ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI DEKANI
Nurmatov Orifjon Tolibjonovich
FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT
“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti 1973-yilning sentyabr oyida “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish texnologiyasi” fakulteti tarkibidan ajralib chiqdi. Fakultet tarkibiga o‘sha davrda “Oliy matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Chet tili”, “Ishlab chiqarish, sanoat iqtisodi va tashkil etish” kafedralari kiritilgan bo‘lib, 1976 yilda “Buxgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyatining tahlili”, 1977 yilda “Maishiy xizmat ko‘rsatish iqtisodi va tashkil etish”, 1994 yilda esa “Moliya va statistika” kafedralari tashkil etilgan.
Fakultetga 1973-1976 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dosent M.X.Xolmatov dekanlik qilgan. Bu yillar fakultetning tiklanish davri bo‘ldi, uning moddiy- texnika bazasi shakllandi, kafedralarga ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari va oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari ishga taklif etildi. Yirik korxonalar bilan aloqalar o‘rnatildi va ularning talablari asosida talabalar qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
O‘quv jarayonini takomillashtirish va kabinetlarni jihozlashda N.Toshmamatov, N.Shabanov, R.Altinboyeva, A.K.Qosimov, J.Mamajonov, Q.Boyqo’ziyev, A.Abdurazzaqov va boshqalar faol ishtirok etganlar.
1976-1984-yillarda fakultet dekani lavozimida G.M.Hamidova faoliyat ko‘rsatgan. U rahbarlik qilgan davrda fakultetda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlandi. Yosh o‘qituvchilar mamlakatning markaziy oliy o‘quv yurtlari aspiranturalariga o‘qishga yuborildilar. Tez orada fakultet kafedralari uchun N.T.Toshmamatov, R.Ya.Temirbulatov, O.Pardayeva, A.Soliev, M.A.Ikromov, V.Tsoy singari ilmiy darajali kadrlar tayyorlandi.
1984-1986-yillarda fakultetda dosent Q.S.Ergashev, 1986-1987 yillarda dosent Z.M.Tojiboev, 1988-1989 yillarda professor Yu.J.Jalolov, 1989-1991 yillarda dosent E.M.Mo’ydinov, 1992-1993 yillarda dosent N.T.Toshmamatov dekan lavozimida faoliyat yuritdilar.
1993-2000-yillarda fakultetga M.A.Ikromov rahbarlik qildi. 2000-2001 yillarda fakultetni dosent A.L.G‘ofurov boshqardi. 2001-2005 yillarda I.T.Yormatov, 2005 yili I.N.Ismanov, 2005-2008 yillarda A.M.Abdullaev, 2008-2021-yillarda I.T.Yormatov dekan lavozimida ishladilar. 2021- yil 20-aprelidan fakultetga I.Jaxongirov rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultetda dekan lavozimida quyidagi olimlar ishlagan.
- 1973-1976 yillarda dots. M.X.Xolmatov
- 1976-1984 yillarda dots. G.M.Xamidova
- 1984-1986 yillarda dots. Q.S.Ergasheva
- 1986-1987 yillarda dots. Z.M. Tojiboyev
- 1988-1989 yilda dots. Yu.J.Jalolov
- 1989-1991 yillarda dots. E.M. Mo’ydinov
- 1991-1993 yillarda dots. N.T.Toshmamatov
- 1993-2000 yillarda dots. M.A.Ikromov
- 2000-2001 yillarda dots. A.L.G’ofurov
- 2001-2005 yillarda dots. I.T.Yormatov
- 2005 yilda dots. I.N.Ismanov
- 2005-2008 yillarda dots. A.M.Abdullayev
- 2008-2021 yillarda dots I.Yormatov
- 2021-2022 yillarda i.f.n. (PhD) I.Jaxongirov
- 2022-yil 4-iyundan boshlab fakultetga i.f.n. (PhD) Nurmatov Orifjon Tolibjonovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
- “Iqtisodiyot” kafedrasi.
- “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi
- “Menejment” kafedrasi
- “Tillarni o‘rgatish” kafedrasi.
3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
- 5230100 – Iqtisodiyot ( tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 5230200 – Menejment ( tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
Fakultetda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, tayyorlanayotgan bakalavrlar bilim darajasini nazorat qilish va aniqlashning yangi usullarini joriy etish, amaliyot bilan ta’lim orasida uzluksiz bog‘lanishni tashkil etish maqsadida bitiruvchilar va malakaviy ishlari mavzularini korxonalar buyurtmalari asosida shakllantirish va bajarish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.
Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2003-2004-o‘quv yilida “Moliya” ta’lim yo‘nalishi talabasi N.Tursunboyevaning Prezident stipendiyasi sohibasi, 2015-2016 o‘quv yilida “Kasb ta’limi(Iqtisodiyot)” ta’lim yo‘nalishi talabasi S.Abdullayevaning “Navoiy” stipendiyasi, 2016-2017 o‘quv yilida “Kasb ta’limi(Iqtisodiyot)” ta’lim yo‘nalishi talabasi A.Abduqodirovlarning “Navoiy” stipendiyasi sohibi, 2017-2018 o‘quv yilida “Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabasi S.Qodirov “Islom Karimov” nomidagi stipendiya sohibi, 2018-2019 o‘quv yilida “Kasb ta’limi(Iqtisodiyot)” ta’lim yo‘nalishi talabasi Z.Umaraliyev “Islom Karimov” nomidagi stipendiya sohibi, 2019-2020 o‘quv yilida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi talabasi S.Xabijonov “Islom Karimov” nomidagi stipendiya sohibi, 2020-2021 o‘quv yilida “Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabasi Sh.Komiljanov “Islom Karimov” nomidagi stipendiya sohibi, 2021-2022 o‘quv yilida “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabasi Sh.To‘ychiyeva “Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lganligi va boshqa o‘nlab nomdor stipendiatlarning etishib chiqqanligi fakultet professor-o‘qituvchilarining samarali mehnatlari natijasi bo‘ldi. Bir qator talabalar respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarning g‘oliblar deb topilgan. N.Tursunboyeva Shotlandiya magistraturasini tamomlab, Vestminster universiteti Toshkent filialida talabalarga ta’lim bermoqda. Bir qator talabalarimiz milliy va hududiy musobaqalarda g‘olib bo‘lishdi. 2020-2021 o‘quv yilida “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabasi S.G‘anijonova "UNIVERSIADA-2020" sport musobaqalarining “Milliy kurash” turi bo‘yicha Respublika final bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Fakultetimiz bitiruvchisi N.Tursunbayeva Shotlandiyada magistraturani tamomlab, hozirgi kunda Vestminter universitetining Toshkent shahar filialida ishlab kelmoqda.
Fakultetda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu davrda 1 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi dissertasiyalari himoya qilindi. Hozirgi kunda 3 nafar yosh, iqtidorli o‘qituvchilar fan nomzodi dissertasiyalarini himoyaga tayyorlashmoqda. Bir qator yosh mutaxassislar Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasida malaka oshirdilar. Shuningdek, oxirgi 3 yil ichida 2 nafar Beruniy nomidagi Davlat stipendiantlari tayyorlandi.
Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarda 89 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 3 nafari fan doktori, professor, 17 nafari fan nomzodi, dosent, 8 nafar PhD katta o‘qituvchi, 24 nafari katta o‘qituvchi va 36 nafari assistentlardir.
Fakultetda 807 nafar talaba ta’lim olmoqda, ularning 126 nafarini qizlar, 681 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Shu bilan birga, etakchi olimlar tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etilmoqda.
O‘tgan davrlar ichida fakultetni 12 mingdan ortiq mutaxassis bitirib chiqqan va ularning aksariyati iqtisodiyot tarmoqlarida turli lavozimlarda ishlamoqdalar.
1992-yilda “Iqtisodiyot” kafedrasi dosenti Murad Akramovich Ikromov doktorlik dissertasiyasini yoqladi va 1993-yildan boshlab 2000-yilgacha fakultetga rahbarlik qildi. U o‘z faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e’tibor berdi, uning rahbarligida xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy ishlar bajarila boshladi, yoshlarni aspirantura va doktoranturaga o‘qishga jo‘natish ishlariga katta ahamiyat berdi. M.Ikromov regiondagi korxona va tashkilotlar ehtiyojlarini, talab va takliflarini o‘rganish asosida fakultetda “Menejment” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ishlariga rahbarlik qildi. Murad Akramovich 2001 yildan boshlab Toshkent avtomobil yo‘llari institutida prorektor, 2003 yildan Toshkent aviasiya institut rektori, 2008-2011-yillarda Toshkent avtomobil yo‘llar instituti rektori, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari, 2012-2013-yillarda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2013-yildan Toshkent iqtisodiyot universiteti professori lavozimida mehnat qilib kelmoqda.