Yuridik xizmat bo'limi



Yuridik xizmat bo’limi boshlig'i

Latipov Maqsud Malikovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 17:00)
Telefon:(0373) 241-12-06
E-mail:m.latipov@ferpi.uz
 

Yuridik xizmat bo’limi haqida

Yuridik xizmat bo’limi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ” Oliy ta’lim muassalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv- yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tastiqlash togrisida “gi qarorlari asosida tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari togrisida”gi  qaroriga muvofiq yuridik xizmatga quyidagi yo’nalishlar  belgilangan

  • Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xuquqiy qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligini va qonuniyligini taminlashni tashkil etish;
  • Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan (qabul qilinayotgan ) normativ xuquqiy va boshqa xujjatlar loyixalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining xuquqiy madaniyatiniva xuquqiy savodxonligini oshirish,ularga qabul qilinayotgan normativ-xuquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnalogiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • Shartnomaviy-xuquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli ximoya qilish;

Yuridik xizmatning vazifalari va  rag’batlantirish tartibi:

  • Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlai mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizomlarini sudgacha xal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko’radilar;
  • Buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik xususiyatga ega bolgan boshqa xujjatlarning loyixalari xuquqiy ekspertizani amalga oshirish uchun majburuy tartibda yuridik xizmatga taqdim etish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqiy va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkiloylarining qarorlari yuzasidan majburiy tartibda yuridik xizmatning xulosasi olinishi lozim;
  • Davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarning xarakati yoki xarakatszligi yuzasidan shikoyatlar majburiy tartibda davlat organlarini va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tomonidan xam ko’rib chiqiladi;
  • Davlat organlariva tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishiladi ;
  • Adliya organlari vyuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlarining raxbarlari xamda yuridik xizmatlari xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo’zg’atish tashabbusi bilan chiqish xuquqiga ega;
  • Davlat organlari va tashkilotlarida xar yili yuridik xizmatlarini mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taminlanishini axvoli to’g’risida xisoboti eshitiladi;
  • Yuridik xizmat xodimlari xar chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga xal qilinga nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5% biroq eng kam oylik ish xaqini 50 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda mukovotlanadi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti