Oziq-ovqatlar texnologiyasi kafedrasi



Kafedra mudiri

Xamrakulov Zohidbek Abdusamadovich

Qabul vaqti: Dushanba-shanba (11:00 - 12:00)

Telefon:+99893 736-00-06

 
 
 

KAFEDRA TARIXI

1993 – yil “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi qoshida “Yog` va moylar texnologiyasi” va “Konservalash texnologiyasi” yo‘nalishlari ochilgan. 1999  yili “Yog` va moylar texnologiyasi”  kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga 1999-2000 yillarda dotsent O.O.Obloyorov, 2000-2001 yillarda professor S.E.Egamberdiyev, 2001-2007 yillarda dotsent U.Raxmatov mudirlik qilgan.

Kafedrada dotsentlardan N.Jabborov, K.To‘ychiyev, M.Xolmatov, O.Obloyorov o`qituvchilardan A.Matkarimov, I.Teshaboyev va D.Mirzayevlar faoliyat yuritgan. Kafedra dotsenti N.Jabborov uzoq yillar mobaynida olib brogan samarali o`quv –tarbiyaviy va ilmiy ishlar faoliyati e’tiborga olinib, “FarPI da xizmat ko‘rsatgan dotsent” va “FarPI da xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan. Kafedra dotsentlari K.To‘ychiyev va M.Xolmatovlar “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar.

2005  yili kafedra “Umumiy kimyo” kafedrasi bilan birlashtirilib, “Oziq-ovqat texnologiyasi” nomi bilan yuritila boshladi.

Kafedraga 2007-2009 yillarda t.f.n. I.G.Mamirov, 2009-2015 yillarda dotsent A.A.Namozov, 2015-2015 yillarda dotsent B.S.Usmanov, 2015-2017 yillarda dotsent D.M.Xoldarov, 2017-2018 yillarda dotsent M.Akbarova, 2018 yil sentyabr oyida “Umumiy kimyo” kaferdasi “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasidan ajralib chiqqandan so‘ng 2015-2015 yillarda kafedraga dotsent B.S.Usmanov mudirlik qilgan.

 2024 yil aprel oyidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasida (DSc) Xamrakulov Zohidbek Abdusamadovich raxbarlik qilib kelmoqda.

BAKALAVRIAT

  • 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi
  • 60720500 – Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

MAGISTRATURA

  • 5A321003 – Oziq-ovqat havfsizligi

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat:

  • Oziq-ovqat kimyosi
  • Gigiyena sanitariya
  • Ovqatlanish fiziologiyasi
  • Oziq-ovqat sanoatining umumiy va mahsus uskunalari
  • Taom tayyorlash texnologiyasi
  • Makaron mahsulotlari texnologiyasi
  • Non mahsulotlari texnologiyasi
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda retseptura va xisob
  • Oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari
  • Konservalash texnologiyasi asoslari
  • Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi
  • Korxona uskuna va jihozlari
  • O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Yog‘lar va moyli xom-ashyolar kimyosi
  • Spirt ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari
  • Oziq-ovqat biotexnologiyasi
  • Oziq-ovqat mikrobiologiyasi
  • Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
  • Go‘sht va sut mahsulotlari texnologiyasi
  • Yog‘-moy mahsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasi
  • O‘simlik va xayvon xom ashyolari asosida bolalar ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Texno-kimyoviy nazorat

 Magistratura:

  • Xavfsizlik talablari va uni nazoratda qo‘llaniladigan fizik-kimyoviy usullar
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish
  • Maxsus fanlarni o‘qitish texnologiyasi
  • Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlari
  • Iste’mol tovarlari xavfsizligi menejmenti
  • Oziq-ovqat sanoatida qayd va xisobot
  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI:

  • Usmanov Botirjon Sotivoldiyevich - texnika fanlari nomzodi, dotsent, kaferda mudiri
  • Xakimov Muqimjon Usmonovich - qishloq  xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent
  • Sattarova Barnoxon Nabiyevna – kimyo fanlari falsafa doktori, dotsent
  • Xamraqulova Muborak Xakimovna – texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
  • Mamatqulov Mamatqul Xamroqulovich – kimyo fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi
  • Kadirova Nafisa Bannobovna – texnika fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi
  • Medatov Rustamjon Xoshimovich – katta o‘qituvchi
  • Ergashev Azizbek Avazxon o‘g‘li – assistent
  • Abrolov Anvarjon Adhamjonovich – assistent
  • Ibragimov Lochinbek Abduraxmonovich – asisstent
  • Qodirov Zufarjon Zafarjon o‘g‘li – assistent
  • Najmitdinova Guljaxon Komiljon qizi – assistent   
  • Umurzaqova Shoxsanam Muzaffarovna – asisstent
  • Buranova Dilfuza Yakubjanovna – asisstent
  • Shodiyev Dilshodjon Abdullojon o‘g‘li – assistent
  • Abdusamatova Dilnoza Dilmurod qizi  – assistent

KAFEDRA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI O‘RINDOSH

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR:

  • Atamuhamedova Ma’suda Raximjanovna– katta o‘qituvchi
  • Toshmatova Namuna Mo‘sinovna– assistent
  • Aliyeva Fariza Abdulaziz qizi – assistent

KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI:

Kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha fanlardan ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy, laboratoriya,  malakaviy amaliyot, kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishlarni bajarish uchun  uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shu kunga qadar 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq monogarafiya, 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan, 5 ta ixtiro uchun patentlar olingan.

2018 yilda  Nurmuhammedov X.S., Usmanov B.S. va boshqalar tomonidan “Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини хисоблаш ва лойиҳалаш”  nomli oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.

Kaferda professor-o‘qituvchilaridan D.Shodiyev “Amarant doni asosida sportchilar uchun oqsilga boy ozuqaviy qo‘shimcha olish texnologiyasini yaratish” Najmitdinova G.K.  “Dorivor o‘simliklardan qandli diabet profilaktikasi uchun shifobaxsh ichimliklar tayyorlash texnologiyasini joriy etish”, Buranova D.Y.  “Noananaviy o‘simliklardan bioyoqilg‘i olish texnologiyasini takomillashtirsh”, Abrolov A.A. “Don maxsulotlarining ozuqaviy va funksional xususiyatlariga fizik va biologik jaryonlar ta'irini o‘rganish” mavzusida ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING MUALLIFLIK GUVOHNOMASI VA PATENTI:

  • Nurmuxammedov X.C, Abdullayev A.Sh, Usmanov B.S va boshqalar, “Topinambur tugunagini tozalsh usuli” № IAP 05594 raqamli patent, 25.05.2018 yil.

KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR), XO‘JALIK SHARTNOMALARI RO‘YXATI

Muxamedov M., Mamatqulov M. va kafedra a’zolari “Tajriba va fermer xo‘jaliklari sharoitida baliqlarni ko‘paytirish,yetishtirish va qayta ishlashning modifikatsiyalangan intensiv uslublarin ishlab chiqish” loyixa ustida ish olib bormoqdalar.

Usmanov B.S., Mamatqulov M.X “Tabiiy xolatdagi meva va sabzavot sharbatini olish uchun SHQM-18 qurilmasining xarakatdagi namunasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyixa ustida ish olib bormoqdalar.

KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI

Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi assistenti D.Shodiyev fakultet yosh olimlarini laboratoriya sharoitidan ishlab chiqarishga tatbiq qilish jarayonini o'zlashtirish va barcha ishlab chiqarish jarayonlarida bilim va ko'nikmalarini amalga oshirish bo'yicha ilmiy innovatsion tadqiqotlar olib bormoqda.

Ilmiy tadqiqotdan asosiy maqsad: Mahalliy dorivor o'simliklarni laboratoriya sharoitida qayta ishlashni o'rganish, dorivor o'simliklardan oziq-ovqat mahsulotlarini olish orqali eksport salohiyatini oshirish hamda farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, kosmetologiya korxonalariga hozirgi kunda chet ellardan import qilib olib kelinayotgan xom ashyolarni yetkazib berishni ta'minlashga qaratilgan.

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH HOLATI.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Kafedrada faoliyat yuritayotgan “Yosh texnolog” to‘garagida Kimyo-texnologiya fakultetining    36 nafar talabalari to‘garak rahbari N.Kadirova boshchiligida ishtirok etmoqdalar. To‘garakning ish rejalari tasdiqlangan bo‘lib, to‘garak faoliyati tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilib kelinyapti.

Kafedrada “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi ishlab chiqilgan. Iqtidorli talabalarga kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari biriktirilgan bo‘lib, reja asosida ularning aqliy salohiyatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarga jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, kafedra dosenti B.Sattorova rahbarligida 90-20 OOT gurux talabasi Vahobova Feruza “Prezident stipendiati” ga sazovor bo‘ldi

Kafedrada iqtidorli talaba va yoshlar bilan ishlash rejasi tasdiqlangan bo‘lib har bir talaba o‘zi tanlagan mavzulari bo‘yicha biriktirilgan rahbarlari bilan birgalikda izlanishlar olib bormoqdalar.

Kaferda professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z ma'ruzalari bilan muntazam sihtirok etib kelishadi.

ILMIY INNOVATSION ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH HOLATI.

Hozirgi kunda “Mahalliy resurslar asosida A, D, E vitaminli veterinar va oziqaviy baliq yog‘ini hamda hosila texnologik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” hamda “Soya donidan sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini tizimli loyihalash” mavzudagi loyihalarni tijoratlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

DAVLAT ILMIY-TEXNIKA DASTURLARI DOIRASIDA BAJARILAYOTGAN

Ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida “Oziqaviy baliq yog‘i asosida texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish” hamda “Soya donidan sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI

Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetidagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va texnologiyasi” kafedrasi bilan “Davriy ishlaydigan filtrda missellani tozalash jarayonini takomillashtirish”   mavzusida hamkorlik ishlarini olib bormoqdamiz.

KAFEDRANING ILMIY-INNOVATSION FAOLIYATI

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

150107, Farg‘ona sh., Farg‘ona ko‘chasi, 86 uy

6-bino, Kimyo-texnologiya fakulteti, 5-qavat

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti