Yengil sanoat va to'qimachilik



Videolavha

FAKULTET DEKANI

Toshpulatov Iqboljon Adiljonovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)
Telefon: +998 91 6793098

 

FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT

“Yengil sanoat va to‘qimachilik” fakulteti 2020-yil fevral oyida “Mexanika” fakulteti bazasida tashkil etilgan, fakultetni birinchi dekani R.Anorov bo‘lib, 2020-2021–yillar davomida samarali faoliyat olib borgan.

 Hozirgi kunda “Yengil sanoat va to‘qimachilik” fakulteti dekani lavozimida dotsent I.A.Toshpulatov, “O‘quv ishlari bo‘yicha” dekan o‘rinbosarlari Nishonov Islombek Abdumuxtor o‘g‘li, Usmonov Nodirjon Botiraliyevich, Abduqaxxorov Ilxomjon Abduxamid o‘g‘li, “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” dekan o‘rinbosari Dadaqo‘ziyev Muzaffar Raxnomoyevich faoliyat olib bormoqdalar. Fakultet binosi Farg‘ona shahri Qirguli mavzesi, Yangi zamon ko‘chasidagi 15A-uyda joylashgan.

Bugungi kunda “Yengil sanoat va to‘qimachilik” fakulteti o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasi zamon talablariga javob beradigan asbob-uskunalar, dastgohlar bilan boyitilmoqda, o‘quv jarayonida texnik vositalar, kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘lami kengaytirilmoqda, pedagog kadrlar tarkibi yangi ilmiy darajali mutaxassislar hisobiga ilmiy salohiyat ortib bormoqda.

Fakultet tarkibida  quyidagi kafedralar mavjud;

  • “Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi” kafedrasi, kafedra mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Oripov Jasurbek Ikromjon o‘g‘li
  • “Tabiiy tolalar” kafedrasi, kafedra mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ubaydullayev Madamin Mo‘minjonovich
  • “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va ularni qayta ishlash texnologiya” kafedrasi, kafedra mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Asqarov Xasanboy Xoldorovich

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

6072040 – Konservalash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi

6072120 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: tikuv buyumlari texnologiyasi) ta’lim yo‘nalishi

6072120 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: trikotaj ta’lim yo‘nalishi

6072120 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm buyumlari texnologiyasi) ta’lim yo‘nalishi

6072130 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi

6072140 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi

6081130 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi

Magistratura: mutaxassisliklari

70721204 –  “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash” magistratura  mutaxassisligi

70721301– Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi

70721403 –Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari

70811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (Dala ekinlari mahsulotlari bo‘yicha)

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 1059 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 36 nafar magistrantlar, hammasi bo‘lib fakultetda 1095 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabalarga kredit-modul tizimi asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Professor – o‘qituvchilar tarkibi

Fakultetda  65 nafar  professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda.

Ulardan:   

                             3 nafar fan doktori (DcS);

                             2  nafar fan nomzodi;

                             7  nafar falsafa doktori (PhD);

                             9 nafar katta o‘qituvchi;

                             44 nafar assistent;

                             15 nafar doktorant (PhD);

                             12 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy salohiyat 38 % ni tashkil etadi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022- 2023 o‘quv yilida: darslik 5 ta;

O‘quv qo‘llanma 9 ta;

Monografiya 17 ta;

Xalqaro ilmiy jurnallarda (“Web of Science” va “Scopus” bazalar bo‘yicha) chop etilgan ilmiy maqolalar  - 18 ta;

Respublika Ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar 134 ta;

Xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 105 ta;

Guvohnoma (DGU) 93 ta;

10 dan ortiq  xalqaro va mahalliy grantlarga loyihalar tayyorlandi.

 Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi me’yoriy hujjatlari doirasida amalga oshiriladi. Fakultetdagi barcha guruhlarga malakali, tajribali va salohiyatli tyutorlar tayinlangan.

Fakultetda reja asosida guruh tyutorlari rahbarligida talabalar shahrimiz teatrlariga, muzeylarga, faxriylar ziyoratiga, shaharda o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga tashrif uyushtiradilar. O‘quv yili davomida guruh tyutorlari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” o‘tkaziladi.

    Fakultet ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatining yana bir muhim ko‘rsatkichlaridan biri talabalar ota-onalarining institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar bilan muntazam aloqasini yo‘lga qo‘yish, vaqti-vaqti bilan ularning uchrashuvlarini jonli muloqotlarini o‘tkazish talabalar tarbiyasini yaxshilash, davomatni ko‘tarish ishlarida yaxshi samara bermoqda. Ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha fakultet talabalari muammolarini o‘z vaqtida aniqlashtirish va hal qilishga qaratilgan “Taklif va mulohazalar” qutisi tashkil etilgan va so‘rovnomalar olinib tahlil qilinmoqda.

 

FAKULTETDA IQTIDORLI TALABALAR TOMONIDAN ERISHILGAN YUTUQLAR

          “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Turkiyaning “EGE”, Buyuk Britaniyaning “Nortgempton” universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida o‘tkazilgan Toshkent shahrida “UZCHARM - STYLE 2023” birinchi xalqaro ko‘rik-tanlovida  90-22 YSBKIT guruh talabalari Qaxxarov Muhammadamin Abdumannob o‘g‘li va Tavakkaljonov Iskandar Iqboljon o‘g‘li faol ishtirok etib g‘oliblar safidan joy olishdi.

“Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish” sportining "Tosh ko'tarish" turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqada Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti 109-23 YSBKIT guruh talabasi Nilufar Abdullajonova Ilhomjon qizi faxrli 1-o'rinni egallab "O'zbekiston kubogi" sohibasi bo‘ldi.

FAKULTETDA KORXONALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

“Fergana Global Textile” MCHJ va Farg‘ona politexnika instituti o‘rtasidagi imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga ko‘ra talabalarni kasbiy tayyorlash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni kelgusida ishga joylashtirish bo‘yicha ishlar samarali olib borilmoqda.

Shuningdek, fakultet quyidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan:

  • “O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti ”
  • “Yodgorlik” MCHJ
  • “A.Akbarali” MCHJ
  • “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish” DUK
  • “Ferghana Spinning” QK
  • “Bulut Textile” MChJ PTZ
  • “XUMO TO‘QIMACHI”  MCHJ
  • “Fergana Oceana” QK
  • “QUVA TEKISTIL” MCHJ
  • "Oritex" MCHJ
  • “ZIF TEXTILE” MCHJ
  • “POSCO INTERNATIONAL TEXTILE” QK
  • “Gigantes paxta qabul qilish maskani” tex claster
  • “Qo‘qon paxta tozalash” AJ
  • “MUSSAVAR TEX” 
  • “Xikmatilla Ota FAYZ INVEST”  xususuy korxonasi 
  •  “BS textile” Farg‘ona
  • “Uzwoolontex” MCHJ
  • “O‘Z PAXTASANOAT” AJ
  • “Farg‘ona paxta urug‘chiligi” MCHJ
  • “Lanmei” MCHJ xorijiy korxonasi
  • “Quvvat-ul Kamol” MCHJ
  • “Oltiariq baxmali” MCHJ
  • “Log Gigantes”  MCHJ
  • “RUS O‘ZBEK TEKSTIL” Q/K
  • “Uzwoolontex” MCHJ
  • “Hamza Expo Art” tekstil  xususuy  korxona
  • “Skorton tekstil” MCHJ.
  •  “Quva paxta qabul qilish maskani” tex klas
  •  “Beshariq to‘qimachi ” MCHJ
  • “FORALL TEXTILE” MCHJ
  • “Baland chaqir” tekstil MCHJ
  • “MINI SUPER” MCHJ

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti