Institut magistrant, talaba va professor-o'qituvchilari ushbu hamkorliklar doirasida horijiy o'quv muassalarida o'z tajriba va malakalarini oshirib kelishmoqda.
V.G.SHuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti va Farg’ona politexnika instituti o’rtasida tuzilgan kelishuvga asosan ikki oliy ta’lim muassasalari bazasida “Texnologik jihozlar va komplekslar” Rossiya-O’zbek qo’shma fakulьteti ta’sis etildi. Qo’shma fakulьtetni tashkil etishdan maqsad, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi o’zaro manfaatli integratsion aloqalarni takomillashtirish asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishdan iborat.
Xorijiy OTMlaridan malakali professor va mutaxassislarni jalb qilish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
- 10 may 2017 yil kuni Indoneziyaning Gunadarma universiteti rektori Ye.S.Margianti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida ushbu universitet bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida memorandum imzolandi. SHuningdek, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga doir taqdimot o’tkazildi.
- Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan o’zaro hamkorlik doirasida 14.06.2017 yil kuni universitet “Xalqaro aloqalar” bo’limi boshlig’i CHanishev Nail Tagirovich va universitet Neft va gaz konlarini qidirish va o’zlashtirish (Razvedka i razrabotka neftyanix i gazovix mestorojdeniy (RRNGM)) kafedrasi professori Raximov Ne’mat Raximovichlar tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida institut talabalari va professor-o’qituvchilari ishtirokida seminar o’tkazildi. Seminarda CHanishev Nail Tagirovich universitet va unda mavjud ta’lim yo’nalish va mutaxassisliklari to’g’risida taqdimot o’tkazdi.
- V.G.SHuxova nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti texnika fanlari doktori, professor Alimatov Baxadir Abdumannonovich 2017 yilning 22-25 avgust, 03-10 oktyabr kunlari institutga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Mexanika va mashinasozlik fakulteti talabalari uchun seminar o’tkazildi.
- Ufa davlat neft-texnika universiteti Neft va gaz konlarini qidirish va o’zlashtirish (Razvedka i razrabotka neftyanix i gazovix mestorojdeniy (RRNGM)) kafedrasi professori Raximov Ne’mat Raximovich joriy yilning 7,18 dekabr kunlari institutga tashrif buyurdi hamda energetika fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi.
O’zbekiston Respublika Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PF-5121-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda nomzodlarni 2017-2018 o’quv yilida chet elning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy kadrlarning malaka oshirishlari va stajirovka o’tashlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini magistratura va PhD dasturlari bo’yicha o’qitishning Maqsadli Dasturiga asosan Farg’ona politexnika institutidan quyidagi grant sohiblari magistratura va PhD dasturlari bo’yicha xorijda faoliyat olib bormoqda.
PhD dasturlari bo’yicha:
- Toshtemirov Olimjon Abduganievich. Xitoyning Fan va texnologiyalar universiteti. 4 yillik (2017-2021 yillar) stipendiyalar dasturi bo’yicha grant sohibi. Elektr energetikasi. (2017 yil 13 sentyabrdan)
- Raximov Sanjarbek Mirzanvarovich. Xitoyning North China Electric Power University. 4 yillik (2017-2021 yillar) stipendiyalar dasturi bo’yicha grant sohibi. Elektr injenerligi. (2017 yil 2 oktyabrdan)
Magistratura dasturlari bo’yicha:
- Asqarov SHoxrux Ma’ruf o’g’li. Xitoyning texnologiyalar Universiteti. Kimyoviy-texnologiyalar. 1-kurs. (2017 yil 16 sentyabrdan)
- Zaikin Vladimir Arkadevich. Tomsk politexnika universiteti. Kimyoviy-texnologiyalar. 1-kurs. (2017 yil 1 sentyabrdan)
- Toshmatov Baxromjon Baxadirjonovich. Germaniyaning SHturgart Universiteti. Texnologik mashina va jixozlar. 1-kurs. (2017 yil 1 apreldan)
- Ahmedov Farruxjon. Koreyaning CHonnam Milliy Universiteti. Kimyoviy-texnologiyalar. (2018 yil bahorgi semestr)
Professor-o’qituvchilarning horijiy mamlakatlarga tashrif bo’yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda:
- Yaponiyaning JICA (Japan International Cooperation Agency)agentligining “Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Yaponiya sanoat ta’lim tajribasi asosida injener-texnik kadrlarni rivojlantirishni takomillashtirish” mavzusidagi ta’lim dasturi doirasida institut rektori O.X.Otaqulovning 2017 yil 12-25 mart kunlari Yaponiyaga xizmat safari amalga oshirildi. Tashrifning asosiy maqsadi Yaponiyaning ishlab chiqarish tarmoqlari va kadrlar tayyorlash darajasini oshirish bo’yicha tajribalarini o’rganish va yurtimizda tadbiq etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Safar natijasida ishlab chiqarish tarmoqlari va kadrlar tayyorlash darajasini oshirish bo’yicha tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
- Energetika fakulteti “Fizika” kafedrasi dotsenti Zokirjon Xaydarov joriy yilning 19-22 iyun kunlari Bolgariyaning Varna shahrida bo’lib o’tgan III Xalqaro ilmiy kongress “Innovatsiya-2017”da qatnashdi.
- YuNESKOning Qog’ozistondagi vakolatxonasida 2017 yil 18-23 iyun kunlari o’tkaziladigan “Barqaror rivojlanish bo’yicha” seminar treningda Menejment kafedrasi dotsenti J.Qambarov va Kimyoviy-texnologiya kafedrasi o’qituvchi B.Igamberdievlar ishtirok etishdi. 27-30 iyun kunlari esa «XFX» kafedrasi dotsenti I.X. Domuladjanov Qozog’istonning Kazaxstanskim Institutom Menedjmenta, Ekonomiki i Prognozirovaniya institutida o’tkazilgan «O poezdke v almatы (Kazaxstan) na VIII mejdunarodnuyu konferentsiyu» konferentsiyada ishtirok etdi.
- Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i S.F.Ergashev Qirg’izistonning “Ta’lim dastur va tashkilotlarini akkreditatsiya qilish agentligi” tomonidan O’sh texnologiya universitetida 2017 yil 12-13 dekabr kunlari o’tkazilgan akkreditatsiya jarayonida Akareditatsiya jarayonida ekspert sifatida ishtirok etdi.