Tadbiqiy mexanika kafedrasi mudiriXusanov Yunusali Yuldashaliyevich Qabul vaqti: Seshanba-Payshanba (14:00-16:00) Telefon: +998 93 974-13-33 E-mail: y.xusanov@ferpi.uz |
TADBIQIY MEXANIKA KAFEDRASI TARIXI
Tadbiqiy mexanika kafedrasi, “Mashina va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari”, “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedralarining birlashishidan tashkil topgan. 1969-yilda “Umumtexnika fanlari” kafedrasidan “Nazariy mexanika” va “Mashina va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari” kafedralariga ajratilgan.
“Nazariy mexanika” kafedrasiga 1969-1971 yillar Jo‘raboyev Zaylobiddin, 1971-1978 yillarda U.Q.Qalamov, 1978-1988, 1992-1995 yillar S.I.Ismoilov, 1988-1992 yillar I.I.Qurbonov mudirlik qilgan. T.f.n. dotsent S.Ismoilov rahbarligida “Shamol energiyasini mexanik energiyaga aylantirish va undan sanoatda foydalanish muammaolari” va “Pnevmomexanik paxta terish mashinasi” mavzularida davlat byudjeti bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Har ikkala mavzu bo‘yicha ham tegishli patentlar olingan.
“Mashina va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari” kafedrasiga 1969-1972 va 1975-1981 yillarda A.A.Abduraxmonov, 1972-1973 yillarda t.f.n., dotsent I.M.Sodiqov, 1973-1975 yillarda t.f.n., dotsent F.I.Shlegel, 1981-1994 yillarda t.f.n., dotsent B.N.Davidboev (1991-yildan professor unvonini olgan) lar kafedra mudiri bo‘lishgan. Professor B.Davidboev tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida ilmiy- tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida 1994-yilda “Mashina va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari” kafedrasida O‘zbekiston tabiiy fanlar akademiyasining Farg‘ona bo‘limi tashkil etilgan.
1995-yilda “Mashina va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari” va “Nazariy mexanika” kafedralari birlashtirilgan. Ushbu kafedraga 1995-1996 yillarda B.N.Davidboev, 1996-2004 yillarda S.I.Ismoilov, 2004-2005 yillarda Y.U.Mirzaxonov mudirlik qilishgan. “Materiallar qarshiligi“kafedrasi 1969-yilda tashkil topgan. 1969-1973 yillarda A.B.Botirov, 1973-1985 yillarda B.K.Useinov, 1985-1989 yillarda F.M.Asomitdinov, 1990-1991 yillarda A.M.Yunusov, 1991-1993 yillarda K.A.Amanov, 1993-1995 yillarda O.A.Xudayberdiev kafedra mudiri lavozimida ishlashgan.
1995 yilda qurilish fakultetida o‘qitilayotgan fanlarni muvofiqlashtirish maqsadida “Qurilish mexanikasi” fani ”Materiallar qarshiligi” kafedrasiga o‘tkazilib “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi deb yuritila boshlagan va unga t.f.n., dotsent Z.A.Mamajonov kafedra mudiri etib tayinlangan. 1999-2005 yillarda kafedrani t.f.n., dotsent O.X.Xodimatov boshqargan.
2005-yilda “Tadbiqiy mexanika” kafedrasiga “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedrasini qo‘shib, “Amaliy mexanika va materiallar qarshiligi” kafedrasi deb yuritila boshlagan, unga t.f.n. Y.U.Mirzaxonov kafedra mudirlik qilgan. 2007-2009 yillarda t.f.n., dotsent A.Yusupov, 2005-2007, 2009-2014 yillarda t.f.n.,dotsent T.M.Sobirjonov, 2014-2017 yillarda X.J.Erkaboyev, 2017-2019 yillarda A.M.Botirov, 2019-2021 yillarda X.J.Erkaboyev, 2021-2022 yillarda t.f.f.d (PhD) B.T.Umarov kafedra mudiri lavozimida ishladilar. 2023 yildan boshlab kafedra mudiri sifatida texnika fanlari doktori (DSc) Y.Y.Xusanov faoliyat olib bormoqda.
2014-yil 30-yanvardagi Ilmiy Kengash qaroriga asosan “Amaliy mexanika va materiallar qarshiligi” kafedrasi nomi “Tadbiqiy mexanika” kafedrasi deb o‘zgartirilgan.
Kafedra o‘z faoliyati davomida yuqori ilmiy saloxiyatga ega bo‘lib keldi. Shuning uchun davlat mablag‘i bilan ta’minlangan va xo‘jalik shartnomalari asosida keng ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 26 dan ortiq patent va mualliflik guvoxnomalari olingan. Kafedrada 9 ta monografiya, 4 ta darslik 6 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.
Kafedrada “Mexanika” to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda.”Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” va “Mashina detallari” fanlaridan fan olimpiadalari yuqori saviyada o‘tkazilib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligidagi talabalar olimpiadalarning respublika bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedrada A.B.Baratov, I.I.Qurbonov, U.Q.Qalamov, B.K.Useinov, F.M.Asomitdinov, Z.A.Mamajonov, I.Sodiqov, F.I.Shlegel, S.Ismoilov, O.X.Xodimatov, B.N.Davidboev, A.Yusupov, T.M.Sobirjonov, A.M.Botirov, X.J.Erkaboyev, B.T.Umarovlar kafedra mudirlik qilgan. 2023 yildan kafedraga Y.Y.Xusanov mudirlik qilmoqda.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI
- Xusanov Yunusali Yuldashaliyevich, kafedra mudiri, texnika fanlari doktori (DSc)
- Nabiyev To‘xtamurod Sahobovich, texnika fanlari doktori, professor
- Davidbayev Baxtiyor Nizomitdinovich, texnika fanlar nomzodi, professor
- Sobirjonov Tolibjon Mamasolievich, texnika fanlar nomzodi, dotsent
- Xamzayev Inomjon Xamzayevich, texnika fanlar nomzodi, dotsent
- Mirzaxonov Yunus Umarovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent
- Davidbayeva Nargiza Baxtiyordjonovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
- Xaydarova Ozodaxon Musojonovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
- Abdullayev Shuhrat Axmadjonovich, katta o‘qituvchi
- Gapparov Qodir G‘ulomovich, katta o‘qituvchi
- Tilavoldiyev Baxtiyar Tilavoldiyevich, katta o‘qituvchi
- Matkarimov Shuhrat Adxamovich, katta o‘qituvchi
- Umarov Elmurod Sotvoldievich, katta o‘qituvchi
- Ziyayev Abdukarim Toshpo‘latovich, katta o‘qituvchi
- Tojiboyev Bobur Tolibjonovich, katta o‘qituvchi
- Qo‘chqarov Bobirmirzo Ulug‘bekovich, assistent
- Axtambayev Sobitjon Sohibjonovich, assistent
- Rahmonov Abduhalim Toshpo‘lat o‘g‘li, assistent
- Nishonova G‘azaloy G‘ulomjonovna, assistent
- Obichayev Ismoiljon Vahobjon o‘g‘li, assistent
- Jalilova Gulnoza Xabibullayevna, assistent
- Yusufjonov Otabek G‘ayratjon o‘g‘li, assistent
- Ruzaliyev Xojiakbar Shermaxammad o‘g‘li, assistent
- Ergashev Bahodir Husanovich, assistent
- Qoraboyev Eldorbek Vohidjon o‘g‘li, assistent
O‘QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedra professor - o‘qituvchilari o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etishgan. Jumladan, 1989 yilda Davidbayev B.N. “Ko‘tarish – tashish mashinalari” darslik, 2001 yilda “Ko‘tarish – tashish mashinalarini loyihalash” o‘quv qo‘llanma, 2006 yilda Z.A.Mamajonov “Materiallar qarshiligi” o‘quv qo‘llanma, 2007 yilda “Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari” kasb – hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma, 2007 yilda E.Kepe “Nazariy mexanikadan qisqa masalalar to‘plami” (S.Ismoilov, T.M.Sobirjonovlar tarjimasi) o‘quv qo‘llanma, 2015 yilda Abduraxmonov Sh., Xamzayev I. “Materiallarning mexanik sinoviga doir laboratoriya ishlari” o‘quv qo‘llanma, 2017 yilda Davidboyev B.N., Davidboyeva N.B. “Ko‘tarish – tashish mashinalari’ , I. H. Hamzayev, E.S.Umarov. "MATERIALLAR QARSHILIGI" "Classik" nashiyoti. 2021 darsliklarini chop etishgan.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
- Nazariy mexanika
- Materiallar qarshiligi
- Mashina va mexanizmlar nazariyasi
- Mashina detallari
- Amaliy mexanika
- Mexanika (NM, MQ, MMN, MD)
- Mexanika -1
- Mexanika -2
- Qurilish mexanikasi (Nazariy mexanika)
ILMIY TADQIQOT ISHLARI
Kafedrada “Mashina, mexanizm va detallar bo‘yicha dolzarb muammolarning istiqbolli yechimlari” va “Mashina detallari va qurilish tuzilmalarining mustahkamligi, ustuvorligi hamda uzoqqa chidamliligini oshirish” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlar olib borilmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarni natijalari ilmiy-texnik jurnallar va ilmiy-amaliy anjumanlarda keng yoritib borilmoqda. Shuningdek Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha kafedrada “Mexanika” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, unda 40 dan ortiq talabalar a’zo. Talabalarimiz “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi” va “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” fanlaridan Respublika fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
KAFEDRANING MODDIY TEXNIK BAZASI
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 20 maydagi №1533-sonli qaroriga asosan “Materiallar qarshiligi” va “Mashina detallari” fanlaridan 10 donadan o‘quv laboratoriya jihozlari va uskunalari olindi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
150107, Farg‘ona sh. Farg‘ona ko‘ch. 86 uy.
2-o‘quv binosi, Mexanika-mashinasozlik fakulteti, 4-qavat