaskalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti