Farg’ona politexnika instituti haqida ma’lumot



Farg’ona politexnika instituti haqida ma’lumot Farg’ona politexnika instituti 1967 yilda sobiq Ittifoq Ministrlar Sovetining 1963 yil 9 may № 533-raqamli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1967 yil 14 iyun № 251-a hamda 1967 yil 21 avgust № 330-raqamli buyruqlari asosida tashkil qilingan. Hozirgi kunda institutda 14768 nafar talaba 2 smenada tahsil olmoqda va ularga 500 dan ortiq professor-o’qituvchilar dars berib kelmoqdalar. Institutning 31 ta kafedrasini o’z ichiga olgan 8 ta fakultetida 38 ta bakalavriat va magistratura bo’limida 18 ta ta’lim yo’nalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Farg’ona politexnika instituti moddiy texnik bazasi tarkibida o’quv-auditoriya xonalarining soni 196 tani tashkil etadi. Institutda 22 ta kompyuter zallarida jami 1244 ta kompyuter o’rnatilgan va ularning 995 tasi internet tarmog’iga ulangan. Institutda 400 o’ringa mo’ljallangan ovqatlanish majmuasi va 70 o’ringa mo’ljallangan 3 ta bufet faoliyat ko’rsatmoqda. Institutning 5 ta talabalar turar joyi mavjud bo’lib, ularda 1900 dan ortiq talaba yashaydi. Institutda fan doktori 24 nafarni, fan nomzodi (phd) 144 nafarni hamda nomdor stipendiyant talabalar soni 8 nafarni tashkil etadi. Professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar tomonidan jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish uchun yopiq tarzdagi gandibol, voleybool, fudbol, basketbol va ochiq tarzdagi fudbol, basketbol, voleybol maydonlarini o’z ichiga olgan sport majmuasi hamda talabalar yotoqxonasi hududida ochiq tarzdagi sport maydonlari mavjud. Bundan tashqari, bugungi kunda institutda axborot texnologiyalariga oid fanlarni “Bir million dasturchi” loyihasiga oid dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish maqsadida institutda IT Incubator, talabalarga xizmat ko’rsatish markazi (Renessens Holl), talabalar innovatsiya markazi (UNITEinn), IT dasturlash markazi, media markaz, “alphaedu” tillar markazi, patentlash markazi, avtomaktab markazi, “TECHNOWAYS - Yoshlar biznes inkubatori" o’z faoliyatini yuritmoqda. Oliygoh qoshida tashkil etilgan 8 ta markaz, 11 ta Spin-off kompaniyalarida 280 ta ish o’rni yaratildi va u yerda ishlovchilarning barchasi institut talabalaridir.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti