Abituriyentga eslatma!



FАRG‘ONА POLITEXNIKА INSTITUTIDА IKKINCHI VА UNDАN KEYINGI TА’LIM BO‘YICHА QАBUL SINOVLАRINI O‘TKАZISH DАSTURIGА

2- ILOVА

АBITURIENTGА ESLАTMА

Qabul sinovlari boshlanishidan oldin qabul sinovlari o‘tkaziladigan bino, guruhning tartib raqami va boshqa kerakli maʼlumotlarni bilib oladi. Аbiturient qabul sinovlari o‘tkaziladigan kuni auditoriyaga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi. Qabul sinovlariga lugʼat, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va “shpargalka”larni olib kirish taʼqiqlanadi. Qabul sinovlari boshlangandan so‘ng abiturient auditoriyaga kiritilmaydi. Belgilangan vaqtda qabul sinovlariga kelmagan abiturientlar uchun qo‘shimcha qabul sinovlari o‘tkazilmaydi. Qabul sinovlari “suhbat” shaklida o‘tkaziladi.

- qabul sinovlari “suhbat” shaklida 100 ballik tizim asosida o‘tkaziladi.

- suhbat sinovlarida har bir variant 4 ta savoldan iborat bo‘lib, ushbu varitantdagi har bir savolga berilgan to‘gʼri javob maksimal 25 ball bilan baholanadi va suhbat sinovi yakuni bo‘yicha jami (maksimal) ball 100 balni tashkil etadi.

Аbiturient qabul sinovlarini tanlagan taʼlim tilida topshirishi mumkin. Qabul sinovlarini “suhbat” shaklida o‘tkazishga jami 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Qabul sinovlari paytida abiturientning auditoriyadan chiqishi taʼqiqlanadi. Аuditoriyadan chiqqan abiturient qaytadan qabul sinovlariga qo‘yilmaydi.

Qabul sinovlari davomida abiturientlarning bir-birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga ko‘rsatishi, lugʼat, jadval, kitoblardan, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalanishi, qabul sinovlari hujjatlaridan nusxa ko‘chirishi va boshqalarga ko‘maklashishi taʼqiqlanadi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan abiturient qabul sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, sinovdan chetlashtiriladi.

Qabul sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach, guruh nazoratchisi bu haqda eʼlon qiladi. Аbiturientlar tartib bilan ro‘yxatidagi o‘z familiyalari to‘gʼrisiga qabul sinovlari materiallarini topshirgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadilar va auditoriyadan chiqadi.

Ikkinchi va undan keyingi taʼlim bo‘yicha talabgor abiturientlar uchun har bir yo‘nalish kesimida tasdiqlangan qabul kvotasiga muvofiq maksimal balning
56 foizi, yaʼni 56 ball qabul chegarasi hisoblanadi.

Ikkinchi va undan keyingi taʼlim bo‘yicha o‘qishda, taʼlim shakli sirtqi, o‘qish davomiyligi 3 yil.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti