Kafedra mudiri
Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich
KAFEDRA TARIXI
Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 0562-«Qurilish materiallari korxonalarining mexanik jihozlari» mutaxassisligi bo‘yicha institutga ilk bor qabul 1968 yili amalga oshirilgan. 1973 yili shu mutaxassislik bo‘yicha birinchi 19 nafar muxandis-mexanik tayyorlangan. Shu yil bitiruvchilarning 7 tasi institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, ulardan 6 nafari institutda o‘qituvchilik ishida olib qolingan. Kafedrada faoliyat yuritayotgan katta o‘qituvchilar O.M.Sulaymonov (Toshkent politexnika institutini 1970 yili “Qurilish materiallari texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan) va B.A.Alimatov (Leningrad – hozirgi Sankt-Peterburg texnologiya institutini 1971 yilda tamomlagan), assistentlar M.D.Gerasimov (Belgorod Qurilish materiallari texnologiyasi institutini 1972 yilda tamomlagan ) va T.A.Stepanova (Toshkent politexnika institutini 1972 yili “Qurilish materiallari texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan) maxsus fanlarning birinchi o‘qituvchilari bo‘lganlar.
«Korxonalarning mexanik jihozlari» kafedrasi 1975 yil 1 sentyabrda tashkil etilgan. 1987 yildan 1995 yilgacha «Kimyoviy ishlab chiqarishlar va qurilish materiallari korxonalarining mexanik jihozlari» mutaxassisliklari bo’yicha hamda 1996 yildan shu kungacha «Texnologik mashinalar va jihozlar» bakalavriat yo`nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.
Aspiranturadan t.f.n. B.A.Alimatov va t.f.n. R.J.Tojievlarning kafedraga qaytishi o’quv, ilmiy-tadqiqot va o’quv-tarbiyaviy ishlarni yanada yuqori darajaga ko’tarishga, shu vaqtga kelib institutning yangi binolari qurilishi tugatilishi esa yangi o’quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etishga imkon yaratdi. Bu davrda kafedraga sobiq ittifoqning markaziy shaharlaridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan taniqli olimlar, mutahassislik bo’yicha darsliklar mualliflari taklif etilib, kafedrada ko’plab ochiq darslar, ma’ruzalar, master klasslar o’tkazildi. Mamlakatning yetakchi oliy texnika ta’limi muassasalari bilan yo’lga qo’yilgan bunday hamkorlik o’quv-me’yoriy hujjatlar - darslik, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, amaliyot dasturlari bilan ta’minlashni yaxshilash imkonini berdi.
Kafedraning professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar evaziga bugungi kunda kafedra zamonaviy jihozlangan 3 ta o’quv – ilmiy tadqiqit laboratoriyalariga, o’quv poligoniga hamda “Kvarts”AJ da kafedraning o’quv filialiga ega bo’ldi.
Muntazam olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida kafedra professor-o’qituvchilaridan R.J.Tojiev hamda B.A.Alimatov doktorlik dissertatsiyasini himoya etdilar, M.D.Gerasimov, O.M.Sulaymonov, T.A.Stepanova, O.O.Oxunboev, K.J.Muhamadsodikov, I.T.Karimov, A.A.Xaydarovlar texnika fanlari nomzodlari va A.S. Isomidinov, A.A. Xakimov, N.A. Ergashev, R.X. Mirsharipovlar texnika fanlari bo’yicha PhD falsafa doktori bo’lishdi.
Kafedraning birinchi mudiri etib t.f.n., dotsent F.I.Shlegel tayinlangan. U bu lavozimda 1986 yilga qadar mehnat kilib kafedraning shakllanishida, moddiy texnika bazasining yaratilishida, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda fidoiylik bilan ishladi.
1975-1986 yillarda F.I. Shlegel, 1986-1997 yillarda B.A.Alimatov, 1997-2004 yillarda R.J.Tojiyev, 2004-2007 yillarda B.A.Alimatov, 2007-2011 I.T.Karimov, 2011-2015 yillarda Y.U. Mirzaxonov kafedrani boshqardilar. 2015 yildan boshlab hozirga qadar R.J.Tojiyev kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatmoqda.
Тurli yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan olimlar :
1973 yildan shu kungacha kafedrani 4585 nafar
talabalar bitirishgan. Ular ichidan hukumat azosi – vazir, vazir o‘rinbosari, viloyat hokimining o‘rinbosari, shahar, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va
yetakchi mutaxassislari, ilmiy xodimlar yetishib chiqqan.
Bular qatoriga “O‘zkimyosanoat” AJ raisi lavozimida ishlagan
N.Ibragimov, “O‘zkimyosanoat” AJ raisi o‘rinbosari D.Pak, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati azosi, Navoiy shahri hokimi B.I.Hamdamov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari A.Po‘latov, Marg‘ilon shahar hokimi A.Akramov, Namangan shahar hokimi 1- o‘rinbosari M.M.Kamolov, yirik korxonalar rahbarlari: “Zilxa” Temir-beton mahsulotlari zavodi MChJ korxonasi direktori O.T.Toshmatov, Sariosiyo temir beton mahsulotlari korxonasi rahbari N.Sanginov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masul hodimi B.Bozorboev va boshqalarni kiritish mumkin. Turli yillarda «Kuvasoy sement» kombinatiga kafedra bitiruvchilaridan O.K.Kamolov va M.I. Ismatullaevlar direktorlik kilishgan. FNQIZ yetakchi mutaxassisi B.Temirov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan va “Oltin yulduz” medali bilan mukofotlangan.
O’zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov Farg‘ona politexnika institutida [2007 yil]
“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi tarkibi
(2023 yil aprel holatiga)
№ |
Foto |
F.I.O |
Ilmiy daraja, lavozimi |
1 |
Tojiyev R.J.
|
t.f.d. DSc, professor, Turon fаnlаr аkаdemiяsi аkаdemigi, kаfedrа mudiri
|
|
2 |
Kаrimov I.T.
|
t.f.d., DSc, professor
|
|
3 |
MuxаmmаdsodikovK.J.
|
t.f.n., dotsent
|
|
4 |
Axunbayev O.O. |
t.f.n., dotsent
|
|
5 |
Xakimov A.A. |
t.f.n., PhD, dotsent
|
|
6 |
Isomiddinov A.S.
|
t.f.n., PhD, dotsent
|
|
7 |
Ergashev N.A. |
t.f.n., PhD, dotsent
|
|
8 |
Sadullayev X.M. |
dotsent |
|
9 |
Xursanov B.J. |
dotsent |
|
10 |
Mirsharipov R.X. |
t.f.n., PhD, katta o‘qituvchi |
|
11 |
Davronbekov A.A |
katta o‘qituvchi
|
|
12 |
Axrorov A.A. |
assistent |
|
13 |
Sulaymonov A. |
assistent |
|
14 |
Rajabova N. R.
|
assistent |
|
15 |
Alizafarov B. M.
|
assistent |
|
16 |
Voxidova N. X.
|
assistent |
|
17 |
Ortiqaliev B.S.
|
assistent |
|
18 |
Xalilov I.L |
assistent |
|
19 |
Mo'ydinov A. A.
|
assistent |
|
20 |
Madaminova G. I.
|
assistent |
|
21 |
Xoshimov A.O.
|
assistent |
|
22 |
Xusanboev M.A.
|
assistent |
|
23 |
Abdulazizov A. A.
|
assistent |
|
24 |
Mamarizaev I.M.
|
assistent |
|
25 |
Hamdamov O‘.T.
|
laboratoriya mudiri
|
|
26 |
Abduraxmonova G.T.
|
laborant |
|
27 |
G'aniyeva G.Sh |
laborant |
|
28 |
Ishonxonova D.B.
|
laborant |
2022-2023 O’QUV YILIDA KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:
№ |
Fan nomi |
1 |
Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi |
2 |
Mashinalar puxtaligi va korroziyadan ximoyalash |
3 |
Sanoat mashinalarining ishchi detallari va ularni tiklash asoslari |
4 |
Texnologik mashinalar va qurilmalarni hisoblash asoslari |
5 |
Sanoat qurilmalarini ta’mirlash va korroziyadan himoyalash |
6 |
Muxandislik texnologiyalari qurilmalarini hisoblash asoslari |
7 |
Kimyo sanoati mashina va jihozlari |
8 |
Ishlab chiqarishdagi texnologik komplekslar |
9 |
TMJ da issiqlik va modda almashinuvi, Sanoatda issiqlik jarayonlari va qurilmalari |
10 |
Mashinalar yaratishning texnik asoslari |
11 |
Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar |
12 |
Materiallarni texnologik transportlovchi mashinalar |
13 |
Kimyo injiniringida modellashtirish va avtomatlashtirish |
14 |
Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari (6-7 sem) |
15 |
Neft va gazni qayta ishlash va neft kimyo sintezi texnologiyasi |
16 |
Qurilish materiallari texnologiyasi |
17 |
Kimyoviy mashinasozlik |
18 |
Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi |
19 |
Injiniring va atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish |
20 |
Xisoblash matematikasi va matematik modellashtirish |
21 |
Kimyo va qurilish materiallari sanoati mashina va apparatlarining montaji hamda ekspluatatsiyasi |
22 |
Korxonalarning texnologik apparatlarini hisoblash va loyihalash |
23 |
Kimyoviy sanoati mashinalari hamda apparatlarini ta'mirlash |
24 |
Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash |
25 |
Kimyo sanoatida karroziyaga bardosh konstruktsion materiallar texnologiyasi |
26 |
Qurilish industriyasining texnologik uskunalari |
27 |
Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar |
28 |
Qurilish mashinalari |
BAKALAVRIAT
- 5320300 – “Texnologik mashinalar va jihozlar”
- 60720700 - «Texnologik mashinalar va jihozlar»
MAGISTRATURA
- 5A320305– “Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari”
- 70720704-“Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari”
“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining reyting balini yillar kesimidagi nomogrammasi
Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTM larda o‘quv mashg‘ulotlar (ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar) o‘tkazgan professor-o‘qituvchilar.
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Huzuridagi intellkctual mulk agentligidan 2020 yil 15-iyun kuni № DGU-08555 raqamli “Ahmad Farg’oniyning samoviy jismlar holatini bir vaqtning o’zida yerdagi ikki nuqta orqali o’rganish to’g’risidagi buyuk kashfiyoti” monografiyasi uchun mualiflik guvohnomasi oldi.
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich va Vohidova Nasibaxon Habibullo qizi birgalikda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Huzuridagi intellkctual mulk agentligidan 2020 yil 13-iyul kuni № DGU-08752 raqamli “Aylanuvchi pechlarni montaj qilish” dasturi uchun mualiflik guvohnomasi olindilar.
- Alimatov Bahodirjon, Xursanov Boyqo`zi Jo`raqo`ziyevich. Rossiyskaya Federatsiya PATENT na izobretenie №2658053 “Mnogostupenchato’y barbotajno’y ektraktor”. 19.06.2018
- Alimatov Bahodirjon, Karimov Ikromali Tojimatovich, Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich, Xursanov Boyqo`zi Jo`raqo`ziyevich. Patent RUz № 5014 BI №2.30.06.98
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich va boshqalar. Sposob vo’deleniya nefteprodutov. Pred. Patent RUz. IDP 0656 ot 24.03.2002
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich va boshqalar. Sapernaya lopata. Pred. Patent RUz. IDP 05224, Ofitsialno’y byulleten RPV RUz. №3,(41) 2002 g, s 135.
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich va boshqalar. Sho`rlangan yerlarga ishlov berish usuli. Dastlabki patent. O`zR № IDP 05132, 06.05.2002
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich va boshqalar. Bir moddaning boshqa modda tarkibidagi miqdorini aniqlash uchun qurilma. Ihtiroga patent. № IAP 2003 0690, 28.05.2004
- Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich va boshqalar. Materiallarga ishlov berishning nisbiy koeffisiyentini aniqlash usuli. O`zR patenti № IAP 0872, 09.02.2005
- Alimatov Bahodirjon, Sadullayev Hamidullo Mansurovich “Mnogostupenchato‘y barbotajno‘y ektraktor”. Avtorskoe svidetelstvo № 912197, 16.11.1981
- Sadullayev Hamidullo Mansurovich i dr. “Mnogostupenchato‘y barbotajno‘y ektraktor”. Avtorskoe svidetelstvo № 1607859 22.07.1990
- Sadullayev Hamidullo Mansurovich i dr. “Barbotajno‘y ektraktor”. Avtorskoe svidetelstvo № 1152609 3.01.1985
KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI, SOHALAR BUYURTMALARI ASOSIDA O'TKAZILADIGAN ILMIY TADQIQOTLARDAN REYTING YILIDA OLINGAN MOLIYAVIY MABLAG'LAR, (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR), XO'JALIK SHARTNOMALARI RO’YXATI
- “AMMAFOS-MAXAM” AJ sexlaridan chiqayotgan changli gazlarni xo’l usulda tozalovchi rotor filtrli apparatni yaratish, tadqiq qilish va tadbiq qilish. (40 mln so’m) 2018-2020 yillar
- “AMMAFOS-MAXAM” AJ ammofos mineral o’g’itini donadorlik tarkibi va quritish jarpayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun barabanli qurilma modernizatsiyasi. (40 mln so’m) 2018-2020 yillar
- “AMMAFOS-MAXAM” AJ sexlaridan chiqayotgan changli gazlarni xo’l usulda tozalovchi rotor filtrli apparatni yaratish, tadqiq qilish va tadbiq qilish. (40 mln so’m) 2018-2020 yillar
- Quvasoy "Kvarts" AJ sexlaridan chiqayotgan changli gazlarni xo’l usulda tozalovchi rotorli apparatnt yaratish tadqiq qilish va tadbiq qilish. (15 mln so’m) 2018-2019 yillar
- Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan so’ngi yillarda sohalar buyurtmalari asosida o'tkaziladigan ilmiy tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag'lar oshib bormoqda.
KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI.
Yangi chop etilgan darsliklar
Darslik- Qurilish mashinalari. 1-qism. R.J. Tojiyev. 2022-yil
Darslik- Stroitelnыe mashinы. 1-chast. R.J. Tojiyev 2022-yil
Darslik- Qurilish metrologiya, standartlash va sertifikatlashtirish- R.J. Tojiyev, N.R. Rajabova, 2022-yil
Darslik- Sanoat mashinalarining ishchi detallari va ularni tiklash asoslari- X.M.Sadullayev, I.T.Karimov, A.A. Xakimov. 2022-yil
Darslik- Sanoat ishlab chiqarish asoslari va korxonalarning mexanik jihozlari. I.T.Karimov, A.A. Xakimov. 2022-yil
Darslik- Kimyo va qurilish materiallari sanoati mashina apparatlarining montaji xamda ekspluatatsiyasi- R.J. Tojiyev, B.S. Ortiqaliyev, R.R. Tojiyev,2021-yil
Darslik- Qurilish mashinalari. Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1-qism- R.J. Tojiyev. 2021-yil
Darslik- Qurilish mashinalari. Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 2-qism- R.J. Tojiyev. 2021-yil
Darslik- Stroitelnыe mashinы. Texnologiya stroitelnыx prosessov 1-chast- R.J. Tojiyev2021-yil
Darslik- Stroitelnыe mashinы. Texnologiya stroitelnыx prosessov 2-chast- R.J. Tojiyev2021-yil
Yangi chop etilgan o’quv qo’llanmalar
O‘quv qo‘llanma-“Qishloq xo'jaligida mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi”. R.J.Tojiyev, X.M. Sadullayev. O.Sulaymonov 2022-yil.
O‘quv qo‘llanma-“Raschet nasadochnыx teplomassoobmennыx i pыleulavlivayuщix apparatov. Primerы i zadachi”. professor Volnenko A.A. dosent Isomidinov A.S., assistent Madaminova G.I. 2022g.
O‘quv qo‘llanma-“Diplomnoe proektirovanie dlya texnicheskix spesialnostey. professor Volnenko A.A, professor R.J. Tojiev, assistetn N.R. Rajabova. 2022 g.
O‘quv qo‘llanma-“Kimyo sanoatida karroziyaga bardosh konstruksion materiallar texnologiyasi”. Muxamadsadikov Kamaljan Djamolovich. Teshaboyev Anvarjon. 2022-yil
O‘quv qo‘llanma- “Mashinalar yaratishda tizimli yondoshish asoslari”. Xursanov Boyqo‘zi Jo‘raqo‘zievich. 2022-yil
O‘quv qo‘llanma-“Yuk ko‘tarish mashinalari va jihozlari"- R.J. Tojiyev, A.S.Isomidinov, R.X. Mirsharipov
O‘quv qo‘llanma-“Mashinalar loyihalash metodologiyasi"- B.J.Xursanov
O‘quv qo‘llanma-“Montaj i ekspluatasiya oborudovaniya v ximicheskoy promыshlennosti i promыshlennosti stroitelnыx materialov- R.J. Tojiyev, B.S. Ortiqaliyev, R.R. Tojiyev,
O‘quv qo‘llanma-“Texnik mexanika”- R.J. Tojiyev
O‘quv qo‘llanma-“Yangi O‘zbekiston innovasion taraqqiyot yo‘lida”- R.J. Tojiyev
O‘quv qo‘llanma-“Texnologik innovasiyalar va ilg‘or texnologiyalar”- R.J. Tojiyev, K.J. Muhammadsodiqov
O‘quv qo‘llanma-“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”- R.J. Tojiyev, K.J. Muhammadsodiqov
Yangi chop etilgan monografiyalar
Monografiya- “ENERGOSBEREGAYuЩIE TEXNOLOGII POLUChENIYa JAROSTOYKIX KOMPOZISIONNЫX MATERIALOV” . T.S. Bajorov, A.A. Axunboyev, B.J. Xursanov, B.M. Alizafarov. 2022-yil
Monografiya- “RABOTKA I RASChET ROSESSA SUShKI LAJNOGO VOLOKNA XLOPKA-SQRSA”. D.J. Djanboyev, A.Y. Xusanov, A.A. Axunboyev. 2022-yil
Monografiya-“ Barabanli quritgich konstruksiyasini takomillashtirish asososidaquritish jarayonini intensivlashtirishning ilmiy texnik asoslari” . R.J. Tojiyev, A.A. Axunboyev, A.S. Isomidinov, R.X. Mirsharipov. 2022-yil
Monografiya- “Barabanli quritgichning ish parametrlarini asoslashning Ilmiy texnik asoslari”. R.J. Tojiyev, A.A. Axunboyev, N.Sh. Abduqodirov. 2022-yil
Monografiya-“Nauchno-texnicheskie osnovы texnologii ochistki biogaza metodom mikrobarbotaja dlya polucheniya vыsokokonsentrirovannogo metana iz vozobnovlyaemыx istochnikov energii”. A.Y. Xusanov, I.E. Xusanov, I.T. Karimov, G.I. Madaminova. 2022-yil.
Monografiya- “Issledovanie energoeffektivnosti barabannыx melnis”. A. A. Xakimov. N. X. Voxidova. A. O. Xoshimov. 2022-yil
Monografiya-“Sanoat korxonalari chiqindilari asosida ko‘mir kukunidan briketlar tayyorlash texnologiyasi”. Xakimov Akmaljon Axmedovich, Karimov Ikromali Tojimatovich. 2022-yil
Monografiya-“Optimizasiya energopotrebleniya i snijenie urovnya zagryazneniya promыshlennыx predpriyatiy”. A.E.XUSANOV, N.A.ERGAShEV, I.L.XALILOV. 2022-yil
Monografiya- “Ho‘l usulda chang ushlovchi va gaz tozalovchi apparatni sanoatda qo‘llashning ilmiy-texnik asoslari"- I.T. Karimov, N.A.Ergashev, A.S. Isomidinov
Monografiya- Texnologiya briketirovaniya uglya na osnove mestnыx promыshlennыx otxodov- A.A.Xakimov , I.T. Karimov
Monografiya- Geterogen tizimlarga ishlov beruvchi barbotajli ekstraktorlarni sanoatda qo‘llanishning ilmiy – texnik asoslari- I.T. Karimov, X.M. Sadullayev, B.J. Xursanov.
Monografiya-Influence of Cultivation on the Propertes of Meadow Saz Soils- R.J.Tojiyev
- Monografiya – «Axmad al – Farg’oniy ma’naviyati va merosi»J.Tojiev, A. Yo’ldoshev, Sh.D. Sultonov, 1998.
- Monografiya – «Axmad al-Farg’oniy hayoti va ijodi» J.Tojiev, A. Yo’ldoshev, Sh.D. Sultonov, 1998.
- OTM uchun darslik – «Qurilish mashinalari» J.Tojiev, 2000.
- OTM uchun o’quv qo’llanma – «Materiallarni texnologik transportlovchi mashinalar» R.J.Tojiev, B.A. Alimatov, K.T.Tursunmurodov, 2002.
- OTM uchun o’quv qo’llanma - «Metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati» R.J.Tojiev, A.A.Yusupov, 2002.
- OTM uchun darslik - «Informashina i informatsionno’e texnologii» R.J.Tojiev, F.Yu.Polvonov, A.A. Xolmirzaev, 2004.
- Monografiya – «Paxta paykali – mashina – tola sistemasini modellashtirish» J.Tojiev, M.Toshboltaev, 2005.
- KXK uchun darslik – «Mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi» R.J.Tojiev, X.M. Sadullaev, O.X. Sulaymonov, 2005.
- KXK uchun darslik - «Metall kesuvchi dastgoxlarda ishlov berish texnologiyasi» A.A. Mirzaev, B.N.Fayzimatov, B.J.Xursanov va b., 2005.
- OTM uchun darslik – «Mashinalar yaratishning texnik asoslari» A. Alimatov, B.J. Xursanov, 2007.
- OTM uchun darslik – «Atrof muxitni muxofazalovchi texnikalar» B.A. Alimatov, X.M. Sadullaev, 2008.
- OTM uchun darslik – «Sanoat mashina va jihozlarini ta’mirlash va ulardan foydalanish» B.A. Alimatov, X.M. Sadullaev, I.T. Karimov, 2008.
- Monografiya – «Konstruktsii jidkostno’x ekstraktorov s pnevmoperemeshivaniem» B.A.Alimatov, X.M. Sadullaev, I.T.Karimov, B.J. Xursanov, 2008.
- OTM uchun darslik – «Ishlab chiqarishdagi texnologik komplekslar» B.A. Alimatov, R.J.Tojiev, X.M. Sadullaev, I.T. Karimov, 2008.
- OTM uchun darslik – «Sanoat ishlab chiqarish asoslari va korxonalarning mexanik jihozlari» B.A.Alimatov, I.T.Karimov, X.M.Sadullaev, 2008.
- OTM uchun o’quv qo’llanma – «Tuyish mashinalari» X.M. Sadullaev, 2010.
- OTM uchun o’quv qo’llanma – «Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga doir misol va masalalar» B.A.Alimatov, I.T.Karimov, B.J.Xursanov, U.A.Teshaboev, 2010.
- Magistratura uchun o’quv qo’llanma – «Atrof – muxit muxofazasi injiniringi va boshqaruvi» X.M. Sadullaev, I.T. Karimov, A.S. Isomiddinov, 2013.
- Tarixiy-xronik qissa – «Kamolot yo’li» X.M.Sadullaev, N.X.Soliev, M.M.Matboboev, 2017.
- Monografiya (risola) – «Gazodinamika printsipining qishloq xo’jaligi texnologiyalariga tadbiqi» R.J.Tojiev, X.M. Sadullaev, A.S. Isomiddinov, 2018.
- Monografiya-“Changli gazlarni ho’l usulda tozolovchi qurilmasini sanoatda qo’llashning ilmiy-texnik asoslari” R.J. Tijiyev, I.T. Karimov, A.S. Isomidinov, Farg’ona-2020
- Monografiya-“AHMAD FARG’ONIY HAYOTI VA IJODI” A.Azamov, R.Tojiyev, I.To’xtarov, Farg’ona-2020
Dars jarayonlaridan foto lavhalar
2022-2023 o’quv yilida darslar sifatli tarzda olib borilmoqda. Shuningdek kafedraning ko’plab professor-o’qituvchilari mk.bimm.uz da Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari uchun masofaviy kurslarni o’zlashtirib sertifikatlarlar oldilar.
Instituti o‘quv uslubiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan namunaga muvofiq 60720700 - “Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha:
- 2022 yil qabuli uchun yo‘nalishning namunaviy o‘quv rejasi ishlab chiqildi
“ARTEL” kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha alohida qabul uchun:
- 60720700 - “Texnologik mashinalar va jihozlar” (Maishiy texnika ishlab chiqarish mashina va jihozlari) bakalavriat ta‘lim yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasi ishlab chiqildi.
70720704 – “Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari” mutaxassisligi bo‘yicha:
- 2022 yil qabuli uchun namunaviy o‘quv rejasi ishlab chiqildi.
Kafedrada 2022-2023 o’quv yili boshidan oyidan hozirgi kungacha 25 tadan ortiq xalqaro maqola, Scopus bazasiga kiritilgan jurnalda maqolalar, 30 ta tezis topshirilgan va chop etilgan. Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun 11 ta guvohnomalar (DGU) olingan, IMA dan 2 ta patent, 4 ta monografiya olingan. Yilni oxirigacha 20 dan ortiq xalqaro OAK tarkibiga kiruvchi jurnalda maqola chop etish va 6 ta Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun guvoxnomalar olish rejalashtirilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 150 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi va 10 dan ortiq kichik summadagi xo‘jalik shartnomalari tuzildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xaftaning har shanba kunlari master-klass darslari o’tib kelinmoqda. Kafedrada ushbu davr davomida 1 ta PhD dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi. 2023- yilda kafedra professor-o‘qituvchilaridan 4 tasi tayanch doktaranturaga kirdi. Har xaftada ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.
Institutda hisob yilida xorijiy OTM bilan xalqaro konfrensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loyixalarida o‘qituvchilar va talabalarning ishtirok etganligi: Kafedra professor-o’qituvchilari iqtidorli talabalar bilan birgalikda 7 ta xalqaro va respublika miqyosidagi konfrensiyalarda 100 dan ortiq o’z maqola va tezislari bilan ishtirik etishdi.
2022-yilda Kafedra professor-o’qituvchilari 4 ta darslik chop etishdi
2022-yilda Kafedra professor-o’qituvchilari 4 ta o’quv qo’llanma va 8 ta monografiya chop etishdi
MANAVIY – MA’RIFIY ISHLARNI OLIB BORISH BO‘YICHA:
“Texnologik mashinalar va jixozlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari va O’zbekiston qahramoni B.Temirov bilan
Talabalar turar joyida “Kafedra kuni”
o‘tkazilganligi
Farg‘ona politexnika instituti rektorining 2022 yil 13 oktabr kungi Talabalar turar joylarida kafedra kunlari tadbirlarini sifatli tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga binoan joriy yilning 13 oktabr kuni Mexanika mashinasozlik fakultetiga qarashli 1-sonli “Talabalar turar joyida” “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor – o‘qituvchilari va O’zbekiston qahramoni B.Temirov ishtirokida “Vatanni sevmoq-iymondandir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhabatini fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Xosilov so‘zga chiqib, Ona Vatan qanchalik muqaddas dargoh ekanligini o‘z fikrlari bilan talabalarga yetkazib berdi.
Kafedra dotsenti X.M.Saydullayev so‘zga Vatan,tug’ilib o’sgan dargohning inson hayotida beqiyos o’rin tutishi haqida gapirib o’tdi. Vatan mehri avvalo insonning o‘z oilasi, uyi, mahallasi hamda tug‘ilib o‘sgan yurtidan boshlanishi haqida gapirib o’tdi.Shundan so’ng taklif etilgan mehmon O’zbekiston qahrmoni B.Temirov so’zga chiqib,Vatanga muhabbat yuksak insoniy fazilatlardan biri ekanligini,inson vatanni sevsagina chin insoniy fazilatli bo’lishi haqida aytib o’tdi.
Bu haqda “Vatanni sevmoq imondandir”, deyilgan hikmatni esga olish kifoyadiligini eslatib o’tdi. “ Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilatdir. Uning mazmuni – Vatanga mehr-muhabbatli va sodiq bo‘lishdan, yurtning o‘tmishi va hoziri uchun faxrlanishdan, mamlakat manfaatlarini himoya qilishga intilishdan iborat. Vatanparvarlik ota-bobolardan meros kolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o‘z ona-Vatanini dushmanlardan, yot va begona g‘oyalardan himoya kilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik” yosh avlodga qo’yiladigan asosiy talab ekanligini aytib o’tti.
Suhbatda talabalar faol qatnashishdi. Kafedra tomonidan talabalarga “Vatanni sevmoq-iymondandir” mavzusiga doir prezentatsiyalar va videoroliklar namoyish etildi.
- Kafedrada 5 muhim tashabbus doirasidagi faoliyatga jalb etish bo‘yicha:
Kafedra professor-o‘qituvchilari insititutda o‘tkazilgan sport musobaqalarining shaxmat shashka yo‘nalishi bo‘yicha N. Rajabova, N. Vohidova va G. Madaminovalar ishtirok etdilar. Futbol boyicha o‘tkazilgan musobaqalarda A.Xoshimov, A. Muydinov va boshqalar ishtirok etib fahrli orinni egalladilar..
2. Fargona politehnika institutida tashkil etilgan “Navruz” bayramida kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Kafedra ayollarining o‘z qo‘llari bilan tayyorlangan taomlardan yarmarka tashkil etilib, osh musobaqasida fahrli o‘rinlarni egallashdi.
3. Kafedra o‘qituvchilari mahallalar bilan ham faoliyat olib bormoqdalar. 2022 yil 4-mart kuni Kafedra professor-o‘qituvchilari N.Ergashev M.Xusanboyevlar kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha Oltiariq tumani Yangiarab MFY da targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Farg‘ona viloyatida oliy-talim muassasalarining professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli-bir mahallaga manaviy homiy” tamoyili asosida A. Davronbekov Marg‘ilon shahar “Sholdirama” MFYga tashrif buyurdi va mahallada yuritilayotgan “Temir daftar”,”Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga biriktirilgan oilalar bilan olib borilgan ishlar bilan tanishdi.
4. Kafedra professor – o‘qituvchlari tomonidan TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar bilan ham reja asosida tashkil qilingan tarbiyaviy ishlar (institutning “Odob-axloq qoidalari”, korrupsiogen holatdan ogoh bo‘lish, jaholat (ekstremizm, aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat”, giyohvandlik, OITS, ...))ga qarshi kurash mavzusida suhbat, uchrashuv, g‘oyaviy targ‘ibot, viktorina, trening, tanlov va h.k.)ni tashkil etish bo‘yicha –institutning “Odob-axloq qoidalari”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Giyohvandlik – umr zavoli” davra suhbatlari tashkil etildi.
5. Talabalarga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha – bu borada yani ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordamga muxtoj talabalar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Kelgusida kafedrada amalga oshiriladigan manaviy – marifiy ishlar rejasi
- Ta’til vaqtida talabalarning vaqtini mazmunli tashkil qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turli sayohatlar uyushtirish.
- Yozgi ta’til vaqtida talabalarni sport va xorijiy fan to‘garaklariga qatnashishi yuzasidan targ‘ibot ishlarini tashkil qilish.
- Kafedra professor-o‘qituvchilarining vaqtini maqsadli tashkillash uchun turli til markazlarida malakasini oshirish.
- Kafedra professor o‘qituvchilaring sog‘ligini tiklab olishlari uchun kasaba uyishmasi tomonidan sihatgohlarga yuborishni tashkil qilish.
KAFEDRANING HAMKORLIKDAGI RIVOJLANISHILAR :
M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti bilan aloqalar.
Rasmda kafedra mudiri professor Tojiyev Rasuljon Jumaboyevichva M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti kafedrasi professori Aleksandr Volnenko va Baurjon Korganboyev
Rasmda M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti rektori Qojamjarova Dariya Pernesh qizi Farg’ona politexnika instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining professor-o’qituvchilari
Rasmda M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti mexanika fakulteti dekani J.Serikulu, Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri Nurlan Seyidxanov va Farg’ona politexnika instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining professor-o’qituvchilari bilan davra suhbati.
M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universitetida 2022-yil 19-22 aprel kunlari “ MEJDUNARODNAYa NAUChNO-PRAKTIChESKAYa KONFERENSIYa
«AUEZOVSKIE ChTENIYa–20: NASLEDIE MUXTARA AUEZOVA -
DOSTOYaNIE NASII» POSVYaЩENNAYa 125 - LETIYu M.O. AUEZOVA “ nomli xalqaro konfrensiyada istrik etishdi.
Rasmda M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti konfrensiya lavhasi.
Rasmda M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universitetidan kelgan professor-o’qituvchilar va “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining professor-o’qituvchilari
Rasmda M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universitetidan kelgan dotsent A.E. Xusanov va “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining dotsenti A.A. Xakimov, assistant A.A. Mo’ydinov.
"Belgorodskiy gosudarstvennыy texnologicheskiy universitet im. V.G. Shuxova" bilan hamkorlik
Rasmda "V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti” rektori iqtisodiyot fanlari doktori professor Glagolev Sergey Nikolayevich va kafedra mudiri professor Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich bilan davra suhbati. Qo’shma fakultetni shakllantirish yuzasidan kengaytirilgan muzokara.
"Belgorodskiy gosudarstvennыy texnologicheskiy universitet im. V.G. Shuxova" da 2020-yil 9-noyabr kuni o’tkazilgan nauchno-prakticheskaya konferensiya «Eksport obrazovaniya kak osnova ekonomicheskogo razvitiya regiona: rossiyskiy i mejdunarodnыy opыt» nomli konfrensiyada kafedra professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdilar.
Mahalliy oliy talim muassasalari bilan hamkorlik.
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTIDA 2022-yil 27-29-OKTYABR KUNLARI “ZAMONAVIY QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISHDA FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI INTEGRASIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING YECHIMLARI” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik konferensiyada kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.
JIZZAH POLITEXNIKA INSTITUTIDA 2022-YIL 28-29-OKTYABR KUNLARI ISHLAB CHIQARISHNING TEXNIK, MUHANDISLIK VA TEXNOLOGIK MUAMMOLARINING INNOVATSION YECHIMLARI MAVZUSIDAGI XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-TEXNIK ANJUMANI NOMLI KONFRENSIYADA kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIDA 2022-YIL 22-23-DEKABR KUNLARI “KOORDINATSION BIRIKMALAR KIMYOSINING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR:
Farg’ona politexnika instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. R. J. Tojiyev va V. X. Shuxov nomli Belgorod Davlat Texnika Universiteti rektori S. N. Glagolev birgalikdagi Qo’shma fakultetni shakllantirish yuzasidan kelishuv.
O’zbekiston Resu’ublika Oliy o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktyabr kungi 87-03-3860- sonli xatiga muvofiq joriy yilning 8 oktyabridagi tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublika oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi №-5847-son Farmonining mazmuni va mohiyatini keng yoritishga qaratilgan taqdimotiga asosan “Texnologik mashinalar va jihozlar ” kafedra jamoasi tomonidan oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi bo’yicha yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra ilg’or xorijiy OTMlari, jumladan M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti tegishli kafedralarining ish tajribalarini o’rganish va uni o’quv jarayoniga tadbiq etish maqsadida “TMJ” kafedrasi dotsenti A.A.Axunboev institut rektorining №267 O/K buyrug’iga asosan xizmat safariga yuborildi. Natijada yuqorida ko’rsatilgan universitet va FarPI o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Joriy yilda M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universitetidan professorlarini kelishi kutilmoqda.
TMJ” kafedrasida xorijiy xamkorlar bilan aloqalar samaradorligini takomillashtirish uchun Farg’ona politexnika instituti va M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti o’rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi 29.10.2019y kungi “Memorandum” ga asosan JKDUining “TMJ” kafedrasi mudiri t.f.d., professor A.A.Vlonenko va kafedra dotsenti, t.f.n. B.N.Korganboevlar 2019-2020 o’quv yilining 4-14 noyabr kunlari talabalarga ma’ruza darslari va ilmiy konsultasiyalar berish uchun institutga tashrif buyurdilar.
Hozirgi kunda Fargona politexnika instituti va M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti ortasidagi hamkorlik t ogrisidagi 29.10.2019y kungi “Memorandum” ga asosan JKDUining “TMJ” kafedrasi bilan bakalavriat taʼlim y onalishi uchun “2+2” Qo’shma dastur shakllantirish borasida kerakli hujjatlar tayyorlanmoqda.
M.O.Auezov nomidagi Janubiy-Qozogiston davlat universiteti o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish va professor-o’qituvchilar malakasini birgalikda yanada oshirish uchun kaferdra mudiri professor Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich 03.11.2020 yil kundan 03.12.2020 yil kungacha online malakasini oshirdi va xalaqaro sertifikat oldi.
Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari nashrlariga iqtiboslar («Web of Science», «Scopus» va «Google Scholar» bazalari bo‘yicha o’sish yildan-yilga oshib bormoqda.
“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 fevraldagi “ Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-son qarori ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o’qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog’lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag’batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida 2018 yil uchun
“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovi o’tkazildi.Tanlovda institut pedagoglari ham munosib ishtirok etib, Respublika tashkiliy qo’mitaning 2018 yil 4 oktyabrdagi 2-son majlis bayoni asosida Farg’ona politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti “Texnologik mashina va jixozlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Xursanov Boyqo’zi Jo’raqo’zievich Ishlab chiqarish texnologiyalari ta’lim sohasi bo’yicha 2018 yil uchun “Mutaxassisligi bo’yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi bo’lib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy diplomi va belgilangan pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Kafedra yangiliklari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi Farg’ona politexnika instituti kengashining tavsiyasiga asosan 2022-yil 29-dekabr kuni Xakimov