Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi



Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi haqida

        Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.

Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;
  • institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • institutni ichki attestasiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
  • attestasiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
  • institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
  • institutning o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
  • institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Davlat inspeksiyasining topshirig’iga binoan institutlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
  • bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
  • institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;
  • institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;
  • o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;
  • institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;
  • ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

Bo’lim quyidagi majburiyatlarga ega:

  • Xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o’z sha’niga dog’ tushirmaydi;
  • Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda institutning ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestasiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi haqida Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.

Me’yoriy xujjatlar:

  1.   Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi to'g'risidagi nizom
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4119-sonli Qarori. Toshkent sh., 2019-yil 16-yanvar,
  3. «Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qarori, Toshkent sh., 2019-yil 7-iyun.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-sonli qarori, Toshkent sh., 2017-yil 18-iyul.

 

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassislari

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Qosimov Latifjon Muxsinovich

Telefon: (73) 241-12-00

E-mail: l.m.qosimov@ferpi.uz

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Ismoilov Muslimbek Murodjon o'ғli

Telefon: (73) 241-12-00

E-mail: muslimbekismoilov@mail.ru

 

 

  

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti