CHET EL GRANDLARI BO’YICHA BAJARILAYOTGAN ISHLAR



Farg‘ona politexnika institutining “Xalqaro aloqalar” bo‘limi 2018 yil davomida amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dastur” hamda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli farmoni hamda 20.04.2017 yil kungi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qaroriga asosan o‘z faoliyatini olib bordi. ITYeS dasturi doirasida Mexanika-mashinasozlik fakulteti “Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” kafedrasi assistenti Husanov Yunusali Yuldashaliyevich Hindiston hukumati Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Mohali shahrida joylashgan “Centre for Development of Advanced Computing, Mohali” markazida tashkil etilgan “Specialized Training Programme in CADD Engineering” kursida o‘qib qaytdi. Bundan tashqari ushbu dasturda qatnashish maqsadida yana to‘rt nafar professor-o‘qituvchilarning hujjatlari Hindiston elchixonasiga topshirildi. Mexanika-mashinasozlik fakulteti “Tadbiqiy mexanika” kafedrasi assistenti Karimjonov Ibroximjon Akramjonovichni Hindistonning Dexli va Chandigarx shahrida joylashgan “CSIO-Central Scientific Instruments Organisation” markazida 2018 yil 6 avgustdan 2018 yil 14 sentabr kunigacha bo‘lib o‘tgan malaka oshirish kursida ishtirok etdi.; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda institutning 9 nafar professor-o‘qituvchilari malaka oshirish hamda 1 nafari stajirovka o‘tash bo‘yicha tanlov stipendiati bo‘ldilar. Ushbu o‘qituvchilarning besh nafari, ya’ni B.Raxmonov, N.Mamataliyev va B.Igamberdiyevlar 01.05.2018 yildan 30.05.2018 yilgacha, K.Kurpayanidi va B.Polvonovlar 01.10.2018 yildan-01.11.2018 yilgacha V.G. Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiyalar universiteti(BDTU)da, malaka oshirish kursida o‘qib qaytdilar.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti