Tahririyat-noshirlik bo’limi



Bo‘limi boshlig‘i

Axmadjonova Mavjuda Abdumannonovna

Qabul vaqti:
Telefon:99891 654-69-09
E-mail:m.axmadjonova@ferpi.uz

BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

Ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, institut professor o‘qituvchilarining uslubiy ishlanmalarini, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini standart talablari asosida  nashr etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lganligi sababli 2002 yili O‘quv uslubiy bo‘lim tarkibidan mustaqil “O‘quv adabiyotlarini nashrga tayyorlash” bo‘limi ajratib chiqarildi. Bo‘lim boshlig’i etib Amanov Komil Omonovich  tayinlandi.

2006-2007 hamda 2009 yillarda X.M. Sadullayev, 2008 yil O.Elmurodova, 2010-2011 yillarda M.Uzoqov bo‘lim rahbari lavozimlarida ishlaganlar.

2008 yili bo‘lim nomi “Tahririyat-noshirlik”  bo‘limi deb o‘zgartirildi. 2011 yildan bo‘limni M. Ahmadjonova boshqarib kelmoqda.

Bo‘limda shtatlar jadvaliga muvofiq 3 nafar muharrir, 4 nafar  korrektor faoliyat olib boradi.

  1. Uzluksiz ta’lim tizimini fanlardan o‘quv va ishchi o‘quv dasturlariga mos bo‘lgan o‘quv adabiyotlarini yaratish, institut talabalarini yuqori sifatli o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, uslubiy adabiyotlar, monografiyalar  va ilmiy to‘plamlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, qo‘lyozmalarni ilmiy va badiiy jihatdan sifatli tahrirdan o‘tkazish, chop etilayotgan o‘quv adabiyotlar dizaynini har tomonlama zamonaviy bo‘lishini ta’minlash.
  2. institut  professor-o‘qituvchilari  tomonidan yaratilayotgan o‘quv – uslubiy adabiyotlar, darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, majmualarni nashrga tayyorlab, o‘z vaqtida nashr etish;
  3. institutda o‘tkaziladigan ilmiy – amaliy konferensiyalar dasturlari va materiallarini jamlash, tahrir qilish hamda chop etish bo‘limning asosiy vazifalaridir.

2023 yil davomida Tahririy nashriyot bo‘limi tomonidan:

20 ta darslik (237 m.v);

36 ta o‘quv qo‘llanma (298 m.v);

6 ta monografiya (37 m.v);

6 ta dissertatsiya va avtoreferat (33 m.v);

Ma’ruzalar matnlari (945 m.v);

Uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar (3467 m.v) tahrir qilindi.

 

2024 yil yanvar oyi davomida Tahririy nashriyot bo‘limi tomonidan:

1. Xonqulov – tomonidan tayyorlangan “Dinshunoslik”,

2. Nishonova M.  tomonidan tayyorlangan “Nanoelektronika asoslari”,

3. Xolmatov E. tomonidan tayyorlangan “Energiya audit, energiya jihozlari va energiya o‘lchash vositalari”,

4. Мирсалимова С.Р. томонидан тайёрланган “Методология научных исследований”,

5. Salomov O‘.R., Dodaboyev Yu.T. tomonidan tayyorlangan “Energetika iqtisodiyoti va menejmenti” o‘quv qo‘llanmalar,

6. 39 ta uslubiy ishlanmalar tahrir qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti