KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI DEKANI
Mirzaqulov Gʻulomqodir Raxmatulloyevich
FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT
1993-yilda Farg‘ona viloyati hududidagi korxonalarda mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortishi munosabati bilan “Noorganik moddalar texnologiyasi” va “Sanoat ekologiyasi” mutaxassisliklari bilan yangi Kimyo-texnologiya fakulteti tashkil etildi hamda «Konservalash texnologiyasi» va «Yog‘-moy texnologiyasi» mutaxassisliklari bo‘yicha ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
1994-yilda «Kimyo-texnologiyasi va biotexnologiya», 2001-yildan boshlab «Oziq-ovqat texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Shuningdek, 2016-yildan “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” hamda 2017-yilda “Kasb ta’limi (Kimyoviy-texnologiya 2023 –yilda 60721000 - Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi va 60710200- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Hozirgi kunda Farg’ona shahrining yirik sanoat korxonalarida fakultet kafedralarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonidagi nazariy bilimlarni to‘liq amaliyоtda mustahkamlanishiga yordam beradi.
Fakultetning xorijiy hamkorligi: Tomsk davlat texnika universiteti, Tomsk davlat universiteti, Novisibirsk davlat texnika universiteti, Osh davlat universiteti, Osh davlat texnologiyalar universiteti, Qozoq milliy agrar universiteti, Kazan Federal universiteti.
FAKULTET KAFEDRALARI
- “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
- Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi
- Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
BAKALAVRIAT TA'LIM YO'NALISHLARI
- 60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- 60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
- 60720500- Funksional ovqatlarish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
- 60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
- 61020200 – “Mehnat muhofazasi va texnika xafvsizligi” ta’lim yo‘nalishi
- 60721000 - Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
- 60710200- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
- 5A320401 - Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- 5A321003 - Oziq-ovqat xavfsizligi
- 70721102- Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi
FAKULTETDA DEKAN LAVOZIMIDA QUYIDAGI OLIMLAR ISHLAGAN
- 1993-2004-yillarda t.f.n Mirsalimova Saodat Raxmatjanovna,
- 2004-2008-yillarda t.f.n., Salim Sottievich Sobirov,
- 2008-2011-yillarda q.x.f.d. Odiljon Olimjonovich Ibragimov,
- 2011-2013-yillarda t.f.n., dotsent Omonullo Numonovich Sulaymonov,
- 2013-2014-yillarda q.x.f.n. Umarali Rustamovich Tojiboev,
- 2014-2015-yillarda t.f.n. Rustam Abduraxmonovich Anorov.
- 2015-2018-yillarda f.-m.f.n, Germaniya Ozodlik universiteti tabiiy fanlar doktori, Jahongir Dehqonovich Mamajonov
- 2018- 2019-yillarda t.f.(PhD). Tojiyev Rustam Rasulovich
- 2019-2020-yilarda t.f.d. Xamdamova Shoxida Sherzodovna.
- 2020-2021-yillarda t.f.d. (PhD). Usmonov Shukurullo Yulbarsovich
- 2021-2022 yillarda t.f.d. (PhD). Sulaymonov Omonjon Numonovich
- 2022 -2023 yilda Texnika fanlari doktori (DSc)Tojiyev Rustambek Rasulovich
2023-yildan t.f.(PhD). Mirzaqulov Gʻulomqodir Raxmatulloyevich dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘tgan davr mobaynida fakultetni 3000 nafardan ortiq mutaxassis tamomlab, hozirgi kunda ular Respublikamizdagi “Farg‘onaazot” AJ, “FNQIZ”, “Farg‘ona yog‘-moy”, “Farg‘onadon”, “Qo‘qon superfosfat”, “Qo‘qon spirt”, “Qo‘qon yog‘-moy”, “Quvasoy sement” kabi yirik korxonalarda va tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqdalar.
Fakultetda kafedralarida jami 107 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 3 nafar professor, 6 nafar fan doktori, 17 nafar dotsent, 84 nafar o‘qituvchilar va 11 nafar doktorantlar faoliyat olib boradilar. Ularning tashabbusi bilan 10 marotaba respublika va 1 marotaba xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.
O‘tgan davr ichida fakultetning ko‘plab iqtidorli talabalari a‘lo o‘qishlari va namunali hulqi, jamoat ishlaridagi faol ishtiroklari uchun davlatimizning nomdor stipendiyalariga sazovor bo‘lganlar. Jumladan:
- Minavarova Barchinoy 1997-yilda “Beruniy” va 1998-yilda “Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Turdaliyev Umidjon 2003-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Hadyatullaeva Nafisa 2005-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Raxmonov Shuhrat 2008-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Domlajonova Shahlo 2007-yilda Evroosiyo tadqiqotlar institutining D.I.Mendeleev nomidagi xalqaro stipendiyasi sovrindori bo‘lganlar
- Turdaliyeva Mahzuna 2009-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Aliyeva Farida 2015-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Hakimov Farrux 2015-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Axmedova Feruza 2017-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Shodiyev Dilshodjon 2018-2019 - o'quv yilida “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori,
- Baxtiyorova Diyora 2019-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi,
- Tursunova Dilnoza 2021-yilda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi,
- Oripova Zarnigor 2022-yilda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan.
- Tursunaliyeva Feruza 2022 yilgi Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori
- Tursunaliyeva Feruza – 2023 yil “Prezident” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
O‘tgan davr mobaynida fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida A.Matkarimov, A.Sobirov, A.Rahimov, A.Shayev, R.Anorov, O.Rahmonov, N.Abdug‘anievlar samarali mehnat qilganlar. Bugungi kunda G‘.Mirzaqulov, A.Aminjonov va Z.Kamolovlar o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
O‘tgan davr mobaynida fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida A.Matkarimov, A.Xasanov, A.Sobirov, A.Rahimov, N.Abdug‘aniyev, R.Anorov, A.Shaev, O.Rahmonov, F.To‘xtashevlar samarali mehnat qilganlar. Bugungi kunda A.Aminjonov, Z.Kamolov va O.Odilov o‘quv faoliyatini hamda D.Shodiyev ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Fakultetdagi mavjud o‘quv-me’yoriy hujjatlarni namunali tashkil etish va rasmiylashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni va axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar tashkillangan va amalga oshirib borilmoqda. Yosh avlod tarbiyasida ta’lim muassasasi bilan ota-onalar hamkorligi g‘oyat muhim o‘rin tutishini inobatga olgan holda, ota-onalar bilan muloqot o‘rnatilib, talabalarning davomati va o‘zlashtirishlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida E.Qurbonov, S.S.Sobirov, B.Usmonov, A.Bozorov, X.Asqarov, U.Ergashevlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bugungi kunda bu lavozimda faoliyat yuritayotgan R.Madumarov fakultet talabalarining ma’naviy ongini shakllantirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkillash maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga katta e’tibor qaratishgan.