Kafedra mudiri
Xametov Zamirbek Muxtorovich
Email: z.xametov@ferpi.uz
Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi kafedrasi tarixi
1976- yilda «Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlab beruvchi yagona mutaxassislik kafedrasi hisoblangan.“Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlar” mutaxassisligi birinchi qaldirg‘ochlar muhandis-mexaniklar 1977-yilda bitirib chiqishdi. Kafedrada laboratoriyalar, kabinetlar va geleopoligon dotsent P.R.Fayziev boshchiligida tashkil etildi. Kafedra qoshida 1982 yili butun ittifoq ilmiy-texnik anjumani geleotexnika yo‘nalishiga o‘tkazildi. T.f.n. Fayziev P.R. kafedraning birinchi mudiridir.
1976-2012 yillar ichida kafedraning yosh o‘qituvchilari Sh.Yuldashev, S.F.Ergashev, T.M.Fozilov, E.Sharofiddinov, A.Jabborov, A.A.Nuridinov, Yu.Q.Ergashevlar Moskva texnologiya, Kaunas politexnika va Toshkent To‘qimachilik institutlarida maqsadli aspiranturalarda o‘qib, texnika fanlari nomzodi bo‘ldilar. Shuningdek, keyinchalik t.f.n. Yu.Q.Ergashev, t.f.n. A.G‘.Abdurahmonovlar doktoranturani bitirib, doktorlik dissertasiyalarini yoqlashdilar. t.f.n. dots. S.F.Ergashev 2007 yili Toshkent shahri “Fizika texnika” institutida “Parobalo slindirik quyosh qurilmalari ularning optik – energetik hisobi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Yangi himoya qilganlar mavzusi bilan qo’yish kerak. Kafedra tayanch doktaranti Tojiboyev Sherali 05.08.06- G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi bo‘yicha, “Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish” mavzusida o‘z ilmiy ishini himoya qilmoqda.
Kafedrada 1976 yildan 2012 yilga qadar “Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari”, 1994 yildan 1999 yilga qadar “To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha jami 1097 ta oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorladi. 2003 yilda esa “Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash”, Kasb ta’limi (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi) yo‘nalishlari tashkil etildi.
1999-2000 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘tish munosabati bilan “Metallar texnologiyasi” kafedrasi “To‘qimachilik va yengil sanoat mashina va apparatlari” kafedralari birlashtirilib “Mashinalarni ta’mirlash va materiallar texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilindi.
Kafedra faoliyatida rahbarlik lavozimida ishlagan fidoiy ustozlari: 1976-1990 yilgacha dotsent. P.R.Fayziev, 1990-1993 yilgacha dotsent. Sh.Yuldashev, 1993-2001 yilgacha dotsent. X.M.Axmadjonov, 2001-2002 yilgacha dotsent. A.E.Sotvoldiyev, 2002-2008 yilgacha kafedrani t.f.n., dosent Yu.Ergashev, 2008 – yilda katta o‘qituvchi t.f.n. A.G‘.Abduraxmonov, 2009-yilda kata o‘qituvchi R.Qodirov 2009-2013 yilda kata o‘qituvchi M.Turdiyev, 2018-2019 yilda t.f.n. N.I.Otabayev, 2019-2021 yilda S.M.Xodjayevlar boshqargan. 2021-yildan hozirgi vaqtgacha PhD dotsent Z.M.Xametov boshqarib kelmoqda.
Xametov Zamirbek Muxtorovich, 1984 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.
2005 yilda Farg‘ona politexnika institutining “Mexanika-mashinasozlik” fakultetini “Texnologik mashina va jihozlar” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni tamomlagan.
2008 yilda Farg‘ona politexnika institutining “Neftni qayta ishlash va kimyoviy ishlab chiqarish mashina va apparatlari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2020 yildan buyon texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasini 2020 yil 8 iyunda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli Ilmiy Kengashning “Neftshlamlarini kolloid-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olib ularni utilizatsiyaga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish” mavzusida 02.00.11-«Kolloid va membrana kimyosi» ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
Umumiy ish staji - 17 yil, ilmiy va pedagogik ish staji – 14 yil, shu jumladan, mazkur ta’lim muassasasidagi pedagogik staji - 14 yil.
Z.Xametov |
O.Odilov |
2022-2023 o‘quv yilida dotsent ilmiy unvoni olgan kafedra professor-o‘qituvchilari |
Obidov Nuriddin Gʻofurovich 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha |
Ikromov Iqboljon Abduxalilovich 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha |
2022-2023 o‘quv yilida doktorlik dissetatsiyasini himoyaqilgan proffessor- o‘qituvchilar |
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining tarkibi
№ |
O‘qituvchi familiya ismi va otasini ismi |
Lavozimi |
Shtat birligi |
||
1. |
Xametov Z.M |
Kafedra mudiri |
1 |
||
2. |
Otaboyev N |
dotsent |
1.25 |
||
3. |
Fayziyev P.R. |
dotsent |
1 |
||
4. |
Odilov O |
dotsent |
1 |
||
5. |
Obidov N |
v,b dotsent |
1.25 |
||
6. |
Ikromov I.A. |
t,f,n (PhD) |
1 |
||
7. |
Fayzullayev.X |
katta o‘qit |
1 |
||
8. |
Xodjayev S.M. |
katta o‘qit |
1.25 |
||
9. |
Tursunov D.M. |
assistent |
1 |
||
10. |
Axunov J.A. |
assistent |
1 |
||
11. |
Abduraximov A.A |
assistent |
1 |
||
12. |
Sotvoldiyev O‘.U |
assistent |
1 |
||
13. |
Xo‘jamqulov S.U. |
assistent |
1 |
||
14. |
Masodiqov Q.X |
assistent |
1 |
||
15. |
Omonov F.A |
assistent |
1 |
||
16. |
Tojiboyev Sh. I |
assistent |
1 |
||
17. |
Abdubannopov A.A. |
assistent |
1 |
||
18. |
Madrahimov M.M |
assistent |
1 |
||
19. |
Abdullaaxatov E.A. |
assistent |
1 |
||
Ichki, o‘rindosh |
|||||
20. |
Ergashev M.I |
assistent |
0,25 |
||
21. |
Qobulov M.A. |
assistent |
0,25 |
||
22. |
Tojiboyev F.O. |
assistent |
0,25 |
||
23. |
Masodiqov J. X |
assistent |
0,25 |
||
Tashqi o‘rindosh |
|||||
1. |
Nishonov T. |
katta o‘qit |
0.5 |
||
2. |
Jurayev A.A |
assistent |
0,25 |
O‘QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha bir qator darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar nashr etilgan. Jumladan, 2022-yilda “Soxada axborot texnologiyalari” fanidan Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich, Ergashev Muhammadrashidxon Ilhomjon o‘g‘li, Nosirjonov Shoxruxbek Ilxomjon o‘g‘li, Abdubannopov Abdulatif Abdulxaq o‘g‘lilari tamonidan “Darslik”, 2022-yil “Avtomobillar konstruksiyasi” fanidan Xametov Zamirbek Muxtorovich, Xujamqulov Sardor Umidjon o‘g‘li, Xusanjonov Abdulaziz Solijon o‘g‘li, Masodiqov Qaxramonjon Xusanboy o‘g‘lilari tamonidan “Darslik”, 2023-yil “Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari” fanidan Fayziyev Po‘lat rashidovich tamonidan “Darslik”, 2023-yil “Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar” fanidan Odilov Odiljon Zokirovich tamonidan “Darslik”, 2023-yil “Zamonaviy va istiqboll avtomobillar tansport vositalarining hisobi va kostruksiyasi” fanidan Xatemov Zamirbek Muxtorovich, Otabayev Nodirjon Ibragimovich, Odilov Odiljon Zokirovich, Tojiboyev Farhodjon Obidovichlar tamonidan “Darslk”, 2023-yil “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanidan Fayziyev Po‘lat Rashidovich, Xametov Zamirbek Muxtorovich, Tursunov Dilshodbek Muxammadbekovichlar tamonidan “Darslik”, 2022-yil “Texnologik jarayonlanri boshqarish va eksperimentlarni rejalashtirish” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari bajarish uchun Otabayev Nodirjon Ibragimovich, Odilov Odiljon Zokirovichlar tamonidan “O‘quv qo‘llanma”, 2023-yil “Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar” fanidan Odilov Odiljon Zokirovich, Fayzullayev Xaydarali, Qobulov Maxammadjon Alijon o‘g‘lilari tamonidan “O‘quv qo‘llanma”, 2023-yil “Yo‘l harakati xavsizligi qonunchiligi” fanidan Axunov Javlon Abdujalilovich tamonidan “O‘quv qo‘llanma”, 2022-yil “Avtoservis korxonalari faolyatiga ta’sir etuvchi omilarni takomillashtirish chora tadbirlariini ishlab chiqish” nomli Xametov Zamirbek Muxtorovich tamonidan “Monografiya”, “Исполъзавание алътернативных энергетичиских источников и установок на транспорте” nomli Odilov Odiljon Zokirovich tamonidan “Monografiya”, 2023-yil “Вторичные материалы из углеводородных отходов” nomli Xametov Zamirbek Muxtorovich tamonidan “Monografiya” lar “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tamonidan chop etilgan.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN OLINGAN MUALLIFLIK GUVOHNOMA VA PATENTLARI
Guvohnoma - Presentation creator-O‘quv jarayonlari uchun taqdimot yaratuvchi dastur
14.01.2021 № DGU 13099 talabnoma raqami DGU 20213050 Mualliflar: Otabayev.N, Fayzullayev.X, Fayziyev.X, Ikromov.I.
Guvohnoma- Autamatic sorter of files and folders-Fayl va papkalarni joylashuvini avtomatik tartibga soluvchi dastur
14.10.2021 № DGU 13100 talabnoma raqami DGU 2021348 Mualliflar: Obidov.N, Sotvoldiyev.O‘, Tursunov.D
Guvohnoma- Tok qator oralariga ishlov beradigan kombinasiyalashgan mashina chuqur yumshatkichining parametrlarini asoslash dastur
19.10.2021 № DGU 13061 talabnoma raqami DGU 2021 3129 Mualliflar: Abduraximov.A, Axunov.J
Guvohnoma- Chevrolet Gentra avtomobillarning so‘ndirgichini o‘zgartish qalinligiga qarab shaklini aniqlovchi dastur
02.12.2022 № DGU 21330 talabnoma raqami DGU 2022 6899 Muallif: Axunov.J
Guvohnoma- Shahar yo‘lovchi transportida navigatsion boshqaruv tizimlari dastur
14.04.2022 № DGU 16177 talabnoma raqami DGU 2022 1915 Mualliflar: Axunov.J, Ikromov.I
Guvohnoma- Tok ildizlarini kesish va o‘g‘itlarni solish hamda qator oralariga ishlov berishda qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari dastur
02.03.2022 № DGU 15205 talabnoma raqami DGU 2022 0902 Mualliflar: Ikromov.I, Abduraximov.A
Guvohnoma- Bog‘ ko‘chatlarni uzluksiz o‘tkazadigan mashina ko‘gich, tekkislagichning parametrlarini asoslash dasturiy ta’minot
15.04.2023 № DGU 25095 talabnoma raqami DGU 2023 3357 Muallif: A.Abdubannopov
Guvohnoma- uzluksiz o‘tkazadigan mashina ko‘gich, tekkislagichning parametrlarini sozlash dasturiy ta’minot
26.04.2023 № DGU 25096 talabnoma raqami DGU 2023 3707 Muallif: A.Abdubannopov
KAFEDRA KESIMIDAGI TA’LIM, MUTAXASSISLIK VA IXTISOSLIK YO‘NALISHLARI Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: -60712500 - “Transport vositalari muhandisligi” (avtotransport) -60712500 - “Transport vositalari muhandisligi” (ixtisoslashtirilgan transport vositalari) - 61040100- “Transport logistikasi” (avtomobil transporti) - 61040300- “Yo‘l harakatini tashkil etish” - 60712400- “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” - 60713200- “Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish” (avtotransport) Magistratura mutaxassisligi: - 7A70712501- “Yer usti transport vositalari va tizimlari” (avtomobil transporti) Doktorantura ixtisosligi: - 05.08.01- “Mamalakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi”
|
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR Bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun:
|
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR Bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun:
|
Bundan tashqari yo‘nalishlar kesimida iqtidorli talabalar uchun alohida elit guruhlar tashkil qilingan bo‘lib, elit guruhlar asosan chet tilida ya’ni ingliz tilida maxsus sertifikatga ega kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar dars mashg‘lotlarini yuqori saviyada tashkil etmoqlar, va quyidagi dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda:
Elitni guruhlariga o‘tiladigan fanlar 1. Materials science and technology of construction materials2 (for the elite group) 2. Computer design (CAD, CAM, CAE) (for elite group) 3. Mirror materials (for the elite group) 4. Internal combustion engines 1 (for the elite group) 5. Traffic rules and the basics of safe driving 1 (for the Elite group) 6. Electrical equipment and electronic systems of cars 1 (for the Elite group) 7. Construction of vehicles 1 (for the Elite group)
|
Magistratura mutaxassisligi talabalari uchun:
10. Texnologik jarayonni boshqarish va eksperimentlarni rejalashtirish 11. Transport vositalari konstruksiyasi va texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish yo‘nalishlari, zamonoviy muammolari 12. Avtomobillarning texnik ekspluatasiyasining nazariy va me'yoriy asoslari 13. Transport vositalarini avtomatlashtirish 14. Transport vositalari va tizimlarning ishonchliligi 15. Mashinalar diagnostikasi va texnik hizmat ko‘rsatish 16. Transport vositalarida qo‘llaniladigan alternativ yoqilg‘ilar |
ILMIY TADQIQOT ISHLARI VA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHALAR
Farg‘ona shahrida jamoat transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevral kungi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qaroriga asosan Farg‘ona shahrida jamoat transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” tasdiqlangan.
- Farg‘ona shahrida jamoat transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh institut rektori buyrig‘iga asosan shakllantirilib ishchi guruh a’zolarini hizmat vazifalari texnik topshiriqqa asosan belgilab berildi.
- Ishchi guruh tomonildan chorraxalardagi transport oqimini o‘rganish maqsadida, chorraxalarga video kameralar o‘rnatilib dastlabki ma’lumot yig‘ish ishlari amalga oshirilmoqda. ( video kamera olish uchun moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi sababli hozirgi kunga qadar faqat 28 ta chorraxadagi transport oqimi video tasvirga olindi).
- Farg‘ona shahrida jamoat transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan zaruriy ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida tegishli tashkilotlarga xatlar jo‘natilib olingan javob xatlariga asosan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda.
- Jamoat transportlaridagi yo‘lovchilar oqimini maxsus balankalar yordamida o‘rganish xamda marshrut liniyalarini chizmasini chizish rejasi tuzildi.
- Yuqoridagi topshiriq ijrosi yuzasidan Farg‘ona politexnika instituti va Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi xodimlaridan iborat ekspert guruhi shakllantirilib, Farg‘ona shahrida tansportga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘yicha elektron so‘rovnomalar o‘tkazildi. Qog‘oz shaklda ijtimoiy so‘rovnoma moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi sababli ohiriga yetkazilmadi.
- Markaziy joylar, bekatlardagi axoli harkat oqimini (passajir almashinishini) o‘rganilmoqda.
Talabalar qo‘shimcha bilimlar egallamoqda. Talabalarimiz “Avtomobillar konstruksiyasi”, “Avtotransport korxonalarini loyihalash” va “Yo‘l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari” fanlaridan Respublika fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
KAFEDRANING MODDIY TEXNIK BAZASI
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 20 maydagi №1533-sonli qaroriga asosan “Materialshunoslik” va “Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar”, “Transport vositalari konstruksiyasi”, “Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari”, “Ichki yonuv dvigatellari”” fanlaridan o‘quv laboratoriya jihozlari va uskunalari mavjuddur.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
150107, Farg‘ona sh. Farg‘ona ko‘ch. 86 uy.
2-o‘quv binosi, Mexanika-mashinasozlik fakulteti, 1-qavat