KAFEDRA MUDIRI
Yusupov Sardorbek Ma’rufovich
KAFEDRA TARIXI
«Intellektual muxandislik tizimlari» kafedrasi 1977 yilda «Avtomatika va hisoblash texnikasi» nomi bilan tashkil etilgan. Bu davrda kafedrada talabalarga o‘qitishning hisoblash texnikasi vositalari asosida ta’lim berish uchun asos yaratildi. 1992-2000 yillarda mazkur «Avtomatika va hisoblash texnikasi» kafedrasi bazasida ikkita kafedra – mutahassis tayyorlovchi «Axborot va axborot texnologiyasi» hamda «Informatika», "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedralari tashkil etildi.
Hozirgi kunda kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 1 nafari texnika fanlari doktori, 1 nafari texnika fanlari nomzodi va 2 nafari texnika fanlari bo’yicha PhD. Kafedrada 2 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent, 1 nafar muxandis va laboratoriya mudiri faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kafedrada institutning bakalavriyat va magistratura ta’lim bosqichlarida jami 15 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
«Intellektual muxandislik tizimlari» kafedrasi institutning “Energetika” fakulteti tasarrufida faoliyat yuritib, institutning barcha bakalavriyat va magistratura mutaxassisliklari uchun sohada axborot texnologiyalari fanlaridan mashg‘ulot olib boruvchi kafedra hisoblanadi.
Kafedra erishgan salmoqli yutuqlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- 2019-2020 yillari 1 ta fan doktorlik (L.K.Mamadaliyeva), 2 ta falsafa doktori - PhD (A.A.Kuchkarov, M.K.Toxirov) dissertatsiyalari himoya qilindi.
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 2-nafar kafedra ilmiy tadqiqotchilari dissertatsiya ximoyasiga tayyorgarlik ko’rmoqdalar;
- 4 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma va 40 ga yaqin uslubiy ko’rsatmalar yaratildi;
- 6 ta o’quv laboratoriyasi va Smart sinfi tashkil etildi;
- Iqtidorli talabalar respublika fan olimpiadasida muntazam ravishda faxrli o’rinlarni egallashdi va nomdor stipendiya sohiblari bo’lishdi;
- 2019-2020 yillarda kafedra professor o’qituvchilari L.K.Mamadaliyeva, A.A.Kuchkarov, M.K.Toxirov va S.Zokirovlar tomonidan jami 5 ta ixtiro uchun xalqaro mualliflik huquqi guvoxnomalari olindi. Navbatdagi innovatsion loyixalar asosidagi mualliflik ixtirolari ustida qizg’in ishlar olib borilmoqda.
- 2019-2020 yillarda kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 50dan ortiq EXM dasturiy ta’minoti uchun guvoxnomalar olingan.
KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriat:
- Axborot texnologiyalari
- Informatika va axborot texnologiyalari
- Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
- Qurilishda axborot texnologiyalari
- Kimyo injiniringida axborot texnologiyalari
- Oziq-ovqat injiniringi uchun axborot texnologiyalari
- Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
- Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari
- Axborotlarga ishlov berish va algoritmlash
- Dasturlash va algoritmlash asoslari
- Dasturlash tillari asosida texnik ilovalar
- Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish
- Elektron ta'lim texnologiyalari
- Tikuvchilik zamonaviy axborot texnologiyalari
- Kimyoviy injiniringida modellashtirish
Magistratura:
- Ахборот хавфсизлиги
- Elektron kutubxonalar va ulardan foydalanish
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI:
1 | Oxunov Mamatjon | dotsent1 |
2 | Fozilov Ibroximjon | kat.o'q.1 |
3 | Norbo'tayev Ma'sudjon | kat.o'q.1 |
4 | Korolkov Aleksandr | kat.o'q.1 |
5 | Karimov Jasurbek |
assistent1 |
6 | Egamberdiyev Xomidjon | assistent1 |
7 | Olimova Odinaxon | assistent1 |
8 | Ibrohimov Nodirbek | kat.o'q.1 |
9 | Zokirov Sanjarbek | kat.o'q.1 |
10 | To‘xtasinov Azamatjon | assistent1 |
11 | Xalilov Ziyodbek | assistent1 |
12 | Xayitov Azizbek | assistent1 |
13 | Minamatov Yusufali | assistent1 |
14 | Vaxobov Davronbek | assistent1 |
15 | Qo'chqorova Mavludaxon | kab.mud1 |
16 | Mavlonova Irodaxon | muhandis1 |
17 | Abdullayeva Muxlisaxon | muhandis1 |
18 | Madrahimova Xilolaxon | laborant1 |
19 | Qo'chqorova Mavludaxon | muhandis0,5 |
20 | Mavlonova Irodaxon | muhandis0,5 |
Ichki o'rindoshlar
1 | Mo'minov Shermuhammad | assistant 0,5 |
2 | Sobirov Muslimjon | assistant.0,25 |
3 | Xolmatov Abdurashid | assistant.0,5 |
KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR), XO'JALIK SHARTNOMALARI RO’YXATI
- “Vertebro Clinik Servis” xususiy korxonasining elektron ish xujjatlari aylanish tizimini yaratish. 2018 yil. K.Mamadaliyeva - Loyiha rahbari
- OT-F-3-19 «Energiya o’zgartirishning issiqlik sikllariga asoslangan quyosh energetik qurilmalari uchun yangi tipdagi parabolosilindrik konsentratorlarining modul tizimlarini yaratish bo’yicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish». PhD, A.A Kuchkarov, Ergashev S.F – Loyiha rahbari.
- “Katta toklarni o‘lchovchi mikroelektron qurilmani ishlab chiqish” mavzusida Andijon viloyati “Elektroshok” OAJ bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan.
- “Разработка фототермоэлетрический батареи” mavzusida Andijon viloyati “Elektroshok” OAJ bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan.
KAFEDRANING ILMIY ISHLANMALARINING JORIY ETILISHI
- Mamadalieva L.K. va boshqalar. "Elektroshok" MCHJ. Generator tipidagi fotodetektorni ishlab chiqish. № 8 01.2019 yil. O'zbkiston savdo-sanoat palatasi.
- Mamadalieva L.K. va boshqalar. Quyosh fototermogeneratori 13.09.2018 yil. "UZ KOJE" O'zbekiston Koreya qo'shma korxonalari.
KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI
- A. N. Korolkov, E. M. Yunusaliev «Axborot texnologiyalari» O’quv qo’llanma. "Navro'z" nashriyoti. 2019.
- Mamadaliyeva L.K., Jo'rayev I.A. tomonidan “Elektron qutubhonalar va ulardan foydalanish” nomli o’quv qo’llanma yaratildi. 2020 yil "Navro'z" nashriyoti.
- Mamadaliyeva L.K., Jo'rayev I.A. tomonidan “Axborot xavfsizligi” nomli darslik yaratildi. 2020 yil "Navro'z" nashriyoti.
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP ETILGAN ILMIY ISHLANMALARI VA MAQOLALARI RO’YHATI:
- Mamadalieva Lola Kamiljanovna. Ko'p funktsiyali fototermogeneratorlardan foydalanish istiqbollari. Navro'z nashriyoti 2019. 108b.
- Kuchkarov Akmaljon Ahmadaliyevich. Quyosh nurlanishining chiziqli konsentratsion tizimlari (Energiya maqsadida quyosh kontsentratorlari). Palmarium akademik nashriyoti. 2019.104b.
- Kasimakhunova А.M., Mamadaliyeva L.K. et.all. Photo Thermal Generator of Selective Radiation Structural and Energetic Features. ournal of Applied Mathematics and Physics. 27.06.2019. 1263-1271 p. https://m.scirp.org/papers /93268
- Kuchkarov A. A. et. All. Calculation of Thermal and Exergy Efficiency of Solar Power Units with Linear Radiation Concentrators. Applied Solar Energy 56(1):42-46. DOI: 10.3103/S0003701X20010089
- Зокиров С.И., Мамадалиева Л. К. Automation problems of finding the optimal coordites of a photocell in a selective radiation photothermogenerator // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. http://www.ijarset.com/upload/2019/september/55-phd-2019-56.pdf
- Kuchkarov A.A., Muminov Sh.A., Abdurakhmanov A.A. Combined energy supply for sixty-two heliostats of the Big Solar Furnace, J. Sib. Fed. Univ. Eng. & Technol., 2020, 13(4), 449-454. DOI: 10.17516/1999-494X-0236
- Иброхимов Н.И., Расулов А.М. Clusters Deposition on Surface an Atomic Scale Study by Computer Simulation Method //Journal of Applied Mathematics and Physics. 1.01.2019. 2303-2314
- Kasimakhunova А.M., Naymanboyev R., Тоhirov М.K. New Prospects of Using Elements with Anomalous Photo-Voltage in Optoelectronics // International Congress of the Turkic World on health and natural sciences. April, 2019.333-334 p. http://firstcongress.oshsu.kg/assets/documents/info.pdf
- Kuchkarov A.A. et. all. Modeling and Calculation of Optical-Geometric Characteristics of a Solar Concentrator with Flat Fresnel Mirrors //Applied Solar Energy. 01.05.2018. https://link.springer.com/article/10.3103/S0003701X18030027
- Kuchkarov A.A., Muminov Sh. A., Egamberiyev X.A. Calculation of optimal sizes of reflecting elements of the mosaic concentrator. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume: 5 | Issue: 5 | May 2020. pp. 517-521.
- Kuchkarov A.A., Abdurakmanov A. Kholmatov A. A., Muminov Sh. A. Formation of Focusing Flat Composite Heliostats and Fresnel Mirror Concentrating Systems. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. 2019/11. 11120-11125. SJIF 2019, IF:6.1
- Кучкаров А.А., Муминов Ш.А. Modeling and creation of a flat fresnel linear mirror solar concentrator // Universum: Технические науки : электрон. научн. журн. 2020. № 3(72). URL: http://7universum.com/ru/tech/archive/item/9136
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR
Korxonalar:
- “Vertebro Clinik Servis” xususiy korxonasi
- "Elektroshok" MCHJ
- «FOTON» АJ,
- “Farg’onaazot” OAJ korxonasi
Ilmiy tekshirish institutlari:
- “Fizika Quyosh” IICHB si Fizika-texnika instituti
- Materialshunoslik institute
- Ion-plazma va lazerli texnologiya
- Quyosh Energiyasi Xalqaro Instituti
INNOVATSION G’OYALAR VA TEXNOLOGIYALAR
“Informatika va AT” kafedrasi qoshida “Dasturchi” to’garagi ochilgan bo’lib, u o’z ish faoliyatini 2018 yil 12 oktyabdan boshladi. Mashg’ulotlarda talabalarga xaftaning dushanba va juma kunlari 9-30 dan 11-00 gacha 3-209 auditoriyada kafedra katta o’qituvchisi S.Zokirov dasturlash asoslari bo’yicha bilim beradi. Xozirgi kunda ushbu guruhda ja’mi 18 nafar 1-4 bosqich talabalari mavjud bo’lib, 10 dan ortiq iqtidorli talabalar to’garak va undan tashqari mashg’ulotlarning doimiy ishtirokchilaridir. Jumladan bir nafar guruh a’zosi “Yil talabasi” ko’rik-tanlovi g’olibiva Beruniy stipendiyasi sohibi.
“Dasturchi” to’garagining doimiy a’zolaridan 57-17 gurux talabalari A.Valixonov va S.Aripjonovlar yog’och yuzalarga lazer yordamida kuydirib rasm chizuvchi (kelajakda qirquvchi) lazerli graver tizimning yuqori quvvatli lazer elementini yaratish ustida ish olib borishmoqda.
Ilmiy tadqiqot ishlari
2017-2018 o’quv yilida kafedra tarkibida ilmiy-laboratoriya xonasi tashkillandi. Ushbu auditoriyaga mas’ul shaxs hozirda elektr energetikasi kafedrasi doktoranti (PhD) S.I.Zokirov bo’lib, ushbu xona professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalarning asosiy ish o’rinlaridan biriga aylanib qoldi. Jumladan, bu yerda, haftaning dushanba kunlari elektr energetikasi kafedrasi professori, t.f.d. M.A.Kasimoxunova raxbarligida ilmiy seminar bo’lib o’tadi. Seminar a’zolari texnika fanlari DSc, dots. L.K.Mamadalieva, elektr energetikasi kafedrasi doktorantlari (PhD) S.I.Zokirov, informatika va AT kafedrasi katta o’qituvchisi M.Norbo’tayev va texnika fanlari PhD M.Toxirov, elektr energetikasi kafedrasi assistenti SH.Nazirjonova hamda bir qator magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari quyosh energetikasi bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ishlamoqdalar.
“Elektr energetikasi” kafedrasi professori A.M.Kasimahunova rahbarligida tashkil etilgan ilmiy seminar a’zolari ilmiy-amaliy taqdidot jarayonida.
Kafedra laboratoriya xonalarining ko’rinishi
Kafedra mudiri L.Mamadaliyeva texnika fanlari DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
Kafedra katta o’qituvchisi M.Toxirov texnika fanlari PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
Kafedra katta o’qituvchisi S.Zokirov rahbarligida faoliyat yuritayotgan “Dasturchi” to’garagining az’osi Z.Obidjonov 2020-yil “Yil talabasi” ko’rik tanlovining “Yilning eng ixtirochi-innovator” talabasi nominatsiyasi g’olibi
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 150107, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi, 86 uy
El.pochta: ivaat@inbox.uz