Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi



 

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi 

Xamidaova Аzimaxon Аzizxon qizi

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 11:00)
Telefon:+998905607174
 
 

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi vazifalari:

Institutning innovatsiya jamg'armasi mablag'laridan unitar korxonalarga ajratilgan mablag'lar va ularni qaytarish bo'yicha
MA'LUMOT
  • Institutning intellektual mulkini huquqiy muhofaza qilish bo’yicha ishlarni amalga oshirish, jumladan, O’zbekiston Respublikasida va xorijda intellektual mulk ob’ektlarini patentlash va ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnomalar tayyorlash, rasmiylashtirish;
  • belgilangan tartibda institut professor-o’qituvchilari, o’quv yordamchi va ishlab chiqarish xodimlari, doktorantlar, talabalar, shuningdek, institut tomonidan buyurtmachilarga taqdim etiluvchi, byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriluvchi ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;   
  • amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan intellektual mulk ob’ektlari mualliflari bilan shartnomalarni tayyorlash, tuzish va ularni amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • boshqa bo’linmalar bilan birga institutning intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni o’tkazish imkoniyatlarini o’rganish, institutning intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni o’tkazish to’g’risidagi ishlarni bajarish;
  • axborotni to’plash, saqlash va institut ma’lumotlar bazasiga oliy ta’lim muassasalari ishlanmalari va ilmiy-tadqiqot faoliyati (ITF) natijalari haqidagi ma’lumotlarni kiritish, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • ITF va innovatsion loyihalar natijalarining ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion imkoniyatini baholash, tahlil qilish va ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish;
  • intellektual mulkni boshqarish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shu jumladan, innovatsion davrning barcha bosqichlarida ITF natijalari bo’yicha huquqlarni hisobga olish, taqsimlash va o’tkazish;
  • raqobatbardosh fan-texnika mahsulotlarini yaratish va ilgari surish, xususan, Innovatsion jamg’arma mablag’larini maqsadli sarflanishini ta’minlash, institutning ilmiy jamoalarini qo’llab-quvvatlash;
  • texnologiyalarni uzatish, innovatsion loyihalar uchun biznes-rejalar tayyorlash, raqobatbardosh ustunlik va xatarlarni baholash, ITF natijalarining huquqiy muhofazasi, salohiyatli investorlarni izlash bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatish;
  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, pudrat ishlarini bajarish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va intellektual mulk masalalari bo’yicha institut tomonidan tuzilgan boshqa bitimlar bo’yicha shartnomalar tayyorlash, ularni nazorat qilish;
  • institutning intellektual mulkidan noto’g’ri foydalanish faktlarini aniqlash va ko’rsatib o’tilgan qoidabuzarliklarning oldini olish hamda zararni qoplash bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritish, ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur choralarni amalga oshirish;
  • institutning intellektual mulk ob’ektlari, mulkiy huquqlarini, shuningdek, mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish;
  • institut xodimlari – intellektual mulk ob’ektlarining mualliflariga ularning mulkiy va nomulkiy huquqlari, jumladan, amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan huquq va imtiyozlarni amalga oshirishda huquqiy maslahatlar berish;
  • institut xodimlari o’rtasida intellektual mulk sohasida ta’limni tashkil etish;
  • institut axborot-resurs markazining o’z faoliyati yo’nalishi bo’yicha normativ, metodologik va patent axborotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • ixtirochilik va patentni litsenziyalash faoliyati bo’limlari bo’yicha institut byudjeti loyihasi, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferini qo’llab-quvvatlash uchun takliflar tayyorlash;
  • institutning intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog’liq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti