Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor



Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘li 1986-yil 26-noyabrda Farg’ona viloyatida tug’ilgan. Millati - oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 2007-yilda Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. Iqtisodiyot fanlari doktori(DSc). O‘zbek, rus, ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi. 50 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi, 10 dan ortiq davlatlarning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan. Faoliyati mobaynida 28 ta xorijiy davlatda bo’lgan. Mehnat faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi hamda Sog’liqni saqlash vazirligida ishlagan. 2021- yil aprel oyidan boshlab Farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani, 2022-yil 10-may sanasidan institut Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Mehnat faoliyati:

2003 - 2007 yy. Farg‘ona politexnika instituti talabasi
2007 - 2009 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
2009 - 2010 yy. Farg‘ona politexnika instituti iqtisodiyot kafedrasi assistenti
2011 - 2013 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi
2013 - 2015 yy. Farg‘ona politexnika instituti iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
2015 - 2016 yy. “Jahongirov Ilmdor” oilaviy korxonasi rahbari 
2016 - 2016 yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi yetakchi mutaxassisi
2016 - 2018 yy.  G.M.Plexanova nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti doktoranti 
2018 - 2018 yy.  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
2018 - 2019 yy.  Farg‘ona politexnika instituti mustaqil izlanuvchisi
2019 - 2020 yy. Sog‘liqni saqlash vazirligi majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish bo‘limi bosh mutaxassisi
2020 - 2021 yy. Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati Tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i
2021 y. – 2022 yy.  Farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani.
2022- yil may oyidan hozirgi kungacha  Farg‘ona politexnika institute Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori.

 

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti