Xorijiy safarlar

    Evropa ittifoqi Kengashiga raislik qilayotgan Finlandiya, Yevropa tashqi harakatlar xizmati, Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili va Yevropa komissiyasi tomonidan 2019 yil 22 – noyabr kuni Bryusselda "Evropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo ta'lim konferensiyasi – ta'lim orqali barqaror kelajak" xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

    Konferensiyaning maqsadi:

    Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi 2014-2020 yillardagi hamkorlik natijalarini sarhisob qilish;

    Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasi doirasida, xususan, 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan «Erasmus +» dasturini amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyo platformasining navbatdagi bosqichini muhokama qilish;

ferpi.uz

    Ushbu xalqaro konferensiyada Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vaziri o‘rinbosari U. Begimqulov boshchiligida oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlaridan iborat quyidagi tarkibdagi delegasiya ishtirok etdi:

-  Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov;

-  Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.Turabdjanov;

-  Farg‘ona politexnika instituti rektori O.Otaqulov;

-  O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori R.Shirinova;

-  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori D.Begmatova.

    Xalqaro konferensiyada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining ta'lim masalalari bo‘yicha yuqori lavozimdagi mutaxassislar qatnashib, ta'lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar bo’lib o’tdi.

    Konferensiyaning 22-noyabr juma kungi kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi, jumladan:

-  Tabrik so‘zi: Xanna Lehtinen, elchi, Yevropa Ittifoqining Finlandiyadagi doimiy vakili

-  Kirish so‘zi: Jaana Palojarvi, Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor, ta'lim va madaniyat vazirligi, Finlandiya.

1-sessiya: O‘rta Osiyoda oliy ta'lim va kasbiy tayyorgarlik: umumiy sharh.

-  Mintaqada shu vaqtgacha erishilgan yutuqlarni hisobga olish;

-  Nimaga erishilganligini namoyish qilish imkoniyati Erasmus / Horizon 2020 va CAEP.

-  Evropa ittifoqining ikki tomonlama  qo‘llab-quvvatlash harakatlari va Yevropa ta'lim jamg‘armasi.

-  O‘rta Osiyoning yangi strategiyasi taqdim etiladi, unda oliy ta'lim, kasbiy ta'lim va o‘qitish, shuningdek, yoshlarning ish bilan ta'minlanishi.

2-sessiya: O‘rta Osiyoda innovatsion o‘qitish va ta’lim.

-  Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimlarini modernizasiya qilish;

-  Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida innovasiyalar va raqamlashtirish, xususan raqamli ta'lim, aralashgan va virtual o‘rganish (harakatchanlik) va unga bog‘liq sifatlar masalasi.

-  Mehnatga asoslangan o‘qitish raqamli tomonga qo‘shimcha ravishda innovasion yondashuv sifatida (xususiy sektor /ish beruvchilar/ ijtimoiy sheriklar uchun muhim kirish joyi Kasb-hunar ta'limi tizimida ishtirok etish);

-  Evropa ittifoqi darajasida ishlab chiqilgan va Markaziy Osiyoga olib boriladigan ko‘rgazmalar munozalarga istiqbol;

-  Tadbirkorlik uchun ta'lim va kasbiy mahorat markazlari

3-sessiya: O‘rta Osiyoda bo‘lajak ko‘nikmalar, ishga joylashish va tadbirkorlik

-  Markaziy Osiyoda yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirish va ish bilan ta'minlashga e'tiborni qaratish;

-  Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviy oliy ta'limni rivojlantirish doirasida Ta'lim va kasb-hunar ta'limi sohasini o‘rganish kerakligi.

   Shuningdek, Xalqaro konferensiyada Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Eduards Stiprays, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi maxsus vakili Piter Burian, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Xakimov va O‘zbekistondagi “National Erasmus+” ofisi koordinatori Aziza Abduraxmonovalar qatnashib, ta'lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar qilindi.

    Tadbir davomida vazirlik delegasiyasi Yevropa Ittifoqi davlatlarining nufuzli universitetlar vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.

    Bugungi kunda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan oliy ta'lim sohasida Erasmus+ dasturi va Markaziy Osiyo ta'lim platformasi kabi loyihalar doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.

    O’tkazilgan ushbu konferensiya O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Yevropa Ittifoqi oliy ta'lim muassasalari bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti