Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari



KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI FAKULTETI DEKANI

Toxirov Muxammadrafiq Qodirovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)
Telefon:+99873 241-13-03

FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT

“Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari” fakulteti 2021-yilning mart oyida “Energetika” fakulteti tarkibidan ajralib chiqdi. Fakultet tarkibiga o‘sha davrda “Elektronika va asbobsozlik”, “Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi”, “Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi” 2022 yilda fakultet tarkibiga “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi qo‘shildi.

   Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetida 27.03.2020 kundan OAK qaroriga asosan Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi 1 ta ilmiy kengashga PhD dissertatsiya himoyalari uchun ruxsat berildi. 

  • PhD03/27.02.2020.T.106.02 raqamli ilmiy kengash 05.05.05 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari

        Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar

  • “Intellektual muhandislik tizimlari” kafedrasi
  • “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi
  • “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi
  • “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi

Ta’lim yo‘nalishlari nomi va tavsifi:

Bakalavr malakaviy darajasi:

  • 5311000 -Texnologik   jarayonlar  va  ishlab   chiqarishni   avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 5310900-Metrologiya,  standartlashtirish  va  mahsulot  sifati menejmenti
  • 5310800- Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 5312700-Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 5321700-Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
  • 60711800-Biotibbiyot muhandisligi
  • 60711000-Muqobil energiya manbalari
  • 60712000-Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi
  • 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari
  • 60610700-Sun’iy intellekt
  • 6061100-Telekommunikatsiya texnologiyalari

 

     MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI 

  • 70711001 - Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
  • 70712001 - Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi va elektronika sanoati texnologik mashinalari va jihozlari
  • 70611002 - Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari
  • 70710901-  Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar bo‘yicha)"
  • 70711401- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati)
  • 70711302- Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

Doktorantura ixtisosligi (PhD)

  • 05.05.06 - Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari 
  • 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
  • 05.03.01 - Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 05.05.08 – Elektronika

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, Farg‘ona politexnika instuti bilan Novosibirsk davlat texnika universiteti o‘rtasidagi energetika sohasidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, 2019-yildan bakalavriatning:

  • 5311000–Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish,

Yo‘nalishi mutaxasisliklari bo‘yicha talabalar qabul qilindi. Bunda, bakalavriatda o‘quv 2 yil davomida Farg‘ona politexnika instituti va 2 yil davomida Novosibirsk davlat texnika uniuversitetida bo‘lib, ikki tomonlama diplom oladilar. 

Amalga oshirilgan xalqaro loyihalar:

609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP raqamli SPACECOM: “Kosmik tizimlari va aloqa bo‘yicha yangi o‘quv dasturi”

609564-ЕРР-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP raqamli MechaUz" O‘zbekistonda "Mexatronika va robototexnika" bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish"

101128871-ERASMUS-EDU-2023-CBHE raqamli DEBSEUZ: “O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish”

2021-yil aprel oyidan Energetika fakuteti tarkibidan 2 ta fakultet tashkil etildi. Bu fakultetlar “Enegetika” va yangi “Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultet”lari deb nomlandi. Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti dekani lavozimiga Toxirov Muhammadrafiq Qodirovich tayinlandi.

Fakultet dekanining o‘rinbosari lavozimida M.Sobirov, S.Nomanjonov, S.O‘rmonov va T.Ma’rufjonov faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Fakultetda jami 66 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar bo‘lib, ulardan                     1 nafari professor, 16 nafari ilmiy darajalilar, 23 nafari katta o‘qituvchilar,                         27 nafari assistentlar,  7 nafar tyutorlar hamda 15 nafari o‘quv-yordamchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Fakultetda Rossiya Federatsiyaning Novasibirskiy Davlat Universiteti va Tomsk davlat universiteti, O‘zR FAning “Fizika-Quyosh”  Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Yadro fizikasi instituti hamda  Ion plazma va lazer texnologiyalar institutilari  bilan ilmiy tadqiqot sohalarida  o‘zaro hamkorlik aloqalari mavjud.

            Hozirda fakultetda 2 ta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy maktablar faoliyat olib bormoqda: 

  • t.f.d., professor Kasimaxunova Anoraxon Mamasadikovna rahbarligida “Muqobil energiya manbalari” ilmiy maktabi;
  • t.f.d., professor Ergashev Sirojiddin Fayazovich rahbarligida “Muqobil energiya manbalari asosidagi qurilmalarni yaratish va ulardan foydalanish” ilmiy maktabi;

            Fakultet kafedralari qoshida “Kompyuter savodxonligi”, “Dasturchi”, “Yosh metrolog” fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda va ushbu to‘garaklar fakultetdagi fan va texnikaga qiziquvchi iqtidorli talabalarni qamrab olgan.

            Fakultet professor o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari 609564-ЕРР-1-2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “MechaUz O‘zbekistonda “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish”, 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP raqamli SPACECOM: “Kosmik tizimlari va aloqa bo‘yicha yangi o‘quv dasturi”, 101128871-ERASMUS-EDU-2023-CBHE raqamli DEBSEUZ: “O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish” kabi loyihalari bo‘yicha chet el yetakchi universitetlarida malaka oshirish kurslarini o‘tab kelishmoqda.

 Fakultetda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beradigan raqobatbardosh, chuqur ilmli muhandislar tayyorlash uchun 1 ta ilmiy, 8 ta o‘quv laboratoriyalari hamda 6 ta kompyuter sinflari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ma’ruza mashg‘ulotlarini namunali tashkil etish maqsadida 10 ta mashg‘ulot xonasi interaktiv elektron doska va proektor bilan jihozlangan. Virtual laboratoriya ishlarini bajarish maqsadida 10 ta kompyuter jamlanmasidan iborat            1 ta kompyuter sinfi, shuningdek, Erasmus+ dasturi granti asosida olib kelingan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida “Mexatronika” “Axborot tizimlari” laboratoriya xonasi tashkil etilgan.

    Bugungi kunda fakultetda talabalarning aksariyati Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan bo‘lib, ayrimlari esa respublikamizning boshqa viloyatlari (jumladan Toshkent, Xorazm,  Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari)ning vakillaridir.

            Fakultetdagi iqtidorli va innovasion fikrlovchi talabalarni izlab topish, ularni turli tanlov va musobaqalarga jalb etish bo‘yicha ishlar tashkillanib, nomdor stipendiyatlar tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohiblari:

  • 2010-2011 o‘quv yilida – Tojiboyeva Muhayyo Djamoldinovna;
  • 2010-2011 o‘quv yilida – Isaqova Zilola Akramovna;
  • 2011-2012 o‘quv yilida – Obidov Jamshidbek G‘ayratjon o‘g‘li;
  • 2014-2015 o‘quv yilida – Umurzaqov Abrorbek Erkinjon o‘g‘li;
  • 2018-2019 o‘quv yilida – Umaraliyev Javlon Xamzabek o‘g‘li;

Kompyuterlashgan loyihlash tizimlari fakulteti barcha kafedralarida professor- o‘qituvchilarning navbatdagi ilmiy-amaliy seminarlari  bo‘lib o‘tdi. MS va MSM kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Abdumalikovaning "Biotibbiyot muhandisligining zamonaviy yutuqlari va muammolari" mavzusida seminar ma’ruzasida

E va A kafedrasi assistenti D.Hamdamovning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaror ijrosi yuritilishi bo‘yicha seminar ma'ruzasida

 IF va S kafedrasi katta o'qituvchisi I.Burxonovning "Asomiddin O‘rinboyevning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha seminar ma'ruzasida

  

IMT kafedrasi mudiri S.Yusupovning ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha seminar ma'ruzalari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglandi va muhokama qilindi.

Yaqinlashib kelayotgan “Yangi yil” munosabati bilan fakultetning talaba-yoshlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida oliygohimizda “FarPIda yangi yil karnavali” shiori ostida tadbir dasturi bo‘lib o‘tdi. Turli ko‘ngilochar o‘yinlar, raqslar va qo‘shiqlar og‘ushida o‘tgan karnavalda  “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari va fakultetning bir guruh faol yoshlar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Farg‘ona politexnika institutining madaniyat zalida, barcha prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va tyutorlar ishtirokida “Yangi yil” bayrami bo‘lib o‘tdi. Institutimiz rektori O‘.Salomov, yil davomida institut rivoji yo‘lida o‘z hissasini qo‘shgan fakultetmizning “Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi”, “Elektronika va asbobsozlik” kafedralarini bir qancha professor-o‘qituvchilarni bir qator nominatsiyalar bo‘yicha tabriklab, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Institutimizning talabalar turar joyida, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bo‘lib o‘tayotgan “Harbiy vatanparvarlik haftaligi” doirasida fakultetlararo “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi, unda Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetining “Everest” jamoa faol ishtirok etdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgust kungi 351-sonli buyrug‘ining 46-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 11-yanvar kuni Farg‘ona politexnika institutining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun oliygoh xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi L.Mamadaliyeva va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari birgalikda, “Eng mohir pazanda” ko‘rik tanlovini tashkil etdilar.

Farg‘ona politexnika institutida joriy yil 18-yanvar kuni “CyberTech” tanlovi o‘tkazildi unninig natijalariga ko‘ra, 3 ta o‘rinni ham Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetining talabalari egalladi.  Faxrli 1-o‘rinni 62-20 E va A guruhi talabasi A.Mamatxonov, 2-o‘rinni 70-20-guruh talabasi D.G‘aybullayev, 3-o‘rinni esa elita 56-22 guruh talabasi Sh.Vahobovlar egalladi. Shuningdek fakultetning quyidagi talabalari S.Sadullayev, T.Rustamov, X.Sherg‘oziyev, A.Rahimov ekspertlar tomonidan "Faol talabalar" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

Institut rektori O‘.R.Salomov, g‘olib bo‘lgan talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va kelajakda bu yoshlardan umidi katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tib, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirladi.

  

29.09.2023 yil kuni institutimizning Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetida, dekan M.Toxirov va tyutorlar ishtirokida, 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. So‘ngra, ma’naviyat zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida, Sh.Dexqonov ota-onalarga, institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, TTJlar faoliyati, ta’lim beruvchi malakali ustozlar haqida ham ma’lumot berib o‘tdi. Ota-onalarni tyutorlar, dekan o‘rinbosarlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga chorladi. Shuningdek, iqtidorli va iste’dodli talabalarning ota-onalariga raxmatnomalar topshirildi.

Farg‘ona politexnika institutida, Farg‘ona viloyati IIB bo‘limi boshlig‘i, mayor A.Mirzaliyev, Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetining 1-2-bosqich talabalari ishtirokida, “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida A.Mirzaliyev, yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyat, huquqbuzarlik, kiberjinoyat va turli xil psixotrop moddalar iste’molini oldini olish borasida talaba-yoshlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti