image

Japanese Training Program

  QURILISH FAKULTETI DEKANI

  Davlyatov Shoxrux Muratovich

  Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (15:00 - 17:00)

  Telefon:+998936450045

  E-mail: sh.davlyatov@ferpi.uz

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 Umirzaqov Zuxriddin Axtamboyevich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (9:00-17:00)

Telefon: +998973379004

E-mail: z.umirzaqov@ferpi.uz

 

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarilari:

Alaxanov Zokir Muxriddinxonovich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (9:00-17:00)

Telefon: +99893-735-00-37

E-mail: z.m.alaxanov@ferpi.uz

 

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarilari:
Mo‘minov Oybek Alisher o‘g‘li
Qabul vaqti: Juma-Shanba (9:00-17:00)
Telefon: +99890-532-22-21
E-mail: muminov.oybek@ferpi.uz

 

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarilari:

Abdurazakov Axmadullo Muxammadovich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (9:00-17:00)

Telefon: +99890-040-90-85

E-mail: a.abdurazzaqov@ferpi.uz

 

FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT

1969 yilda umummuhandislik fakulteti tarkibidan Qurilish-geologiya fakulteti ajralib chiqdi va fakultetda “Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda “Neft va gaz quduqlarini parmalash” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Yangi ochilgan Qurilish-geologiya fakulteti dekani lavozimiga geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dosent H.A.Ahmedov tayinlangan. Habibullo Ahmedovich o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan fakultet tarixida sezilarli iz qoldirdi. Rahbarlik davrida yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan H.A.Ahmedov hamkasblari va talabalar mehrini qozondi.

Dastlab fakultet tarkibida “Organik kimyo” hamda “Xorijiy tillar va rus tili” kafedralari faoliyat olib borgan, 1969 yilga kelib “Umummuhandislik va geologiya fanlari” kafedrasidan “Geologiya va qurilish fanlari” kafedrasi ajralib chiqqan. 1979 yilda “Qurilish mexanikasi” kafedrasi negizida “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevor” kafedrasi tashkil qilindi.

1972 yili institutning dastlabki bitiruvchilari orasidan eng iqtidorlilari tanlab olinib, kafedralarga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. Qurilish fakultetini bitirib institutga ishga qoldirilgan yoshlar orasida M.Samixonov, F.Badriddinov, A.A.Ahmedov, S.Tursunov, O.Hamroliyev, B.Qahhorov, A.T.Mirzaahmedov, E.K.Umurzaqov, M.P.Ignatova, G.E.Oyzerskaya, R.I.Oxunboyev va boshqalar bor edi. Ulardan dosent A.Mirzaahmedov va R.Oxunboyevlar bugungi kunda ham institutda mehnat qilmoqdalar.

1972 yilga kelib fakultet tarkibida “Arxitektura va qurilish fanlari”, “Rus tili”, shuningdek, “Qurilishni tashkil etish”, “Qurilish konstruksiyalari” va “Qurilish mexanikasi” kafedralari ochildi.

1973 yilda “Arxitektura va qurilish fanlari” kafedrasi ikkiga bo‘linib, “Arxitektura” hamda “Fuqaro va sanoat qurilishi” kafedralari tashkil etildi.

1975-1976 yillarda t.f.n., dosent A.Abdug‘aniyev fakultet dekani lavozimida ishladi.

1976-1987 yillarda hamda 1995-1998 yillarda qurilish fakulteti dekani lavozimida dosent R.D.Teshaboyev faoliyat ko‘rsatgan. Bu davrda fakultet institutdagi eng yirik jamoalardan biri bo‘lgan. R.Teshaboyev rahbarlik qilgan yillarda “Student-qurilish otryadlari” tashkil etish ishlariga jiddiy e’tibor berilgan. Talabalar yozgi ta’til davrida Ivanovo, Tyumen, Tolyatti, Kemerovo va O‘zbekiston Respublikasining bir qancha viloyat va shaharlaridagi yirik qurilishlarda ishtirok etgan. Bu otryadlar, ayniqsa, institut binolari qurilishida faol qatnashib, jamoatchilik olqishiga sazovor bo‘lgan. Tajribaga ega bo‘lgan bu otryadlar paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida shahardagi sanoat korxonalari qurilishida ishlash uchun jalb qilingan.

1987 yilda fakultet dekani lavozimiga demokratik saylov asosida dosent M.H.Zokirov saylangan va 1991 yilgacha ishlagan. Ushbu yillarda fakultetda yangi “Qurilishni tashkil qilish va iqtisod”, “Shaharsozlik va kommunal xo‘jalik” mutaxassisliklari ochilgan.

1991-1995 yillarda dekan lavozimida dosent A.Abdug‘aniyev,

1998-2000 yillarda dosent S.Tursunov, 2000-2001 yillarda dosent E.Umurzaqov,

2001-2003 yillarda dosent M.N.Nabiyev,

2003-2004 yillarda professor A.I.Abdurahmonov,

2004-2005 yillarda dosent Q.I.Maxsimov,

2005-2009 yillarda dosent M.A.Davlyatov,

2010-2012 yillarda dosent E.O‘.Madaliyev,

2012-2013 yillarda professor I.N.Ismanov,

2013-2014 yillarda Y.M.Mahkamov, 2009-2010,

2014-2017 yillarda dosent J.D.Ahmedov,

2017-2019 yillarda Sh.A.Dexkanov,

2019-2021 yillarda E.M.Yunusaliyevlar faoliyat ko‘rsatgan.

2021 yil may oyidan fakultet dekani lavozimida dosent Sh.M.Davlyatov faoliyat yuritmoqda.

Fakultetda dekan lavozimida quyidagi olimlar ishlagan

  • 1975-1976 yillarda t.f.n., dosent A.Abdug‘aniyev
  • 1991-1995 yillarda dosent A.Abdug‘aniyev
  • 1995-1998 yillarda dosent R.D.Teshaboyev
  • 1998-2000 yillarda dosent S.Tursunov
  • 2000-2001 yillarda dosent E.Umurzaqov
  • 2001-2003 yillarda dosent M.N.Nabiyev
  • 2003-2004 yillarda professor A.I.Abdurahmonov
  • 2004-2005 yillarda dosent Q.I.Maxsimov
  • 2005-2009 yillarda dosent M.A.Davlyatov
  • 2010-2012 yillarda dosent E.O‘.Madaliyev
  • 2012-2013 yillarda professor I.N.Ismanov
  • 2013-2014 yillarda Y.M.Mahkamov
  • 2009-2010, 2014-2017 yillarda dosent J.D.Ahmedov
  • 2017-2019 yillarda Sh.A.Dexkanov
  • 2019-2021 yillarda E.M.Yunusaliyev

Hozirgi kunda Qurilish fakulteti institutdagi peshqadam jamoalardan biri hisoblanadi. Fakultetda mavjud 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida hozirgi kunda jami 1526 nafar talaba ta’lim olmoqda.

Fakultet dekani muovini lavozimlarida Z. Abdurazakov, Z.M.Alаxanov, O.A.Mo‘minov Z.А.Umirzaqovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda fakultetda 5 ta kafedra “Bino va inshootlar qurilishi”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr”, “Muhandislik kommunikatsiyalari va qurilishi”, “Arxitektura” va “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedralari  mavjud bo‘lib,  ularda 86 dan ortiq professor-o‘qituvchilar mehnat qiladilar. Ularning 1 nafari fan doktori, 20 nafari fan nomzodi, dosentlardir.

Qurilish fakultetida zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan 6 ta laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, har o‘quv yilida ularda 90 dan ortiq laboratoriya ishlari bajariladi.

 

BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI

  • Bino va inshootlar qurilish
  • Shahar qurilishi va xo‘jaligi
  • Yo’l muxandisligi
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi
  • Arxitektura
  • Muhandislik kommunikatsiyalari va qurilishi”, “Arxitektura” va “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

 

Fakultetda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, tayyorlanayotgan bakalavrlar bilim darajasini nazorat qilish va aniqlashning yangi usullarini joriy etish, amaliyot bilan ta’lim orasida uzluksiz bog‘lanishni tashkil etish maqsadida bitiruv malakaviy ishlari mavzularini korxonalar buyurtmalari asosida shakllantirish va bajarish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.

O‘ZARO HAMKORLIK

  • Qurilish fakulteti O`zbekiston Respublikasi "Davrarxitexqurilish" qo`mitasi bilan doimo ilmiy-ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilib kelmoqda.
  • Toshkent arxitektura va qurilish instituti 
  • Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institut
  • SamDAQI

Bundan tashqari, mamlakatimizning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan doimiy xamkorlik olib boradi:

“Farg‘ona Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, “Farg‘onafuqaroloyiha”, “Davr-AT”, “Al-Me’mor-A”, “Qo‘qonqurilishloyiha”, “Farg‘onalandshaftdizayn”, “Emaks” va bir nechta loyihalash institutlari xodimlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

 

FAKULTETIDA AMALGA OSHIRILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

     Fakultetda belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ish reja asosida tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Institut miqyosida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarida fakultet talabalari, professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib kelmoqda. Fakultet talabalari Respublika, xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdalar.

O‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti